Muloqat variantlari


Internetda adreslash tizimi



Yüklə 192,94 Kb.
səhifə7/15
tarix22.03.2024
ölçüsü192,94 Kb.
#168998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Internet bilan ishlash

Internetda adreslash tizimi

Tarmoqdagi xost-kompyuterlarning adreslariga maxsus talablar quyiladi. Adres formatga еga bo’lishi kerak, bu format bir tomondan adresning sintaksis avtomatik qayta ishlashni bajarishga imkon berishi kerak, ikkinchi tomondan еsa u semantik tusga еga bo’lishi kerak, ya’ni adreslanadigan ob’ekt to’g’risida biror ma’lumotni o’zida mujassamlashi lozim.


Shuning uchun xost-kompyuterlarning adreslari Internet tarmog’ida ikkilangan kodlashga еga bo’lishi mumkin:
• telekommunikaciya tizimini tarmoqda ishlashi uchun qulay bo’lgan majburiy kodlash: kompyuterga do’stona raqamli IP-adres (IP — Internet Protocol);
• tarmoq abonenti uchun qulay bo’lgan majburiy bo’lmagan kodlash: foydalanuvchiga do’stona domenli DNS-adres (DNS-Domain Name System).
Raqamli IP-adres 32 razryadli ikkilik son ko’rinishga еga. qo’laylik uchun u to’rtga blokka 8 bitdan ajratilib, ular o’nlik ko’rinishda yozilishi mumkin. Adres kompyuterni identifikasiyalash uchun zarur bo’lgan to’liq malumotga еga.
Mumkin bo’lgan varianti: ikkita katta blok tarmoq adresini, ikkita boshqasi еsa qism tarmoq adresini va bu qism tarmoq ichidagi xost-kompyuterning adresini aniqlaydi. Masalan, ikkilik kodida raqamli adres quyidagicha yoziladi:
10011000001001010100100010001010.
O’nlik kodida ushbu ko’rinishga еga: 152.37.72.138.
Tarmoq. adresi - 152.37; qims tarmoq. adresi - 72; kompyuter adresi -138.
Domenli adres bir-biridan nuqta bilan ajratiladigan bir nechta harf-raqamli domenlardan (Damain - soxa) tashkil topgan. Bu adres ierarxik tasnif asosida qurilgan: еng chap chetdagidan tashqari har bir domen kompyuterlarning biror-bir belgilar bo’yicha ajratilgan butun bir guruhini aniqlaydi, bunda chapda joylashgan guruhlarning domeni o’ng domenning qism guruxi hisoblanadi. Hozirda tarmoqda hammasi bo’lib 120000 dan ortiqroq har xil domenlar mavjuddir.
Masalan, ba’zi mamlakatlarning geografik ikkita harfli domenlari:
• Avstriya — at,
•Bolgariya—br,
;• Kanada — sa,
• Rossiya — ga,
• AQSH-SH,
• Franciya — fr.
Biror mavzuga bag`ishlangan belgilar bo’yicha ajratilgan domenlar ham bordir. Bunday domenlar uchta harfli qisqartma nomga еga:
• davlat muassasalari — gor;
• tijorat tashkilotlari — com;
• o’quv yurtlari — edu;
• harbiy muassasalar — mil;
• tarmoq tashkilotlari — net;
• boshqa tashkilotlar — org.
Domenli adres ixtiyoriy uzunlikka еga bo’lishi mumkin. Raqamli adresdan farqli o’laroq u teskari tartibda o’qiladi.Oldin quyi darajadagi domen ko’rsatiladi — xost-kompyuter nomi, keyin xost-kompyuter joylashgan qism tarmoq va tarmoq nomlari domeni va, nixoyat, yuqori darajadagi domen — ko’pincha geografik hudud (mamlakatlar) identifikatori.
Shunday qilib, xost-kompyuterning domen adresi domenlarning bir nechta darajalarini o’z ichiga oladi. Har bir daraja boshqasidan nuqta bilan ajratiladi. Yuqori darajadagi domenning chap tarafida boshqa nomlar joylashtiriladi. Chapda joylashgan hammasi umumiy domen uchun qism domendir.
Misol. Domen adresi comp.engec.spb.ru — Rossiya mamlakatining domeni; spb — Sankt-Peterburg shaxrining qism domeni: engec—Davlat muxandislik-iqtisodiyot akadeniyasining qism domeni; satr— kompyuterlar bilan bog’liq qism domen.
Internetdan foydalanuvchilar uchun pochta adreslari sifatida tarmoqqa ulangan kompyuterda qayd qilingan bo’limlarning, tashkilotlarning nomlanishlari yoki oddiygina ularning nomlari qabul qilinishi mumkin. Nomdan keyin @ belgisi keladi. Buning hammasi chap tarafdan xost-kompyuterning adresiga biriktiriladi.
Misol. Internet da comp.engec.spb.ru nomiga еga bo’lgan kompyuterda priem nomi ostida qayd qilingan foydalanuvchi quyidagi adresga еga bo’ladi: priem@comp.engec.spb.ra (Sankt-Peterburg muxandislik-iqtisodiyot akademiyasining qabul komissiyasi). Domen adresini mos raqamli IP-adresga o’zgartirishni maxsus serverlar — nom serverlari bajaradi
Ishlatilayotgan texnologiyaga bog’liq ravishda domen adresining oldida uning foydalaniladigan bayonnomasi yoki xizmati ko’rsatilishi mumkin. Masalan, Web-server bilan ishlaganda odatda gipermatnni uzatish bayonnomasi ko’rsatiladi va yuqorida keltirilgan adres quyidagi ko’rinishga еga bo’ladi: http://engec.spb.ra. Bu URL-adres deb ataladigan adresdir (URL — Uniform Resourse Locftor yoki resurslarning universal ko’rsatkichi).



Yüklə 192,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə