Mundarija kirish I. Bob. Irsiyat qonunlari



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə22/26
tarix10.06.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#116491
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Maftuna

1) dominant belgili;
2) retsessiv belgili;
3) jami individlarga bo‘linadi.
Ma‟lumotlar bo’limiga tajribada olingan ajralish (p), uning ostiga kutilgan nisbat va nazariy jihatdan kutilgan ajralish (q) yoziladi.
Eng ko’p qo’llaniladigan organizm drozofila meva pashshasining (Drosophila melanogaster) tana rangi kulrang va qora formalarini chatishtirishdan F2 da 78 ta kulrang, 18 ta qora tanali, jami 96 ta drozofila pashshasi olindi deb faraz qilaylik, Bunday holatlarda kutilgan nisbat grafasini to’ldirganda 78 raqamining ostiga 3; 18 raqamining ostiga 1 deb yoziladi. Chunki AA x aa genotipli organizmlar o’zaro chatishtirilganda F2 da olingan avlodlar soni jami 4 ta bo’ladi va fenotip bo’yicha 3;1 nisbatda, genotip bo’yicha esa 1;2;1 nisbatda ajralish ro’y beradi.
Barcha organizmlar F2 da 96 ta bo’lsa, nazariy jihatdan kutilgan ajralish 72 ga 24 bo’lishi kerak. Endi jadvalning yana bir qator pastiga tajribada olingan natija va nazariy jihatdan kutilgan natija orasidagi farq d=p-q yoziladi.
Kuzatishimiz natijasida, u 78-72=+6; 18-24=-6 ga teng. d qiymatining ishoralarini tenglashtirish uchun kvadratga ko’taramiz. d2 har ikki holda ham 36 teng bo’ladi. (x2 ni aniqlash uchun har bir fenotipik sinf bo’yicha chiqqan d2 ni nazariy jihatdan kutilgan fenotipik ma‟lumotga (q) taqsimlaymiz. Keltirilgan misolda 36:72=0,50 dominant belgili, 36:24=1,50 retsessiv belgili fenotiplar bo’yicha malumot olindi. x2=2 (d2/q) ekanligini e‟tiborga olgan holda, dominant va retsessiv belgilar bo’yicha olingan ma‟lumotlami jamlab chiqsak, u holda x2=2,00 bo’lishini ko’ramiz.
6 – jadval (1900, K.Pirson)

x2 metodining mohiyati shundan iboratki, uning yordamida kuzatilgan va kutilgan natijalar orasidagi farq tasodifiy yoki muqarrar ekanligini aniqlash mumkin bo’ladi. Bu R.Fisher jadvali yordamida amalga oshiriladi. Jadvalning chap tomonida vertikal ustunda ozodlik darajalari, yuqorida gorizontal bo’yicha turli ehtimolliklar ko’rsatilgan.
Har xil ozodlik darajasida x2ning qiymatini aniqlash
7 – jadval (Fisher)

Ozodlik darajasining qiymati n=n–1=2-1=1 ga teng bo’ladi, n-fenotipik sinflar soni, monoduragay chatishtirishda F2 da 2 ta fenotipik sinf hosil bo’lganligi sababli ozodlik darajasi n=l ga teng. Ehtimolliklaming qiymatini aniqlash qanday maqsadda tajribalar olib borilishiga bog’liq. Meditsinada ko’proq 0,01% ehtimollik ishlatiladi, bizning misolimizda 0,05 % ehtimollikdan foydalanilsa kifoya. 0,05 ehtimollik 100 ta voqelikdan 95 tasida biz ilgari surilgan faraz to’g’ri chiqadi degan ma’noni bildiradi. Shunday qilib, ozodlik darajasi 1 ga, ehtimollik 0,05 ga teng bo’lgan qiymat Fisher jadvalida 3,841 ga teng. Biz tomondan hisoblab chiqilgan x2-miqdori 2,00 jadvalda berilgan qiymatdan kichik bo’lsa, nol farazga muvofiq tajribada olingan natija bilan nazariy jihatdan kutilgan natija orasida farq muqarrar emasligini anglatadi, ya’ni 3:1 nisbatga to’g’ri keladi. x2ning jadvalda belgilangan qiymatdan kattaligi, oldinga surilgan faraz o’rinsizligini bildiradi, ya‟ni nol faraz noto’g’ri ekanligini ko’rsatadi. Endi nol farazni tasdiqlovchi va uning o’rinsizligiga doir misol bilan tanishamiz.
Drozofilaning kulrang tanali va qora tanali formalarini chatishtirib, ulardan olingan F1, urg’ochi drozofilani qora tanali erkak pashsha bilan chatishtirish oqibatida ikkinchi tajribada Fb 300 ta (ulardan 160 tasi kulrang tanali, 140 tasi qora tanali) va birinchi tajribada 60 ta (ulardan 40 tasi kulrang tanali, 20 tasi qora tanali) individga ega oilalar olindi deb faraz qilaylik. Agar ularning qiymatini x2 metodi bilan aniqlasak, quyidagicha natija olinadi: 8 – jadval

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, drozofilaning turli oilasida olingan x2 ning miqdori bir-biridan keskin farq qiladi. Birinchi holatda kuzatilgan va nazariy jihatdan kutilgan natijalar orasida farq katta bo’lganligi sababli x2 miqdori katta va Fisher jadvalidagi 3,841 dan yuqori. Demak, nol faraz no’to’g’riligini anglatadi. Ikkinchi holatda olingan x2 miqdori jadvaldan olingan qiymatdan kichik (1,34<3,84), ya’ni olingan natija 1:1 nisbatga mos keladi deyish mumkin.
Izoh: AA – dominant
Aa – geterozigota
aa – retsessiv
p - olingan natija

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə