Mundarija kirish I. Bob. Irsiyat qonunlari



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə4/26
tarix10.06.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#116491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Maftuna

Gomozigotali organizm – bir xil irsiy axborotni tashuvchi gametalarning o‘zaro qo‘shilishidan hosil bo‘lgan organizmlar (AA, aa).
Geterozigotali organizm – har xil irsiy axborotni tashuvchi gametalarning o‘zaro qo‘shilishidan hosil bo‘lgan organizmlar (Aa).
Allel gen – organizmning faqat bitta yo‘nalishidagi belgisini ifodalovchi genlar (A-sariq rang, B-yashil rang)
Genetikada belgilarning irsiylanishini o'rganishda keng qo 'llaniladigan metod duragaylash ya’ni muqobil belgilari bilan farqlanuvchi organizmlami chatishtirish hisoblanadi. Chex tabiatshunosi G.Mendeldan oldin ham tadqiqotchilar turli o'simlik va hayvonlarning bir-biridan belgilari bo'yicha farq qiluvchi formalarini chatishtirganlar, biroq irsiyat qonunlarini ochishga muvaffaq bo'lmadilar. Irsiyat qonunlari birinchi marotaba G.Mendel tomonidan kashf qilindi. Olim irsiyat qonunlarini duragaylash metodi asosida kashf etdi.
Quyidagi omillar Mendel muvaffaqiyatlarini ta’minlagan:
1. Chatishtirish uchun qulay bo'lgan no'xat o'simligini tanlanganligi va ular orasidan bitta, ikkita, uchta turg'un belgisi bilan farq qilgan formalarni chatishtirib duragaylar olinganligi;
2.Kelgusida har bir duragay o'simlik naslini alohida ekib, ularda otaona belgilarini qanday rivojlanganligini aniqlanganligi;
3.Duragaylarni o'z -o‘ziga chatishtirib ularning ikkinchi, uchinchi va keyingi avlodlarida ota-ona o'simliklarga o'xshash formalarni miqdorini aniqlanganligi va ularni matematik – statistik metod bilan tahlil qilinganligi;
4.Tadqiqot natijalarini xulosalab, irsiyat qonunlarini ixtiro qilinganligi.
Mendel tajribalarini birida no'xat doni rangi sariq va yashil bo'lgan o'simliklar chatishtirildi. Bitta turg'un belgisi bilan farqlanuvchi organizmlarni chatishtirishga monoduragay chatishtirish deyiladi. Chatishtirish natijasida olingan barcha duragay o'simliklar doni sariq rangda ekanligi ma’lum bo'ldi. Boshqa tajribada no'xat o'simligining guli qizil va oq formalari chatishtirilgan edi, duragaylaming guli bir xil qizil rangda ekanligi aniqlandi. Duragaylaming birinchi avlodida yuzaga chiqqan belgilami dominant (ustun), yuzaga chiqmagani esa retsessiv (yashirin) belgi deb nomlandi. Ota-ona organizmlardagi belgining duragagaylarning birinchi avlodida birining ikkinchisi ustidan dominantlik qilishi Mendel tomonidan kashf etilgan irsiyatning birinchi qonunidir. Mazkur qonunni ba’zan duragay organizmlar birinchi avlodida beigilarning bir xillik qonuni deb ham yuritiladi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə