Muloqat variantlari


FOYDALANUVCHINING INTERNET BILAN



Yüklə 192,94 Kb.
səhifə8/15
tarix22.03.2024
ölçüsü192,94 Kb.
#168998
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Internet bilan ishlash

FOYDALANUVCHINING INTERNET BILAN
MULOQAT VARIANTLARI

Foydalanuvchining Internet tarmog’i bilan muloqati ikki variantda bo’lishi mumkin:


• off-line — kechiktirilgan javobli muloqot rejimi;
• on-line — aktiv muloqot rejimi.
Off-line rejimida abonent tarmoqqa u yoki bu so’rovlarni yoki axborotlarni jo’natishi mumkin (masalan, еlektron pochta bo’yicha), lekin so’rov bilan burga tarmoqning javobi o’rtasida ancha-muncha vaqt o’tishi mumkin.
On-line rejimida (bu rejim yana bevosita murojaat qilish rejimi deb ham ataladi) tarmoq abonentining so’roviga ma’lumot deyarli kechikmasdan qaytib keladi.
Birinchi variant foydalanuvchiga arzonroq tushadi (oyiga o’rtacha 10—20 dollar atrofida), lekin unga imkoniyatlar ham kam beriladi.
Bu rejimda quyidagilar bo’lishi mumkin:
• tarmoqda punktlari adresini olish, еlektron pochta bo’yicha xatlarni va boshqa istalgan maktublarni o’zining do’stlariga va biznes bo’yicha sheriklariga jo’natish va ulardan olish ham mumkin;
• o’zining reklama varaqasini davriy ravishda, masalan, commerce (tijorat) guruhining telekonferenciyasiga yuborish;
• sizni qiziqtirgan fayllarni tarmoqdan o’zingizning kompyuteringizga olib o’tkazish uchun FTP—FTP-mail dasturlaridan sun’iy foydalanish;
• tarmoqda еrkin aylanib yuradigan ma’lumotlarni, masalan news-guruhni o’qish.
Ikkinchi variant Internet tarmog’iga haqiqiy vaqt oralishda bevosita aktiv chiqishni ta’minlaydi. Bu holatda foydalanuvchining kompyuteri o’zining yagona adresiga, barcha telekommunikaciya tarmoqlariga to’laqonli murojaat qilish va tarmoqda ko’zda tutilgan butun xizmatlar majmuiga еga bo’ladi: bu birinchi navbatda World Wide Web bo’yicha sayohat, brauzerlar yoki maxsus qidirish serverlari yordamida tarmoqning barcha Web-uzellarini ko’rib chiqish va u yerdan sizni qiziqtirgan hamma ma’lumotlarni olish, tarmoq foydalanuvchilari uchun tegishli bo’lgan shaxsiy ma’lumotli Web-saxifa va Web-serverlarni yaratish, boshqa foydalanuvchilar bilan interaktiv muloqat qilish.

Yüklə 192,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə