Mundarij a kirish I. bob. Qadiriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning nazariy-metodologik asoslari


O’quvchilar tomonidan amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasaydi, tahlil qiladi va baholaydi



Yüklə 216,4 Kb.
səhifə17/19
tarix11.12.2023
ölçüsü216,4 Kb.
#148012
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Mundarij a-fayllar.org

O’quvchilar tomonidan amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasaydi, tahlil qiladi va baholaydi.

O’z-o’ziga baho berishni amalga oshirishlari mumkin.


Munozara tashkil etish uslubi”


1. O’quvchilarda ma’naviy madaniyatni shakllantirish uchun o’qituvchi munozara mavzusini tanlaydi va o’quvchilarni taklif qiladi;
2. O’qituvchi o’quvchilarga “Aqliy hujum” masalasini beradi va uni o’tkazish tartibini belgilaydi, o’quvchilar guruhlarga bo’linadi;
3. “Aqliy hujum” vaqtida bildirilgan g’oya va fikrlarni yozib borish uchun kotib tayinlanadi. Bu bosqichda guruh a’zolarining har biri o’z fikrini bildirishlariga sharoit yaratiladi;
4. O’quvchi (yetakchi) ikkinchi bosqichga o’tishdan avval qisqa tanaffus e’lon qiladi.
Ikkinchi bosqichda bildirilgan fikr va g’oyalarni umumlashtirib, ularni tahlil qilishga o’tiladi;
5. Tahlil orqali qo’yilgan vazifani eng maqbul yechimini topishga harakat qilinadi.
O’quvchilar fikrlari qanday bo’lishidan qat’iy nazar, unga munosabat bildirishga shoshilmaslik munozara yuritishning qat’iy qoidasi bo’lib hisoblanadi. O’kituvchi fikrlarning mantiqsizligiga, yaqqol qarama-qarshi, asossiz fikrlarning bildirilishiga ham yo’l qo’ymasligi lozim.
Odobli luqma bilan fikrlarning asosliligini, aytilgan yoki qo’llab-quvvatlangan fikrning to’g’riligini oydinlashtirib, ularda g’oyaning mantiqiy oqibati to’g’risida fikrlashga qiziqish uyg’otish zarur. Tadqiqotlarimizda, boshqarish tizimi-boshqaruvchi (o’qituvchi) va boshqariluvchi (o’quvchi) obyektlari:
- innovasion metodlar orqali “Ma’naviyat ularning o’zaro munosabatlari” mavzusini mukammal o’zlashtirishga kirishishdi;
- ularning kommunikativ qobiliyatlari rivojlantirildi;
- madaniyatlilik darajasini oshiruvchi topshiriqlar majmualari izchil ravishda tadbiq qilindi.
Bu ishni amalga oshirishda, o’quv materiallarini taqdim qilinishi, o’zlashtirilishi tahlillariga tayangan holda bir necha pog’onali o’qitish tizimiga asoslanildi, ya’ni:
- o’quvchilarning ma’naviy madaniyatlilik bilimdonligini oshirishga psixologik tayyorgarligi;
- taqdim qilinayotgan o’quv materialining idrok qilinishi orqali ma’naviyatga ta’sir o’tkazish omillari aniqlandi.
- egallangan bilimlarni amaliyotda qo’llay olish.
Innovatsion metodlar tanlangan ilmiy ish mavzusi aspekti mutanosibligida qo’llanildi.
Tadqiqot bo’yicha barcha ma’lumotlar maxsus qaydnomalarga yozib borildi va ularga statistik ishlov berildi.
Tadqiqot darslari asosan quyidagi bosqichlarni qamrab olishi lozimligi nazarda tutildi:
- innovatsion metodlar orqali o’quvchilarning ma’naviy madaniyatini tarbiyalash, buning uchun maxsus lug’atlar bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish;
- o’quvchilarda axloq, odob, burch, vijdon, milliy g’urur kabi kategoriyalarni mukammal o’zlashtirishlari uchun o’z ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish;
- hamkorlikda ishlash malakalarini oshirish;
o’z fikrini tortinmasdan gapirishga o’rgatish;
kommunikativ qobiliyatlarini o’stirish.
Tajribaviy darslarda «Pinboard» metodi orqali o’quvchilarning ma’naviy madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan topshiriqlar majmui yaxshi natijalarni berdi. Ayniqsa, o’quvchilariga taqdim qilingan qo’yidagi topshiriq o’quvchilarni ma’naviyat, ma’rifat kategoriyasini oldin olgan bilimlariga tayangan holda talqin qilishga undadi (3.2.3-jadval).
Test topshirig’i
3.2.3-jadval

Chap ustundagi har bir atamaga o’ng ustundan mos ta’rifni tanlang


Ma’naviyat


Ma’rifat
Ma’naviy madaniyat

Axloqiy odat

Ma’naviy ehtiyoj


a) Shaxs ma’naviy ehtiyoji ma’naviy qiziqishni vujudga keltiradi. U shaxs faoliyati jarayonida namoyon bo’ladi va natijada ma’naviy qadriyat yuzaga keladi


v) O’quvchining aniq maqsadini ko’zlab, doimiy izchil uyushtirilgan faoliyat, jamiyat a’zolarining o’zaro madaniy munosabatlari, o’zaro ishonchlari oqibatida maydonga keladigan holatdir.
g) Jamiyat taraqqiyoti darajasini tavsiflovchi, ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida mujassam bo’ladigan tizim. Shaxsning ijtimoiy va ma’naviy mazmunini tashkil qiladi.
d) Insonlarning talab va ehtiyojlari asosida aql-zakovat bilan yaratilgan, ularning tasavvuri, tafakkuri, kelgusi orzu-umidlari, e’tiqodi, axloq qoidalarini mujassamlashtirgan tarbiyaning tayanch vositasi.
e) Insonni ruhiy poklanish va yuksalishga dav’at etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymonini, irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan qudratli botiniy kuch.

Mazkur topshiriqni bajargan o’quvchilar muammoni identifikasiyalash (aniqlash), vaqt, bilimlar manbai hozirgacha mavjud bo’lgan maqsadlarni tushunishga harakat qilishdi. Mavjud bilimlar ularning xossalari, xususiyatlariga qarab turkumlashtirildi.O’quvchilar o’zlarining oldindan o’zlashtirgan “ ma’naviyat”, “ma’naviy ehtiyoj”, “ ma’naviy madaniyat” kabi tushunchalarni talqin qilishga harakat qilishdi va ongli ravishda har bir atamaga mos tavsif topishga muvaffaq bo’lishdi. Bu tarzda taqdim qilingan topshiriqlar o’quvchilarning hamkorlikda ishlashiga va qisqa vaqt ichida katta hajmdagi axborotlarni o’zlashtirishlariga imkon yaratdi.




Yüklə 216,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə