Mundarija kirish I. Bob. Irsiyat qonunlari


Komplementar ta‘sir natijasida F2 da belgilarning ajralishi



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə17/26
tarix10.06.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#116491
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Maftuna

Komplementar ta‘sir natijasida F2 da belgilarning ajralishi

Organizmlar

Belgilar

F2 da ajralish nisbati

1

Xushbo‘y hidli no‘xat

Qizil gul : oq gul

9:7

2

Makkajo‘xori

Oq don : qizil don

9:7

3

Sichqonlar

Junning rangi

9:3:4

4

Piyoz

Oq : qizil : sariq

9:3:4

5

Qovoq

Meva shakllari

9:6:1

6

Xoldor to‘ti

Patning rangi

9:3:3:1

7

Tovuqlar

Tojning shakli

9:3:3:1

8

Ipak qurti

Pilla rangi

9:3:3:1

4 - jadval
Komplementar ta‘sirda belgilarning irsiylanishi

Belgi

Ikkita dominant gen ishtirokida paydo bo‘ladigan, belgi (A–B–)

Bitta dominant gen ishti-rokida paydo bo‘ladigan belgi (A–bb; aaB–)

Ikkita retsessiv gen ishtirokida paydo bo‘ladigan belgi

Odam

Ko‘rish

Yaqindan ko‘rishni yuqori darajasi

Yaqindan ko‘rishni o‘rta darajasi

Normal ko‘rish

Drozofila

Ko‘zning rangi

Ko‘zning qizil rangi

1. A–bb och qizil 2. aaB– jigarrang

Ko‘zning oq rangi

Ot

Junning

Kulrang

Qora

Malla

5 – jadval

II.II.1 – rasm
Masala: Xlorofill pigmentini sintezlashda arpa o‘simligida ikkita ferment qatnashadi.Ularning bo‘lmasligi pigment sintezining buzilishiga olib keladi. Har bir fermentning sintezi har xil autosomalarda joylashgan dominant (AvaB) genlar bilan ifodalanadi. Birinchi ferment sinteziga javobgar genning bo‘lmasligi o‘simliklarning oq rangda, ikkinchi ferment sinteziga javobgar genning bo‘lmasligi o‘simliklarning sariq rangda bo‘lishiga olibkeladi. Ushbu genning birgalikda bo‘lmasligi o‘simlikning oq rangini, birgalikda bo‘lishi yashil rangini ta‘minlaydi. Agar digeterozigotali arpalar o‘zaro chatishtirilsa , sariq o‘simliklarni e‘tiborga olmaganda, avloddagi duragaylarning necha foizi genotip bo‘yicha digomozigotali bo‘ladi?
Yechim: Dastlab fermentlarning genotip va fenotiplarini berilgan shart asosida yozibolamiz. Shartga ko‘ra, birinchi ferment A, ikkinch ferment B genlar bilan ifodalangan. Agar ular bo‘lmasa, kichik harflar a va b bilan yoziladi.
- Birinchi ferment sinteziga javobgar gen (A) bo‘lmasa , o‘simlik oq rangda, ya‘ni uning genotipi quyidagicha: aaBB (birinchi ferment yo‘q, ikkinchi ferment gomozigota holatda) yoki aa Bb (birinchi ferment yo‘q , ikkinchi ferment geterozigota holatda) bo‘ladi. - Ikkinchi ferment sinteziga javobgar gen (B) bo‘lmasa, o‘simlik sariq rangda, ya‘ni uning genotipi quyidagicha: AAbb (birinchi ferment bor, u gomozigota holatda, ikkinchi ferment yo‘q) yoki Aabb (birinchi ferment bor, u geterozigota holatda, ikkinchi ferment yo‘q) bo‘ladi. - Agar ferment sinteziga javobgar ikkala gen (A vaB ) lar bo‘lmasa, o‘simlik oq rangda bo‘ladi, ya‘ni uning genotipi quyidagicha : aabb (birinchi va ikkinchi ferment sinteziga javobgar genlar yo‘q).-Agar ferment sinteziga javobgar genlarning ikkalasi (Ava B) ham mavjud bo‘lsa, o‘simlik yashil rangda bo‘ladi, uning genotipi quyidagicha: AABB (digomozigota), AaBb (digeterozigota). AABb (birinchi ferment gomozigota, ikkinchi ferment geterozigota), AaBB ( birinch ferment geterozigota, ikkinchisi gomozigota) holatda bo‘ladi.
Masala shartiga ko‘ra digeterozigotali o‘simliklar o‘zaro chatishtirildi. Ularning fenotipi yashil, genotipi quyidagicha :
AaBb xAaB Har bir duragay 4 xil (AB,Ab,aB, ab) gameta hosil qiladi. Urug‘lanish jarayonida bitta organizm gametalari ikkinchi organizmning har bir gametalari bilan tasodifan uchrashishi mumkin. Buni Pennet katakchasiga gorizontal bo‘yicha bitta organizm gametalari, vertikal bo‘yicha katakchalarning chap tomoniga ikkinchi organizm gametalari yoziladi. Katakckchalarichiga esa gametalarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan zigotalarning genotipi yoziladi. Shu yo‘l bilan avlodda hosil bo‘lgan organizmlarni fenotip va genotip bo‘yicha hisoblab chiqish nihoyatda oson.

Gametalar X

AB

Ab

aB

Ab

AB

AABB (yashil)

AABb (yashil)

AaBB (yashil)

AaBb (yashil)

Ab

AABb (yashil)

AAbb (sariq)

AaBb (yashil)

Aabb
(sariq)

aB

AaBB (yashil)

AaBb (yashil)

aaBB
(oq)

aaBb
(oq)

ab

AaBb (yashil)

Aabb (sariq)

aaBb
(oq)

aabb
(oq)

Chatishtirish natijasida avlodda 16 ta duragay hosil bo‘ldi. Ular fenotip bo‘yicha 3 ta guruhga ajratiladi: 9 ta yashil, 3 ta sariq, 4 ta oq.


Masala shartiga ko‘ra, sariq o‘simliklarni e‘tiborga olmaymiz. Duragaylarning necha foizi genotip bo‘yicha digomjzigotali ekanini toppish uchun Pennet katakchasidan ularni ajratib olamiz: AABB (yashil), aaBB (oq), aabb (oq). Digomozigotalilar soni 3 ta ekan. Agar sariq rangli o‘simliklar e‘tiborga olinmay, qolgan o‘simliklarning sonini hisoblasak, ular 13 ta deb olinadi. Ulardan 3 tasi digomozigotali bo‘lsa, foizi quyidagicha topiladi:
13 ----------- 100%
3 x ----------- 23%

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə