Mundarija kirish I. Bob. Irsiyat qonunlari


Javob: Avloddagi duragaylarning 23% ini digomozigotalilar tashkil etar ekan. II.2. Genlarni epistaz ta`siri



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə18/26
tarix10.06.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#116491
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Maftuna

Javob: Avloddagi duragaylarning 23% ini digomozigotalilar tashkil etar ekan.
II.2. Genlarni epistaz ta`siri
1.Dominant epistaz 2.Retsessiv epistaz Dominant epistazda- F2 da nisbat 13:3 va 12:3:1 nisbatda ajralish kuzatiladi.Misol qilib tovuq va xo`rozlardagi pat rangini olish mumkin.Tovuqlarni Leggorn zotida patlar oq rangdadir.Ularni genotipi CCII. Buni C grin belgini namoyon qiladi, I dominant geni bo`lsa, C geni ta`sirini ―bo`g`adi‖.Natijada C genini fenotipda namoyon bo`lishi ro`y bermaydi. Viandok tovuq zotida han patlar oq rangda bo`lib, genotipi iicc. Leggorn touqlarini Viandot xo`rozlari bilan chatishtirishdan olingan F1 avlodida tovuq va xo`rozlar oq rangda bo`ladi. F1 avlodidagi tovuq va xo`rozlar o`zaro chatishtrilsa F2 dauragay avlodida 13/16 oq patli,3/16 rangli patli tovuq va xo`rozlar rivojlanadi.Mazkur misolda bir belgiga ikkita gen ya`ni I va C genlar ta`sir ko`rsatadi.Dominant ingibitor bir vaqtning o`zida belgiga ta`sir etuvchi ham dominant ham retsessiv genlarni faoliyatini to`xtatishi mumkin.Demak, mazkur misolda tovuq duragaylari genotipda I bo`lgan taqdirda C geni faoliyatini to`xtagani sababli pat rangli bo`lmaydi. I retsessiv geni gomozigota holatda bo`lgandagina C geni patda rang hosil qiladi.Shunday qilib , C geni belgiga bevosita, I geni esa bilvosita ya`ni C geni faoliyatini bo`g`ish orqali ta`sir ko`rsatadi.

II.II.3 – rasm
Retsessiv ingibitorga doir masala: Ma‘lum bir navli piyoz o‘simligida piyozboshning qizil rangi sariq rangga nisbatan ustunlik qiladi, lekin juft noallel genning retsessiv alleli rang ta‘sirini bo‘g‘ib, oq rangni yuzaga chiqaradi. Qizil va sariq piyozboshli o‘simliklar chatishtirilganda 480 ta sariq, oq va qizil piyozboshli o‘simliklar hosil bo‘lgani ma‘lum bo‘lsa, avlodning nechtasi oq piyozboshga ega bo‘ladi?
Yechim: Dastlab piyozboshlarning genotip va fenotipilarini berilgan shart asosida yozib olamiz. Qizil rangli piyozbosh genotipi AA, sariq rangli piyozbosh genotipi aa ekanligi ma‘lum. Shu genga noallel ikkinchi juft genning retsessivi, ya‘ni bb rang ta‘sirini bo‘g‘ib qo‘yib, oq rangni yuizaga chiqarar ekan. Noallel genning dominant, ya‘ni BB esa rangga ta‘sir eta olmaydi. Bu masala allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro epistaz ta‘siriga misol bo‘lib, retsessi bb geni ingibitor gen deyiladi va u faqat gomozigota holatdagina dominant gen ta‘sirini bog‘lashi mumkin. Demak, qizil rang AAbb yoki AaBb, sariq rang aaBB yoki aaBb, oq rang AAbb, Aabb yoki aabb genotiblarga ega bo‘ladi.
Masala shartiga ko‘ra, qizil va sariq piyozboshli o‘simliklar chatishtirilgan bo‘lib, ularning genotipi qanday ekanligini bilish uchun avlodda hosil bo‘lgan o‘simliklarga e‘tibor beriladi. Avlodda sariq, oq va qizil piyozboshli o‘simliklar hosil bo‘lgani uchun genotip quyidagicha bo‘ladi: AaBb x aaBb. Ushbu duragaylardan gametalar hosil qilamiz. AaBb genotipdan 4 xil(AB, Ab, Ab, ab) gametalar va aaBb genotipdan 2 xil (aB va ab) gameta hosil bo‘ladi.
Urug‘lanish jarayonida bitta organizm gematalari ikkinchi organizmning har bir gametalari bilan tasodifan uchrashishi mumkin. Buni Pennet katakchasi yordamida osongina aniqlash mumkin. Pennet katakchasiga gorizontal bo‘yicha bitta organizm gametalar vertical bo‘yicha katakchalarning chap tomoniga ikkinchi organizm gametalari yoziladi. Katakchalar ichiga esa gametalarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan zigotalarning genotipi yoziladi. Shu yo‘l bilan avlodda hosil bo‘lgan zigotalarning genotipi yoziladi. Shu yo‘l bilan avlodda hosil bo‘lgan organizlarni fenotip va genotip bo‘yicha hisoblab chiqish nihoyatda oson bo‘ladi.


Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə