Mundarija kirish I. Bob. Irsiyat qonunlari



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə21/26
tarix10.06.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#116491
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Maftuna

Nokumulyativ polimeriya – Genotipdagi dominant allel bo`lmagan genlarning soni nechta bo`lishiga qaramay, ularning bir fenotipi va F2 da ikki juft allel bo`lmagan dominant genlar belgini keltirib chiqarganda xima-xillik 15:1, uchta allel bo`lmagan dominant genlar ta`sirida belgilarni rivojlanishida 63:1 sxemada bo`ladi. Masalan achambitida. Polimeriyada quyidagi nisbatlar kuzatiladi: 1:4:6:4:1. Agar belgilning rivojlanishi uch xil dominant allel bo`lmagan genlarning ta`sirida amalga oshsa, F2 da fenotip 1:6:15:20:15:6:1 sxemada xilma-xillik beradi.



II.3.1 – rasm
Masala: Piyozda gultojibargini shakli ikki juft nokumulyativ polimer genlar ishtirokida irsiylanadi. Agar genotipda dominant gen boʻlsa gultoj shakli yulduzsimon, umuman boʻlmasa vorankasimon boʻladi. Digeterazigotali yulduszimon piyozlar oʻz-oʻzidan changlanganda hosil boʻladigan yulduzsimon piyozlarni genotipik sinflarini necha foizi ikki boʻgʻimida xam retsessiv genini tutgan boʻladi.
Yechim:
A¹a¹A²a² x A¹a¹A²a²
A¹A¹A²A² -- 1 ta yulduzsimon, A¹a¹A²A²--2 ta yulduzsimon, A¹A¹A²a²--2 ta yulduzsimon, A¹a¹A²a² -- 4 ta yulduzsimon
---------------------------
A¹A¹a²a²--1 ta yulduzsimon, A¹A¹A²a²--2 ta yulduzsimon
----------------------------
a¹a¹A²A²--1 ta yulduzsimon, a¹a¹A²a²--2 ta yulduzsimon
----------------------------
a¹a¹a²a² --1 ta vorankasimon Yulduzsimon : vorankasimon 15 : 1
15 ta yuldizsimon A¹a¹A²a²--4 ta, A¹a¹a²a² ---2 ta, a¹a¹A²a² ---2 ta
15 ----------100%
8 ta----------x=[53,3%]


III – BOB. X2 usulida masala ishlash.
III.1. X2 metodi asosida F2 dagi belgilarning ajralishini statistik usulda tekshirish
Hozirgi kunda biologiya fanidan oliy o’quv yurtiga kirish imtihonlarida genetika bilan bir qatorda biologiyaning boshqa sohalariga doir masalalarda yechimini topishga qiynalishmoqda. Mamlakatimizdagi oliy o’quv yurtlariga kirish testlariga tayyorlanuvchi maktab va akademik litsey o’quvchilarning ba‟zilarida biologiyaga doir masalalarni yechish va ularni nazariy tushunish muommo bo’lib kelmoqda. Ayniqsa, yurtimizdagi fan olimpiadalarida ko’p savollar biologiyaning molekulyar biologiya va genetika yo’nalishlaridan berilmoqdai. Genetikaga doir masalalarda berilayotgan organizmlar soni, hosil bo’layotgan avlodlar nazariy jihatdan taxminan olinmoqda. Shularni hisobga olgan holda, bunday olinayotgan nazariy, taxminiy avlodlar soni har doim ham to’g’ri emasligini ta‟kidlamoqchimiz.
x2 metodi yordamida F2 dagi belgilarning ajralishini statistik usulda tekshirish metodi drozofila meva pashshasining (Drosophila melanogaster) bir xromosomaga birikkan genlari misolida tahlil qilindi.
F2 avlodini tahlil qilganda ular fenotip jihatdan 3:1, genotip jihatdan esa 1:2:1 nisbatda ajralganligini ko'rdik. Fenotip va genotip jihatdan bunday ajralish F2 dagi organizm soni kam bo'lsa, u holda dominant va retsessiv belgilarga ega organizmlar nisbati retsessiv yoki dominant tomon o'zgarishi mumkin. Dominant yoki retsessiv tomon siljishi qay darajada 3:1, 1:2:1 nisbatga to'g'ri kelishini statistik yo‘1 bilan tekshirishni taqozo etadi. Farazni tekshirish uchun tajribada olingan natija bilan nazariy jihatdan kutilgan natija o'zaro taqqoslanadi. Agar tajribada olingan ma’lumotlar nazariy jihatdan kutilgan natijaga mos bo'lsa, u holda yaratilgan faraz to'g'ri deb topiladi. Mabodo, tajribada olingan ma’lumotlar nazariy jihatdan kutilgan natijaga mos kelmasa, u holda yaratilgan faraz noto'g'ri deb hisoblanadi.
Tajribada olingan ma’lumotlar bilan nazariy jihatdan kutilgan natija orasidagi farq turli darajada namoyon bo'lishi mumkin. Ba’zi hollarda bu farq juda kichik va tasodiFiy bo'lsa, boshqa hollarda u ancha katta va muqarrar bo'la d i. Shu sababdan tajribada olingan va kutilgan ma’lumotlami statistik baholash kerak, degan masala kelib chiqadi. Qayd qilingan masalani yoritishda genetikada ko'proq '/ 2 usulidan keng foydalaniladi. Bu usulni 1900-yili ingliz matematigi K.Pirson taklif etgan. Mazkur usuldan quyidagicha foydalaniladi.
Birinchi navbatda jadval chiziladi. U ikki b Birinchi navbatda jadval chiziladi. U ikki bo'limdan ya’ni ma’lumotlar va individlar miqdoridan iborat bo'ladi.Individlar, hosil bo'lgan fenoti pik sinflar miqdoriga ko'ra: a) d om in an t belgili; b) retsessiv belgili;v) jami individlarga bo'linadi. Ma’lumotlar bo'limiga tajribada olingan ajralish (p), uning ostiga kutilgan nisbat va nazariy jihatdan kutilgan ajralish (q) yoziladi.
Ma‟lumki, G.Mendelning uchinchi qonuniga binoan organizmdagi genlar mustaqil holatda irsiylanadi. Lekin ba‟zi holatlarda bu ma‟lumot barcha genlarga tegishli emas, chunki ayrim genlar xromasomalarga birikkan holda irsiylanishi ham mumkin. Genlarni birikkan holatda irsiylanishini T.Morgan drozofila meva pashshasi (Drosophila melanogaster) da aniqlagan. T.Morgan o’tkazgan tajribalari asosida shuni o’rganganki drozofila meva pashshasi (Drosophila melanogaster) ning tanasining rangi kulrang bo’lishi dominant, tanasining rangi qora bo’lishi retsessiv, qanotlari uzun yoki normal bo’lishi dominant, qanotlari kalta bo’lishi retsessiv holda irsiylanib, ushbu genlar gomologik xromasomada joylashadi va bir-biriga allel hisoblanadi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, hasharotlarning morfometrik o`lchamlari bilan bog`liq masalalar ko`plab olimlarni o`ziga jalb etgan. Ularda populyatsiya dinamikasining mavsumiy o`zgarishlari, ayrim turlarning evolyutsion jarayondagi divergensiyasi qator ilmiy manbalardan o`rin olgan. Biroq hasharotlardagi genlar mustaqil holatda irsiylanish jarayonlariga doir statistik tahlillar olib borilmagan.
Amalga oshirilgan matematik-statistik tahlillar B.Lakin uslubi bo`yicha amalga oshirildi.
T.Morgan tajribalarida tanasi kulrang, qanotlari uzun meva pashshasini tanasi qora, qanotlari kalta meva pashshalarini o’zaro chatishtiradi, F1 da tanasi kulrang va qanotlari uzun bo’lgan avlodlar olinadi. Tajribani quyidagicha ifodalashimiz mumkin:
Kulrang 12.00
qora - aa
uzun- BB
kalta- bb

Agar F1, duragayning genotipini aniqlash maqsadida tahliliy (bekross) chatishtirish amalga oshirilsa, nazariy jihatdan 4 xil fenotipdagi: kulrang tanali uzun qanotli, kulrang tanali kalta qanotli, qora tanali uzun qanotli va qora tanali kalta qanotli avlodlar hosil bo’ladi, ya‟ni quyidagicha bo’lishi mumkin.

T.Morgan o’tkazgan tahliliy chatishtirishi natijasida bunday natija kuzatilmaydi, tahliliy chatishtirishidan keyin ota-ona fenotipiga o’xshash duragaylar olinadi. Buning sababi genlar mustaqil holda gametalarga tarqalmasdan birikkan holda irsiylanishi tufayli amalga oshadi.
T.Morgan kulrang tanali, uzun qanotli meva pashshasini qora tanali, kalta qanotli meva pashshasi bilan chatishtirib, F1, da olingan avlodlarning barchasi fenotip bo’yicha kulrang tanali, uzun qanotli bo’lgan.

Demak, ko’rinib turibdiki AB va ab genlari bitta xromosomada birikkan holda nasldan naslga o’tib qolmoqda. T.Morgan bu irsiylanishni xromasomaga to’liq birikkan holda irsiylanish deb nomlagan.
To’liq dominantlik irsiylanishga ega bo’lgan organizmlarning F2 avlodilari tahlil qilinganda fenotip bo’yicha 3:1, genotip bo’yicha 1:2:1 nisbatda ajralish kuzatiladi. Huddi shunday holatlarda nazariy olingan natijani statistik yo’l bilan tekshirib tahlil qilib ko’ramiz. Nazariy olingan natijani tekshirish uchun tajribada olingan natija bilan nazariy jihatdan kutilgan natija o’zaro taqqoslanadi. Tajribada olingan ma’lumotlar nazariy jihatdan kutilgan natijaga mos bolsa, bunday holatda nazariy olingan natija to’g’ri deb topiladi. Agar, tajribada olingan ma’lumot nazariy jihatdan kutilgan natijaga to’g’ri kelmasa, ushbu holatlarda nazariy olinagan natija mutlaqo xato bo’lib chiqadi.
Tajribalarda olingan ma’lumotlar bilan nazariy jihatdan olingan natija orasidagi farq har xil bo’lishi mumkin. Ayrim holatlarda farq kichik yoki tasodifiy bo’lsa, ayrim holatlarda katta yoki aniq to’g’ri chiqishi ham mumkin. Shuning uchun, tajribada olingan va kutilgan nazariy natijalarni statistika bo’yicha aniqlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday muammolarni aniqlashda ko’proq x2 metodidan foydalaniladi. Bu metodni 1900-yili ingliz matematigi K.Pirson fanga kiritgan. Bu metoddan quyidagicha foydalanish mumkin.
Buning uchun jadval kerak bo’ladi, va jadval ikki bo’limdan ya’ni ma’lumotlar va individlar miqdoridan iborat bo’ladi. Individlar, hosil bolgan fenotipik sinflar miqdoriga ko’ra:

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə