Mundarija kirish I. Bob. Irsiyat qonunlari


a - xromosomalarida chalkashuv bo'lgan birinchi guruh duragaylari soni; c



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə13/26
tarix10.06.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#116491
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Maftuna

a - xromosomalarida chalkashuv bo'lgan birinchi guruh duragaylari soni;
c - xromosomalarida chalkashuv bo'lgan ikkinchi guruh duragaylari soni;
n shu tajribadagi duragaylarning soni.


III.1.1 – rasm
Drozfilla melanogasterda krossingover bilan bog‟liq genetik masalalar tahlili
Morgan tajribalarining birida drozofilaning qora tanali (b), normal qanotli urg'ochi (v) formasini kulrang tanali (b) rudiment qanotli (v) forma bilan chatishtirganda F1 da barcha erkak va urg'ochi pashshalar tanasi kulrang, qanoti normal bo'lgan (31-rasm)*. Morgan F1 dagi duragay kulrang tanali, normal qanotli erkak drozofilani qora tanali, rudiment qanotli urg'ochi forma bilan tahliliy chatishtirganda Fb da 50% drozofilalarda kulrang tana, rudiment qanot, 50% drozofilalarda qora tana normal qanot rivojlangan. Binobarin Fb da xuddi ota-onaga o'xshash formalar teng miqdorda paydo bo'lgan. Agar, drozofiladagi ikki belgi genlari turli nogomologik xromosomalarda joylashganda Fb da to'rt xil forma 25% dan hosil bo'lishi kerak edi. Lekin ikki xil belgi genlari bir xromosomada joylashgani sababli F1 da ikki xil gameta hosil bo'ldi va Fb da ota-onaga o'xshash ikki xil forma 50% dan olinadi. O'tkazilgan tajriba yakunlariga ko'ra Morgan belgilarni toMiq birikishi deb nom berdi.
F1 dagi kulrang tanali, normal qanotli duragay urg'ochi drozofilani retsessiv belgili erkak drozofila bilan chatishtirilganda, Fb da 83% chatishtirishda qatnashgan ota va onaga o'xshash drozofilalar olingan. Ularning 41,5% drozofilalarda kulrang tana, rudiment qanot 41,5% da qora tana, normal qanot rivojlangan. 17% drozofila duragaylarda esa otaona organizmlar belgilari kombinatsiyalangan formalar, ya'ni 8,5% qora tanali, rudiment qanotli, 8,5% da kulrang tanali normal qanotlilar bo'lgan. Vaholanki bu ikki belgi bir biridan mustasno holda irsiylanganda hosil bo'lgan to'rt xil organizm 25% dan bo'lishi, agar belgilaming to'liq birikish bo'lganda edi bunda ikkita ota-onaga o'xshash organizmlar 50% dan xosil bo'lishi lozim edi. Shuning uchun bu hodisaga Morgan belgilarni qisman birikishi deb nom berdi.



III.2.1 – rasm
Ikkinchi tahliliy chatishtirishdan olingan 17% drozofilalar F, dagi urg'ochi pashshalarda jinsiy hujayralar hosil bo'lish davridagi meyoz bo'linishda gomologik xromosomalarning kon’yugatsiya va krossingoveri tufayli genlarning ayirboshlanishi natijasi deb baholash kerak. Gomologik xromosomalarda genlarning ayirboshlanish hodisasiga krossingover deyiladi. Krossingover natijasida ota – onaning ayrim belgilarini o'zlarida mujassamlashtirgan individlarni krossingover organizmlar deyiladi. Krossingover tufayli xosil bo'lgan organizmlami umumiy rivojlangan organizmlarga nisbatan foizi krossingover miqdori deb nomlanadi. Yuqoridagi misolimizda jami rivojlangan organizmlami 100 deb olsak, undan 17 tasi krossingover natijasida hosil bo'lgan, ya’ni krossingover miqdori 17% ni tashkil qiladi.
Masala: Drozofila pashshasining qanotlari normalligi kaltaligi ustidan, tana rangi kulrangligi qoraligi ustidan dominantlik qiladi. Bu genlar xromosomalarda to`la birikkan holda bo`ladi. Digeterozigota erkak pashsha bilan tahliliy chatishtirish o`tkazilganda, F1 avloddan necha foizi otaga ikkala belgisi bilan o`xshash bo`ladi?
Yechish. Bilamizki, tahliliy chatishtirishda, dominant belgiga ega organizmni retsessiv gomozigotali organizm bilan chatishtiriladi: va larni o`zaro chatishtiriladi. Masala shartida, genlarni to`la birikkan deyilgani uchun krossingover kuzatilmaydi.

Gametalar











F1 da erkak pashshaga o`xshash 1 ta pashsha hosil bo`ldi. Jami pashshalar 2 ta bo`lsa, 1 ta pashsha 50% ni tashkil etadi. Javob, 50%


Masala: Drozofila pashshasining qanotlari normalligi kaltaligi ustidan, tana rangi kulrangligi qoraligi ustidan dominantlik qiladi. Bu genlar xromosomalarda chala birikkan holda bo`lsa, Digeterozigota erkak pashsha bilan tahliliy chatishtirish o`tkazilganda, genlar orasidagi masofa 17 morganida bo`lsa, F1da olingan jami 100 ta organizmning nechtasi ota-onadan farq qilmaydi? F1 organizmlarining genotipini aniqlang.
Yechim: Xromosomada chala birikkan genlarda krossingover hodisasi kuzatiladi. Bunda, genlar orasidagi masofa, krossingover foiziga teng bo`ladi. Krossingover foizi deb, ota-onadan farq qiladigan organizmlarning foiziga aytiladi. Genlar orasidagi masofa morganidada hisoblanadi.
Ushbu chatishtirish quyidagicha boradi:
x

Gam.





















Aytganimizdek, genlar orasidagi masofa, ota-onadan farq qiluvchi organizmlar foiziga teng. Masalada, ota onadan farq qiluvchi organizmlar, 17% bo`lsa, qolgan 83% i ota onaga o`xshash bo`ladi. Jami 100 ta pashsha 100% bo`lsa, 83 tasi qancha bo`lishini hisoblaymiz:


100ta ---------- 100%
x------------------83% x=83 ta Javob: 83 ta pashsha ota onadan farq qilmaydi.
Masala. Makkajo‘xori urug‘ining silliq va rangli formasi bilan burushgan va rangsiz formasi chatishtirilganda 1-avlodda silliq va rangli urug‘lar hosil bo‘ldi, birinchi avlod duragaylari ikkala belgisi bo‘yicha retsessiv organizm bilan chatishtirilganda avlodda 8304 ta rangli silliq; 298 ta burushgan rangli; 304 ta silliq rangsiz; 8326 ta burushgan rangsiz urug‘li makkajo‘xori o‘simligi olingan bo‘lsa, genotipi ota-onaga o‘xshash o‘simliklar necha % ni tashkil etadi?F2 organizmlarning genotipini aniqlang.
Yechish. Masala shartidan aniqlash mumkinki, makkajo`xorining silliq(A) va rangli(B) bo`lishi, burishgan(a) va rangsiz(b)ligi ustidan dominantlik qiladi. Ushbu ma`lumotlardan foydalanib, 1-avlod ya`ni F1 ni aniqlaymiz:
x


Endi esa, olingan F1 ga retsessiv digomozigota organizmni chatishtiramiz:
x

Gam



















Bu yerda 8304 ta rangli, silliq -


8326ta rangsiz,burushgan-----
298 ta rangli,burushgan ------

304 ta silliq, rangsiz --------


formalar hosil bo`lgan. Ulardan - va ota onaga o`xshash. Jami olingan organizmlar sonini topamiz: 8304+8326+298+304=17232 ta
Ota onaga o`xshashlari soni: 8304+8326=16630 ta. Ularning foizini aniqlash uchun, proporsiya tuzamiz:
17232 ------ 100%
16630------- x x=16630*100/17232=96,5% Javob:96,5 %


Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə