Muloqat variantlari


Internetning rivojlanishi



Yüklə 192,94 Kb.
səhifə2/15
tarix22.03.2024
ölçüsü192,94 Kb.
#168998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Internet bilan ishlash

Internetning rivojlanishi


Internet - jahon bo‘yicha kompyuterlar tarmoqlaridan tuzilgan yaxlit tarmoq bo‘lib, ular yagona “til”-andoza-qoidalar majmui asosida ahborot almashadilar.
Yagona andoza sifatida hozirgi kunda TCP/IP andozasi qo‘llanadi.
Ko‘ngilli tarzda Internet jamiyati (ISOC, E-mail manzili: membership@isoc.org), tashkilotlar aro muvofiqlashtirish vazifalarini bajaradi.
Internet jahon tarmoqlar tarmog‘i bo‘lgani uchun uning yagona va butunlay boshqaruvchi egasi yo‘q, lekin unga ulangan axborot tarmoqlarining, shu jumladan Intranetlarning egalari va boshqaruvchilari mavjud.
Intranet - biror yuridik shaxs(vazirlik, kompaniya, tashkilot, korxona, ta'lim muassasasi va sh.o‘.)ga tegishli kompyuter tarmog‘i bo‘lib, u Internetda sinovlardan yaxshi o‘tgan axborot texnologiyalari asosida yaratiladi.
"Intranet" tushunchasi 1994 yildan boshlab, Internetda Web texnologiyalari muvaffaqiyatli sinovlardan o‘tib zo‘r e'tibor qozongandan so‘ng paydo bo‘ldi. Zero Intranetni Web texnologiyasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Intranet nafaqat Internet xizmatlarini, balki uning egasi uchun zarur bo‘lgan harqanday boshqa axborot xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ham Intranet o‘zining qo‘shimcha andozalari(protokollari)ga ega bo‘ladi.
Intranet ko‘p qatlamli tuzilmaga ega bo‘lib, uning eng quyi qatlami tarmoq qatlamidir. Bu qatlam tarmoq uch sath(fizikaviy, kanal, tarmoq)ga tegishli jihozlari(kabel, modem, uzib-ulovchilar, marshrut beruvchilar va sh.o‘.)dan va dastur ta’minotining mantiqiy komponentlari(malumotlarni uzatish protokollari, xatolarni nazorat qilish, marshrutlash dasturlari)ni o‘z ichiga oladi. Tarmoq qatlami platforma qatlami(kliyentlar va serverlarning tarmoq apparat -dastur ta’minoti) bilan birgalikda Intranetning infratuzilmasini tashkil etadi. Ularga mos tarzda Intranetning barcha vazifalarini bajarish uchun zarur dasturiy vosita(Ma’lumot va bilimlar bazalari, axborot robotlari, izlash mashinalari,avtomatlashtirish tizimlari va sh.o‘.) lar shakllantiriladi.

Yüklə 192,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə