Muloqat variantlari



Yüklə 192,94 Kb.
səhifə3/15
tarix22.03.2024
ölçüsü192,94 Kb.
#168998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Internet bilan ishlash

Internet davlat buyurtmalarini bajarishda tashkilotlarning birgalikda olib boriladigan faoliyatlarini yengillashtirish maqsadida 70-yillarning oxirida (1969) AQSH mudofaa vazirligining loyihasi asosida yuzaga kelgan. Bu boshlang‘ich tarmoq ARPAnet (Advanced Research Projects Agency) bo‘lib avvalo Kaliforniya va Yuta shtatlaridagi 4 tagina kompyuterni o‘zaro bog‘lagan. Keyinchalik bu tarmoq kengayib 80- yillar oxirida AQSH milliy ilmiy jamiyatining ixtiyoriga topshirilib NSFnet shaklida rivoj topgan. Mazkur tarmoq hozirgi Internetning tayanch tarmog‘i hisoblanadi. Internet bu tarmoqqa boshqa tarmoqlarning ulanishi orqali muttasil rivojlanishda davom etmoqda. Internetdan tashqari unga ulanib Internet xizmatlarini ayrimlarini hamda boshqa axborot xizmatlarini mustaqil bajaradigan o‘zga tarmoqlar ham movjud (masalan, CompuServe, America Online, BBS.). Shuning uchun foydalanuvchi axborot tarmog‘ini tanlaganda bu tarmoq Internet xizmatlaridan qaysi turlaridan foydalanish imkoniyatini yaratishga qodir ekaniga alohida e’tibor berishi lozim.
1994 yil o‘rtalarigacha keng foydalanuvchilar ommasi tomonidan internetga qiziqish yo‘q edi, chunki unga ulanish va unda ishlash texnologiyasi oddiy foydalanuvchilar uchun qulay emas edi. Internetdan yalpi foydalanishda birinchi qadam WEB texnologiyasining yuzaga kelishi bo‘ldi. WEB texnologiyasining yaratilishi shaxsiy kompyuter (SHK)lar yaratilishiga o‘xshash revolyutsion hodisa deb qaralmoqda.
Bu texnologiyaning ajoyib tomoni shundaki, ishni kichik sarf-xarajatlardan boshlash mumkin. Bunda varaqlovchi dastur (brouzer, navigator) va WEB - server bo‘lsa kifoya. WEB -serverni esa tashkilotda bor bo‘lgan kompyuterda qilsa bo‘ladi, va harbir yangi rivojlantirish natijasida salmoqli natijalarga erishish mumkin.
SHK yaratilguncha ham hisoblash resurslariga bo‘lgan yondoshuv 1-10 mln kishi bo‘lgan bo‘lsa, SHK yaratilgandan so‘ng foydalanuvchilar soni 10-50 marta ortgan edi. Hozirgi kunda jahon bo‘yicha 100-200 mln. SHK ishlab turibdi, lekin 100 mln. Yer yuzi aholisidan bor yo‘g‘i 2% tini tashkil etadi.
WEB texnologiya yaratilishi bilan aholini yangidan yangi qatlamlari kompyuterdan foydalanishni boshladi. Bulardan 2 alohida qatlamlarni ajratib ko‘rsatilsa, bular:
1) jamiyat elitar guruhi- Tashkilot rahbarlari, bank prezidentlari, menejerlar, davlat ma’sul xizmatchilari.
2) Aholini keng qatlamlari- uy bekalari, nafaqaxo‘rlar, bolalar.
Internet informatika bo‘yicha mutaxassis bo'lmaganlar hisobiga juda tez o‘smoqda: doktorlar, quruvchilar, tarixchi, huquqshunoslar, moliyachilar, sportchilar, sayohatchilar, din xodimlari, artistlar, yozuvchilar, rassomlar.
WEB texnologiyasi kompyuterga bo‘lgan avvalgi qarashlarni batamom o‘zgartirib yubordi. Buning hammasi odam va kompyuter interfeysining soddalashganidadir.
Internet "YADRO" sini NFSnet National (Science Foundation Net) tayanch tarmog‘i tashkil etib, AQSH hududi bo‘ylab tarqalgan 10 dan ortiq tuguni kabel orqali o‘zaro birlashtirilgan. Unda axborot oqimining tezligi sekundiga 45 megabayt atrofida (1- rasm).





Yüklə 192,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə