Mundarija kirish I. Bob. Irsiyat qonunlari


q - nazariy jixatdan kutilgan natija



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə23/26
tarix10.06.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#116491
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Maftuna

q - nazariy jixatdan kutilgan natija
n – ozodlik darajasi
d - olingan natija va nazariy jixatdan kutilgan natija orasidagi farq
F1 – birinchi avlod
F2 - ikkinchi avlod
Fb – taxlliliy (bekross) chatishtirish


III.2. Komplementar irsiylanishga doir masalalarni yechishda X2 metodi asosida F2 dagi ajralishni statistik usulda tekshirish
Ma’lumki, G.Mendelning uchinchi qonuniga binoan organizmdagi genlar mustaqil holatda irsiylanadi. Lekin ba’zi holatlarda bu ma’lumot barcha genlarga tegishli emas, chunki ayrim genlar xromasomalarga birikkan holda irsiylanishi ham mumkin. Genlarni mustaqil holda irsiylanishini G.Mendel no‘xat (Pisum sativum) o‘simligida aniqlagan. G.Mendel o‘tkazgan tajribalari asosida shuni o‘rganganki no‘xat (Pisum sativum)ning dukkak mevasi rangi sariq bo‘lishi dominant, yashil bo‘lishi retsessiv, mevasining rangi silliq bo‘lishi dominant, burishgan bo‘lishi retsessiv holda mustaqil irsiylanadi.
Noallel genlarni irsiylanishidan kumulyativ va nokumulyativ polimeriyaga oid tajribalarni 1908-yilda shved olimi G. Nilson-Ele bug‘doy o‘simligida o‘z
tajribalarini oʻtkazgan. Kumulyativ polimeriyada F2 da fenotipik ajralish 1;4;6;1 nisbatda, nokumulyativ polimeriyada esa F2 fenotipik ajralish 15;1 nisbatda amalga oshadi. Genlarni komplementar irsiylanishida F2 fenotipik ajralish 9;3;3;1, 9;3;4, 9;6;1, 9;7 nisbatda amalga oshadi (1-jadval). Genlarni epistaz irsiylanishida F2 fenotipik ajralish 13;3, 12;3;1 nisbatda amalga oshadi.
9 – jadval

Shuni ta’kidlashimiz mumkinki, o‘simliklar va hayvonlarning morfometrik o‘lchamlari bilan bog‘liq ma’lumotlar olimlarni o‘ziga jalb etgan. Ularda populyatsiya dinamikasining mavsumiy o‘zgarishlari, ayrim turlarning ]volyutsion jarayondagi divergensiyasi qator ilmiy manbalardan o‘rin olgan. Biroq o‘simliklardagi genlar mustaqil holatda irsiylanish jarayonlariga doir statistic tahlillar olib borilmagan. Amalga oshirilgan matematik-statistik tahlillar B.Lakin uslubi bo‘yicha amalga oshirildi.
Genlarni komplementar irsiylanishi poliduragay chatishtirish uslida olib boriladi. Komplementar irsiylanishda F2 da fenotipik ajralish 9;7 nisbatda gulini rangi oq no‘xat bilan gulini rangi oq no‘xatni o‘zaro chatishtirib, F1 da gulini rangi qizil no‘xat hosil bo‘lishi kuzatilgan.
Tajribani quyidagicha ifodalashimiz mumkin:
Oq - A_bb

Bu tajribada fenotip bo‘yicha nisbat quyidagicha:

Komplementar irsiylanishda F2 avlodlari tahlil qilinganda fenotip bo‘yicha 9:7, genotip bo‘yicha 1;2;1;2;4;2;1;2;1: (1;2;1)2, kuzatiladi. Komplementar irsiylanishda F2 da fenotipik ajralish 9;6;1 nisbatda yumaloq shaklli oshqovoq bilan yumaloq shaklli oshqovoq o‘zaro chatishtirib, F1 da gardishsimon shaklli oshqovoq hosil bo‘lishi kuzatilgan.
Tajribani quyidagicha ifodalashimiz mumkin:
yumaloq- A_bb
aaB_
uzunchoq- aabb
gardishsimon- A_B_

Bu tajribada fenotip bo‘yicha nisbat quyidagicha:



Komplementar irsiylanishda F2 avlodlari tahlil qilinganda fenotip bo‘yicha 9;6;1 genotip bo‘yicha 1;2;1;2;4;2;1;2;1: (1;2;1)2, kuzatiladi.
Komplementar irsiylanishda F2 da fenotipik ajralish 9;3;3;1 nisbatda ajralish qushlar kuzatiladi. Gulsimon tojli tovuqlar bilan no‘xatsimon tojli xo‘rozlar chatishtirilganda, F1 da yong‘oqsimon tojli avlod hosil bo‘lishi kuzatilgan.
Tajribani quyidagicha ifodalashimiz mumkin:
Gulsimon toj- A_bb No‘xatsimon toj- aaB_
Oddiy toj- aabb
Yong‘oqsimon toj - A_B_

Komplementar irsiylanishda F2 avlodlari tahlil qilinganda fenotip bo‘yicha 9;6;1 genotip bo‘yicha 1;2;1;2;4;2;1;2;1: (1;2;1)2, kuzatiladi.
Komplementar irsiylanishda F2 da fenotipik ajralish 9;3;3;1 nisbatda ajralish qushlar kuzatiladi. Gulsimon tojli tovuqlar bilan no‘xatsimon tojli xo‘rozlar chatishtirilganda, F1 da yong‘oqsimon tojli avlod hosil bo‘lishi kuzatilgan.

Bu tajribada fenotip bo‘yicha nisbat quyidagicha:
A_B_ 9 Yashil
A_bb 3 Havorang
aaB_ 3 Sariq
aabb 1 Oq
Komplementar irsiylanishda F2 avlodlari tahlil qilinganda fenotip bo‘yicha 9;3;3;1 genotip bo‘yicha 1;2;1;2;4;2;1;2;1: (1;2;1)2, kuzatiladi.
Komplementar irsiylanishda F2 da fenotipik ajralish 9;3;4 nisbatda ajralish sichqonlarning yungining raningini irsiylanishida kuzatiladi. Sichqonlar yunig qora, oq va aguti rangda bo‘ladi. Aguti rangli sichqonlarda har bir yung tolasi bo'ylab sariq rangli halqalarni ko‘rishingiz mumkin. Yungining asosi va uchk iqismida qora pigment bo'ladi. Yungining tolalarida pigmentlarning bunday holda aks etishi quyonlarda ham kuzatilishi mumkin. Tadqiqot natijalariga ko‘ra aguti sichqonlarda rangni bo'lishi bir genga, pigmentni yung tolasi bo'ylab taqsimlanishi boshqa allel bo'lmagan genga bog'liq bo‘ladi. Qora yungli sichqonlarda pigment taqsimlanishiuchramasligi aniqlangan. Pigment tola uzunligi bo'yicha bir xil taqsimlangan bo'ladi. Oq sichqonlarning yungida pigment bo'lmaydi. Qora va oq sichqonlar chatishtirilishi natijasida, F1 da aguti rangdagi sichqon avlodi hosil bo‘lishi kuzatilgan.
Tajribani quyidagicha ifodalashimiz mumkin:
Aguti- A_B_
Qora- A_bb
oq- aaB_; aabb

Komplementar irsiylanishda F2 avlodlari tahlil qilinganda fenotip bo‘yicha 9;3;3;1 genotip bo‘yicha 1;2;1;2;4;2;1;2;1: (1;2;1)2, kuzatiladi.
Nazariy olingan natijani tekshirish uchun tajribada olingan natija bilan nazariy jihatdan kutilgan natija o‘zaro taqqoslanadi. Tajribada olingan ma’lumotlar nazariy jihatdan kutilgan natijaga mos bolsa, bunday holatda nazariy olingan natija to‘g‘ri deb topiladi. Agar, tajribada olingan ma’lumot nazariy jihatdan kutilgan natijaga to‘g‘ri kelmasa, ushbu holatlarda nazariy olinagan natija mutlaqo xato bo‘lib chiqadi.
Tajribalarda olingan ma’lumotlar bilan nazariy jihatdan olingan natija orasidagi farq har xil bo‘lishi mumkin. Ayrim holatlarda farq kichik yoki tasodifiy bo‘lsa, ayrim holatlarda katta yoki aniq to‘g‘ri chiqishi ham mumkin. Shuning uchun, tajribada olingan va kutilgan nazariy natijalarni statistika bo‘yicha aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday muammolarni aniqlashda ko‘proq x2 metodidan foydalaniladi. Bu metodni 1900-yili ingliz matematigi K.Pirson fanga kiritgan. Bu metoddan quyidagicha foydalanish mumkin.
Buning uchun jadval kerak bo‘ladi, va jadval ikki bo‘limdan ya’ni ma’lumotlar va individlar miqdoridan iborat bo‘ladi. Individlar, hosil bolgan fenotipik sinflar miqdoriga ko‘ra:
1) dominant belgili;
2) retsessiv belgili;
3) jami individlarga bo‘linadi.
Ma’lumotlar bo‘limiga tajribada olingan ajralish (p), uning ostiga kutilgan nisbat va nazariy jihatdan kutilgan ajralish (q) yoziladi.
Masalalarda eng ko‘p qo‘llaniladigan o‘simlik pisum sativum sariq silliq o‘simliklarni yashil burishgan o‘simliklar bilan chatishtirilishi natijasida taxminan sonlarni olib tajribani aniqlik darajasini hosiblab ko‘ramiz.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə