Mundarija kirish I. Bob. Irsiyat qonunlari



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə3/26
tarix10.06.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#116491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Maftuna

O‘zgaruvchanlik – avlodlarning bir yoki bir qancha belgilar bilan o‘z ajdodlaridan farq qilishidir. O‘zgaruvchanlik irsiyatga teskari ko‘rinsada, lekin aslida u ham tirik organizmlarga xos xususiyatlardir (Ch.Darvin aytganidek, bir turga kiruvchi individlar ham bir-biridan farq qiladi). Umuman, yer yuzida hayotning uzluksiz davom etishi va rivojlanishi (evolyutsiyasi) tirik organizmlarning ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z navbatida ko‘payish irsiyat bilan bog‘liq. Biologik – xilma-xillik esa bevosita o‘zgaruvchanlik hosilasidir.
Genetika – tirik organizmlarning irsiyati va o‘zgaruvchanligini o‘rganadigan fan bo‘lib, grekcha “geneticos” tug‘ilish, kelib chiqish degan ma’noni anglatadi. (V.Betson, 1960-yil).
Masala ishlash uchun qo‘llaniladigan genetik belgilar

A – dominant belgi (istalgan bosh harf)
A – retsessiv belgi (istalgan bosh harifni kichigi)
AA – dominant gomozigota
Aa – geterozigota (to‘liq yoki jala dominant bo‘lishi mumkin)
aa – retsessiv gomozigota
P – ota-ona belgisi (lotincha “Parentes” – ota-ona ma’nosini beradi
x – chatishtirish belgisi
g – gameta

F – avlod belgisi (lotincha “Fili” so‘zidan olingan bo‘lib “bolalar” ma’nosini anglatadi)
F1 – birinchi avlod duragayi
F2 - ikkinchi avlod duragayi
Fb – tahliliy chatishtirish (bekkross)
- erkak organizm, ya’ni
ota (Marsning qalqoni va nayza)
♀ - urg‘ochi organizm, ya’ni ona (Venera-Zuhroning ko‘zgusi)
X – X xromosoma
Y – Y xromosoma

1 – jadval
Bir belgining (A) ikkinchi belgidan (a) ustunlik qilishi dominantlik deyiladi. Birinchi avlodda namoyon bo‘lgan belgi dominant belgi, namoyon bo‘lmagan esa retsessiv belgi deyiladi.
Gameta – bir irsiy belgiga ega bo‘lgan jinsiy hujayra.
Birinchi avlod duragaylarini dominant yoki retsessiv gomozigotali ota-onalardan birortasi bilan chatishtirish tahliliy chatishtirish yoki bekkross deb ataladi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə