Mundarija kirish I. Bob. Irsiyat qonunlari


Har xil ozodlik darajasida X2 ning qiymatini aniqlash



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə25/26
tarix10.06.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#116491
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Maftuna

Har xil ozodlik darajasida X2 ning qiymatini aniqlash.
11 - jadval

Ozodlik darajasining qiymati n=n–1=3-1=2 ga teng bo‘ladi, n-fenotipik sinflar soni, bizning tajribamizda F2 da jami 3 ta fenotipik sinf hosil bo‘lganligi sababli ozodlik darajasi n=2 ga teng. Ehtimolliklaming qiymatini aniqlash qanday maqsadda tajribalar olib borilishiga bog‘liq. Meditsinada ko‘proq 0,01% ehtimollik ishlatiladi, bizning misolimizda 0,05 % ehtimollikdan foydalanilsa kifoya. 0,05 ehtimollik 100 ta voqelikdan 95 tasida biz ilgari surilgan faraz to‘g‘ri chiqadi degan ma’noni bildiradi. Shunday qilib, ozodlik darajasi 2 ga, ehtimollik 0,05 ga teng bo‘lgan qiymat Fisher jadvalida 5,991 ga teng. Biz tomondan hisoblab chiqilgan x 2 - miqdori 2,8737 jadvalda berilgan qiymatdan kichik bo‘lsa, 2,8731<7,815 nol farazga muvofiq tajribada olingan natija bilan nazariy jihatdan kutilgan natija orasida farq muqarrar emasligini anglatadi, ya’ni 9;6;1 nisbatga to‘g‘ri keladi. x 2 ning jadvalda belgilangan qiymatdan kattaligi, oldinga surilgan faraz o‘rinsizligini bildiradi, ya’ni nol faraz noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi. Endi nol farazni tasdiqlovchi va uning o‘rinsizligiga doir misol bilan tanishamiz.
2-tajriba. Avstraliya xoldor to'tilarida pat rangining irsiylanishi ikki juft allel bo'lmagan gen bilan belgilanadi. Genotip A_B_ holatda to'tilarning tanasi rangi yashil, A_bb holatda havorang, aaB_ holatda sariq rang hosil bo'ladi. Ikki juft retsessiv genga ega bo'lgan to'tilar tanasi oq rangda bo'ladi. Havorang va sariq rangli to'tilar chatishtirilganida F1 da yashil to‘ti hosil bo'lgan. F2 da yashil to‘tilar 100 ta, havorang to‘tilar 36 ta, sariq to‘tilar 40 ta, oq rangdagi to‘tilar 10 ta hosil bo‘ldi. Ular orasida sariq rangli to'tilar soni qancha ekanligini toping.
Ushbu masala ham komplementar irsiylanishga oid bo‘lib, F2 da berilgan avlodlar soni taxminiy olinmoqda. Berilgan avlodlar sonini aniqlik darajasini Pirson jadvali asosida tekshirib chiqamiz.
Tajribani quyidagicha ifodalashimiz mumkin:

yashil- A_B_


sariq- aaB_
havorang- AAbb
oq- aabb

Fenotipik nisbat;


A_B_ 9 ta Yashil
A_bb 3 ta Havorang
aaB_ 3 ta Sariq
aabb 1 ta Oq
F2 da 100 ta yashil rangl to‘tilar, 36 ta havorangli to‘tilar, 40 ta sariq rangli to‘tilar, 10 ta oq rangli to‘tilar hosil bo‘ldi. Tajribada jami 188 ta organizmlar olindi deb faraz qilaylik, bunday holatlarda kutilgan nisbat grafasini to‘ldirganda 100 raqamining ostiga 9; 36 raqamining ostiga 3, 40 raqamining ostiga 3, 10 raqamining ostiga 1 deb yoziladi. Chunki AABB x aabb genotipli organizmlar o‘zaro chatishtirilganda F2 da olingan avlodlar soni jami 16 ta bo‘ladi va fenotip bo‘yicha 9;3;3;1 nisbatda, genotip bo‘yicha esa 1;2;1;2;4;2;1;2;1 ko‘rinishdagi genotipik nisbat (1;2;1)2 nisbatda ajralish ro‘y beradi.
Barcha organizmlar F2 da 188 ta bo‘lsa, nazariy jihatdan kutilgan ajralish 106 ta yashil rangl to‘tilar, 35 ta havorangli to‘tilar, 35 ta sariq rangli to‘tilar, 12 ta oq rangli to‘tilar hosil bo‘ldi. Endi jadvalning yana bir qator pastiga tajribada olingan natija va nazariy jihatdan kutilgan natija orasidagi farq d=p-q yoziladi.
Kuzatishimiz natijasida, u 100-106=-6; 36-35=+1; 40-35=+35; 10-12= -2 ga teng. d qiymatining ishoralarini tenglashtirish uchun kvadratga ko‘taramiz. Tajriba davomida d2 36; 1; 5; 4 hosil bo‘ladi. (x2 ni aniqlash uchun har bir fenotipik sinf bo‘yicha chiqqan d2 ni nazariy jihatdan kutilgan fenotipik ma’lumotga (q) taqsimlaymiz. Keltirilgan misolda 6:106=0,0566; 1:35=0,028; 25:35=0,714; 4:12=0,3333 hosil bo‘ladi. x2 ni aniqlash uchun olingan barcha natijalar qo‘shib hisoblab chiqiladi, 0,0566+0,028+0,714+0,3333=1,1313 olingan ma’lumotlami jamlab chiqsak, u holda x2=1,1313 hosil bo‘lishini ko‘ramiz.
x2 metodining mohiyati shundan iboratki, uning yordamida kuzatilgan va kutilgan natijalar orasidagi farq tasodifiy yoki muqarrar ekanligini aniqlash mumkin bo‘ladi. bu r.fisher jadvali yordamida amalga oshiriladi. jadvalning chap
tomonida vertikal ustunda ozodlik darajalari , yuqorida gorizontal bo‘yicha turli ehtimolliklar ko‘rsatilgan.


XULOSA
Genetikaga doir masalalar yechimini topish yoki yaratish jarayonida kutilgan nazariy natijani aniqlik darajasini statistik usul yordamida aniqlash maqsadga muvofiq bo‟ladi. Chunki kutilgan nazariy natija olingan amaliy natijaga mos kelmasligi o‟rganildi. Ilmiy tadqiqot jarayonlarida ham nazariy natijani olishda bunday jarayonlar ba‟zi holatlarda uchrab turadi. Huddi shunday holatlarni inobatga olib, drozofila meva pashshasining (Drosophila melanogaster) bir xromosomaga birikkan genlarida F2 dagi belgilarning ajralishini x2 metodi yordamida statistik usulda tekshirilishi tahlil qilib aniqlik kiritildi.
Komplementar irsiylanishga doir masalalarni yechishda yoki bunday masalalarni yaratish jarayonida kutilgan nazariy natijani aniqlik darajasini statistic usul yordamida aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki kutilgan nazariy natija olingan amaliy natijaga mos kelmasligi o‘rganildi. Ilmiy tadqiqot jarayonlarida ham nazariy natijani olishda bunday jarayonlar ba’zi holatlarda uchrab turadi. Huddi shunday holatlarni inobatga olib, noallel genlarni irsiylanishiga doir masalalarda F2 dagi belgilarning ajralishini x2 metodi yordamida statistik usulda tekshirilishi tahlil qilib aniqlik kiritildi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə