Mundarija kirish I. Bob. Irsiyat qonunlari


II BOB. Allel bo'lmagan genlarning o ‘zaro ta’siri



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə14/26
tarix10.06.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#116491
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Maftuna

II BOB. Allel bo'lmagan genlarning o ‘zaro ta’siri.
II.1. Komplementar ta’sirga masalalar ishlash
Komplementar so'zi inglizch complement — to'ldirish degan ma’noni anglatadi. Allel bo'lmagan genlarning o'zaro ta’siri komplementar xilining o'ziga xos jihati shundan iboratki, F, duragayda chatishtirishda qatnashgan ota yoki ona belgisi emas, balki yangi belgi rivojlanadi. Belgining rivojlanishiga ta ’sir etuvchi allel bo'lmagan genlarning qimmati bir xil emasligi tufayli F2 avlodida belgilaming rivojlanishi turlicha ko'rinishda namoyon bo'ladi.
F2 da belgilaming nisbatini 9:3:3:1 sxemada bo‘lishi. Bunga misol tariqasida xoldor to'tilarni chatishtirish bo'yicha o'lkazilgan tajriba natijasini keltiramiz. Qush boquvchilarga tanish bo'lgan xoldor to'tilarning pati 4 xil: havorang, sariq, yashil va oq rangda bo'ladi. Agar h avorang u rg 'o ch i to 'tila r oq p atli erkak to 'tila r bilan chatishtirilsa, F, dagi erkak va urg'ochi to'tilarning pati havorang bo'ladi. Mabodo F, dagi erkak va urg'ochi to'tilar o'zaro chatishtirilsa F, da 75% havorang, 25% oq rangli to'tilar rivojlanadi. Bundan ikki xil xulosaga
kelish mumkin.
1-xulosa. To'tilarda pat rangini ifoda qiluvchi genlar jinsiy xromosomalarda emas, balki autosomalarda joylashgan.
2-xulosa. Patning ikki xil rangda bo'lishi bitta genning ikki xil allel holatiga bog'liq.
Xuddi shunday natija sariq rangli to'tilarni oq rangli to'tilar bilan chatishtirganda ham olinadi. Yuqoridagi ikki xil chatishtirish tafsiloti tubandagicha yoziladi.

  1. P havorang x oq 2) P sariq x oq

F, havorang x havorang F sariq x sariq
F, havorang : havorang : havorang : oq F2 sariq : sariq : sariq : oq
Har ikki chatishtirishdan olingan natija xuddi monoduragaylardagi belgilaming to'liq irsiylanishiga o'xshash ekanligini tushunish qiyin emas. Shunga asoslanib xoldor to'tilarda pat rangi bir genning ikki xil allel holatiga bog'liq degan taxminni ilgari suramiz va uning qanchalik to'g'ri ekanligini bilish uchun yuqorida ikki xil chatishtirishda qatnashgan to'tilarning genotipini yozib chiqamiz.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə