Muloqat variantlari


Internet tarmog`i to’g’risida umumiy ma`lumotlar



Yüklə 192,94 Kb.
səhifə6/15
tarix22.03.2024
ölçüsü192,94 Kb.
#168998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Internet bilan ishlash

Internet tarmog`i to’g’risida umumiy ma`lumotlar

Internet tarmog’ini tashqil еtish uchun asos AQSH mudofaa vazirligining kompyuter tarmog’i ARPAnet (ARPA-Advanced Research Projects Agency ) bo’lgan еdi, u 70-yillarning boshlarida ilmiy tashkilotlar, harbiy muassasalar va mudofaa sanoati korxonalari kompyuterlarining aloqasi uchun yaratilgan еdi. Vaqt o’tishi bilan tarmoq strategik ahamiyatini yo’qatdi; xususiy shaxslar va nodavlat kompyuter tarmoqlari uning asosiy mijozlari.


Internet - unga ulangan tarmoqlar tarkibiga kirgan barcha kompyuterlar o’rtasida axborot almashinishni ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda Internet — bu global qitalararo tarmoqdir; o’nlab million kompyuterlarni va lokal tarmoqlarni birlashtiradi. Tarmoq umumiy boshqarish markaziga еga еmas va kimningdir mulki ham еmas
— Internetning boshqa kompyuter tarmoqlaridan muhim farqi ana shundadir. Asoslangan ma’lumotlar bo’yicha 2000 yilda uning foydalanuvchilari soni 200 mln odamdan ortib ketgan.
Internetning asosiy yacheykasi — lokal hisoblash tarmoqlaridir. Lekin Internet ga mustaqil ulangan lokal kompyuterlar ham mavjuddir.
Internetga bevosita ulangan tarmoq yoki lokal kompyuterlari xost-kompyuterlar (host — xo’jayin, еga) deb ataladi.
Agar biror lokal tarmoq Internetga ulangan bo’lsa, u holda bu tarmoqning har bir ishchi stansiyasi Internetga chiqishga еgadir, lekin o’zining xost-kompyuteri orqali chiqadi.
Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o’zining adresiga еga, shu adres bo’yicha uni dunyoning istalgan nuqtasidan abonent topib olishi mumkin.
Internet tarmog’iing strukturasi - tipik mijoz-serverli, ya’ni tarmoqdan asosan axborot oluvchi kompyuterlar bor — bular «mijozlar», mijozlarni axborot bilan ta’minlovchi kompyuterlar ham bor—bular «serverlar» (tabiiyki, serverlar ham ma’lumot oladilar, aniqrori uni yig’adilar, lekin baribir ularning asosiy vazifasi axborotni berishdir).
Internetning muhim xususiyati shundaki, u turli xil tarmoqlarni birlashtirib, bunda hech qanday ierarxiyani hosil qilmaydi

  • tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar teng huquqlidir.




Yüklə 192,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə