Mundarija kirish I. Bob. Irsiyat qonunlari



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə2/26
tarix10.06.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#116491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Maftuna

Kurs ishining maqsadi: Bu kurs ishing asosiy maqsadi birinchidan o’quvchilar va pedagogika oliy o'quv yurtlarining biologiya yo‘nalishi talabalarini biologiyadan har xil tipdagi masalalar va ularning ishlash metodikasi bilan tanishtirish, ikkinchidan o‘qituvchilar uchun o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida foydalanish uchun qator masalalami ishlash yo’lini taklif etishdir.
Kurs ishining vazifasi: Bu kurs ishining vazufasi genetik masalalar biologiya o‘qitish jarayonida test topshiriqlarini tuzishda ancha qulay va genetika o‘qitish jarayonida muhim ahamiyatga ega bo’lish va massalalarni soddalashtirilgan tartibda orgatish.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Ushbu biologiyadan masalalar va mashqlar yechish kurs ishida genetikadan turli hisoblashga doir, eksperimental xususiyatiga ega bo‘lgan masala va mashqlar keltirilgan. Kurs ishida keltirilgan masala va mashqlar ayni vaqtda qo‘llanilayotgan o‘quv dasturi va ishchi dasturiga mos ravishda ishlab chiqilgan. Biologiyaning turli yo‘nalishlaridan keltirilgan masalalar yechimi biologik qonuniyatlami, tabiat inomlaridan to‘g‘ri foydalanish, alohida hayvon va o‘simliklaming biologiyasi hamda ekologiyasini o‘ziga xos tomonlarini chuqur o‘rganish imkonini beradi Shuningdek kurs ishida masalalar sharti, ishlash usullari, yechimlari qisqa holda bayon etilgan va etodik ko‘rsatmalar berilgan. Biologiyadan masalalar yechish o'quvchilaming ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlashlarini, barcha biologiya kursidan olgan bilimlarini mustahkamlash va rivojlantirish imkonini beradi.
I – BOB. Irsiyat qonunlari
I.1. Mendelning barcha qonunlari
Irsiyat – tirik organizmlarning o‘z belgi va xususiyatlarini avloddan-avlodga (nasldan-naslga) berish xossasidir. Irsiyat tufayli ota-ona organizmlarining belgi va xususiyatlari o‘zgarmagan holda nasldan-naslga beriladi.
Jinsiy ko‘payishda erkak va urg‘ochi hujayralarning o‘zaro qo‘shilishi, ya’ni urug‘lanish davrida, xromosomalar ota-onadan naslga o‘tadi. Demak, irsiyatning moddiy negizi jinsiy hujayralarda joylashib, avlodlar shu hujayralar orqali o‘zaro bog‘lanadi. Bunda ona hujayrada bo‘lgan belgi va xususiyatlar xromosoma orqali qiz hujayralarga beriladi. Shuning uchun irsiyat tufayli bug‘doy urug‘idan bug‘doy, go‘za chigitidan g‘o‘za unib chiqadi. Lekin “nusxasi” emas, balki u doimo o‘zgaruvchanlik bilan birga kuzatiladi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə