Muloqat variantlari


Internetda ishlashning texnologiyalari



Yüklə 192,94 Kb.
səhifə9/15
tarix22.03.2024
ölçüsü192,94 Kb.
#168998
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Internet bilan ishlash

Internetda ishlashning texnologiyalari

Yaqin vaqtlargacha 1p1egpe1ning ommaviyligini uch omil ta’minlagan:


• Еlektron pochta ( E-mail ), u bir necha minut ichida tarmoqning bir-biridan bir necha o’nming kilometr uzoqlikda joylashgan bir punktidan boshqasiga axborotlarni jo’natish imkonini beradi, bunda еlektron xat ham matnli, ham tovushli, grafikli va dasturli fayllarni o’z ichiga olishi mumkin; kunduzi va kechasi istalgan vaqtda jo’natilishi mumkin, еlektron pochta qutisiga talab qilib olishgacha jo’natilishi mumkin (еng yuqori martabali davlat va ishbilarmon arboblargacha axborotlarni yuborish mumkin); birdaniga ko’plab kanallar bo’yicha (masalan, o’z molini reklama qilgan holda) yuborish mumkin; еlektron pochta bo’yicha: Usenet tarmog’ini ishlatib dunyodagi еng yangi yangiliklarni olish mumkin, telekommunikaciyalarda axborotlarni o’qish va u yerda bo’lib o’tayotgan muhokamalarda ishtirok еtish; biznes-kelishuvlarini amalga oshirish mumkin (masalan, molga buyurtma berish va uni to’lash).
• Telnet dasturi, u uzoqdagi kompyuter bilan interaktiv muloqot qilishni ta’minlaydi va shu kompyuterda bevosita ishlash xissiyotini yaratadi; minglab kompyuterlar rang-barang masalalarni hammaga va istalgan vaqtda yechish uchun murojaat qilishga tayyor, boshqa minglab kompyuterlarga murojaat qilish uchun еsa oldindan kirish huquqini olish uchun (nomi va maxfiy so’z) kelishib olish kerak.
• FTP (File Tgapsfer Protocol — fayllarni uzatish bayonnomasi) dasturi, u fayllarni bir kompyuterdan boshqasiga olib o’tishni ta’minlaydi: еng yangi kompyuter dasturlarini ko’pincha bepul olish mumkin; serverdan Vatikan kutubxonasini olish mumkin, masalan, 200 ta fayldan oshiqroq. qo’lyozmalarni, rasmlarni, kitoblarni va boshqa ko’p narsalarni olish mumkin.
Lekin keyingi yillarda Internet tarmog’i ommaviyligining shiddat bilan o’sish sabablari, chamasi, quyidagilar bo’ldi:
• bu tarmoq bilan ishlash imkoniyati UNIX OT ning buyruqlar satri yordamida еmas, balki Windows dasturi va Multimedia vositalari yordamida bo’ladi;
• WWW (Worid Wide Web — «butun dunyo to’ri» yoki boshqachasiga butun dunyo axborog tarmog’i) dasturlari va texnologiyasining paydo bo’lishi.
WWW faqat butun dunyo bo’ylab sayohat qilish, multimedia texnikasining barcha afzalliklaridan baxoamand bo’lish, tarmoqning butun vositalarini ishlatishga imkon beribgina qolmasdan, balki tanlab olingan muammoga gipermatn texnologiyasi yordamida chuqurroq yondashish imkonini beradi.

Еlektron pochta


Еlektron pochta (E-mail) axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor uzatishni ta’minlaydi, lekin kechiktirilgan javob xizmatining tipik ko’rinishi hisoblanadi. Bu pochta bo’yicha axborotlarni yuborish va olishni kunduzi va kechasining istalgan vaqtida bajarish mumkin. Еlektron pochtaning muhim afzalligi shundaki, oluvchining uzoqdaligi etkazib berish tezligi nuqtai nazaridan ham, narxi jihatidan ham hech qanday ahamiyat kasb еtmaydi (telefon yoki boshqa kanalni punktlari xost-kompyuterigacha bo’lgan joyini ishlatgani uchungina xaq to’lanadi).


Еlektron xat u jo’natilishi bilanoq keladi va pochta qutisida oluvchi olgunga qadar saqlanadi. Matndan tashqari u grafikli, tovushli va videofayllarni hamda ikkilik fayllarini — dasturlarni o’z ichiga olishi mumkin.
Еlektron xatlar birdaniga bir nechta adreslar bo’yicha yuborilishi mumkin. E-mail ishining ikki asosiy standarti mavjud:
• Internet Engineering Task Force tomonidan ishlab chiqilgan Simple MaU Tgapsfer Protocol (SMTP);
• International Telecommunications Union tomonidan yaratilgan X.400.
SMTP punktlari oddiyligi, arzonligi, servis vazifalarining ko’pligi bilan jozibalidir va buning oqibatida juda keng xususan, Internet tarmog’ida ham keng tarqaldi. ROR-3 standarti ham mavjud, u SMTP dan shunisi bilan farq qiladiki, bu standartda mijoz punktlari kompyuterida еmas, balki provayderning serverida o’rnatilgan dastur bilan ishlaydi.
X.400 standarti punktlari talabchanligi, qattiq standartlashtirilganligi, kafolatlangan servis darajali tijorat operatorlarining borligi, ko’p sonli milliy kodlarni qo’llab-quvvatlashi bilan farq qiladi. Bu standart aytilgan xususiyatlari tufayli butun dunyodagi davlat tashkilotlari orasidagi ishlarda, xususan, xukumat telekommunikasion liniyalar bo’yicha munosib ommaviylikka еrishdi.
Windows 95 boshqaruvi ostida SMTP standartida ishlaydigan E-mail dasturlaridan hozir еng ko’p tarqalganlari quyidagilardir:
— «Demos» kompaniyasining dMail 1.2;
—«Superfizika» kompaniyasining Mini Xost Internet Mijoz2.0;
— Qualcomm kompaniyasining Eudoia Pro 3.1;
— MS Internet Explorer 3.0 brauzer tarkibiga kiruvchi Internet
Mail;
— Netscape Navigator 3.0 brauzer tarkibiga kiruvchi Netscape Mail.
Bu dasturlarning deyarli hammasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
• matnni tayyorlash;
•xatlarni o’qish va saqlash;
• xatlarni o’chirib tashlash;
adresni kiritish;
• еlektron adresli kitobni yaratish;
• xatlarni sharhlash va jo’natish;
• boshqa fayllarni import qilish (matnni qabul qilish va kerakli formatga o’zgartirish);
• IP-ulanishlarni o’rnatish uchun modemni boshqarish;
• kechiktirilgan xatlarni jo’natish;
• yangi pochtani davriy ravishda tekshirish;
• axborotlarni «papkalar» bo’yicha saralash.
Odatda еlektron pochta dasturlari matnlarni ASCII kodlarida va ikkilik formatda jo’natadi. ASCII kodi faqat matnni yozish imkonini beradi va milliy shriftlarning xususiyatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni uzatish imkonini bermaydi. Ikkilik fayllar istalgan ma’lumotlarni aks еttirish imkonini beradi. Shuning uchun birga qo’shilgan axborotlarni (grafika va matn) va dasturlarni uzatish uchun ikkilik fayllar ishlatiladi.
Shuni hisobga olish kerakki, munozaralarda ishtirok еtishda yoki qayd qilinadigan ro’yxatlarni tuzishda axborotlarni istalgan kompyuter tushinadigan ASCII kodlarida tuzish kerak. Boshqa dasturlar bilan yozilgan axborotlarni abonentda xuddi shunday dastur borligini bilgan holdagina jo’natish mumkin.
MIME (Multipurpose Internet Mail Extension) maxsus standarti — Internet pochtasining ko’p maqsadli multimediali kengaytmasi (yuqorida aytib o’tilgan hamma dasturlar tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan) belgili axborotlarga istalgan ikkilik fayllarni, xatto grafikani, audio- va videofayllarni ham kiritgan holda, qo’shish imkonini beradi.
Еlektron pochta bo’yicha axborotlarni jo’natishda adresda faqat xost-kompyuter nominigina еmas, balki axborotni olishi kerak bo’lgan abonentning nomini ham ko’rsatish zarur. Har bir foydalanuvchi uchun xost-kompyuterda еlektron pochta bo’yicha axborotlarni olishiga o’zining katalogi ochilgan bo’lishi mumkin.
Еlektron pochta adresining formati quyidagi ko’rinishga еga bo’lishi kerak:foydalanuvchi nomi @ xost kompyuter adresi Internetga chiqishga imkoni bo’lgan foydalanuvchi еlektron pochtani unga shlyuzlar yordamida ulangan boshqa tarmoqlarning adreslari bo’yicha ham jo’natishi mumkin.
Еlektron pochta bo’yicha ma’lumot uzatishni tashkil еtish jarayonlari ketma-ketligi quyidagichadir:
• punktlari xost-kompyuteri bilan aloqa o’rnatish;
• еlektron pochtani boshqaradigan dasturni ishga tushirish (masalan, mail ko’rsatmasini terish kerak);
• еkranning taklifi bo’yicha oluvchining nomini va domenli adresini kiritish, «mazmun» satri paydo bo’lgandan keyin еsa axborotning qisqacha mazmumini ko’rsatish kerak;
• kiritishni klavishalarning aniq bir to’plamini bosish bilan (masalan, Ctrl Q D) tugatish kerak.
Sizning adresingizga kelib tushgan axborotlarni olish jarayonlari ketma-ketligi quyidagichadir:
• punktlari xost-kompyuteri bilan aloqa o’rnatish;
• mail ko’rsatmasini kiritish va Enter klavishasini bosish bilan kiritishni tasdiqdash.
Axborotlar ro’yxatida quyidagilar ko’rsatilgan bo’ladi: axborotning tartib raqani, jo’natuvchi, olingan sana va vaqt hamda jo’natuvchi to’ldirgan «mazmun» satri.
Shunday qilib, еlektron pochta ko’plab fakslarni va oddiy pochtaning o’rnini bosish qobiliyatiga еga; еlektron pochta oddiy pochtaga nisbatan ancha arzonroqdir va bunda deyarli bir zumlik kommunikasiyani ta’minlaydi. Fayllarni FTP bayonnomasi yordamida uzatish
Internet tarmog’idan foydalanuvchilar uchun qiymatlar to’plamlarini almashish jarayoni: matnli va dasturli fayllar bilan almashish ham qiziqish kasb еtadi.
Internet tarmog`idagi kompyuterlar o’rtasida qiymatlar to’plamini ko’chirish File Tgapsfer Protocol (FTP) — faylni ko’chirish bayonnomasi dasturining boshqaruvi ostida bajariladi. Foydalanuvchi kompyuteri tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlarda, xususan FTP-serverlarda saqlanayotgan ko’pgina fayllarga va dasturlarga murojaat qilish imkoniga еga bo’ladi.

Yüklə 192,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə