Mundarija kirish I. Bob. Irsiyat qonunlari


Mendelning birinchi va ikkinchi qonunlari



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə5/26
tarix10.06.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#116491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Maftuna

Mendelning birinchi va ikkinchi qonunlari
Monoduragay chatishtirish
Bir-birini istisno etuvchi bir juft belgilar bilan farq qiluvchi organizmlarni duragaylash monoduragay chatishtirish deyiladi.
To‘liq dominantlik. Irsiyat qonunlarini o‘rganishni G.Mendel monoduragay chatishtirishdan, ya’ni faqat bir juft alternativ belgisi bilan farq qiluvchi ota-onalarni duragaylashdan boshladi. Sariq va yashil no‘xatlar chatishtirilganda, birinchi avlod duragaylari hammasi bir xil, ya’ni sariq rangda bo‘ladi. Bu tajribadan birinchi avlod duragaylarining bir xillik qonuni kelib chiqdi. Birinchi avlodda yuzaga chiqqan belgi dominant (lotincha “dominans”-“ustinlik qilish”) ma’nosini beradi, namoyon bo‘lmagan belgi esa retsessiv (lotincha “recessus” - “chekinish”) deb ataladi

1 – rasm
Ajralish qonuni. Mendel o‘z tajribasini davom ettirib, birinchi avlod duragaylarini o‘zaro chatishtirdi. Duragaylarning ikkinchi avlodi tekshirilganda ularning to‘rtdan uch qismi sariq donli, to‘rtdan bir qismi yashil donli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu sariq va yshil donli o‘simliklarning ikkinchi avloddagi o‘zaro nisbati 3:1 ga yaqin ekanligini ko‘rsatdi. Bu esa Mendelning ikkinchi qonuni ajralish qonunini yuzaga keltirdi.

2-rasim
Tahliliy chatishtirish
Mendel irsiyatni o‘rganishda duragaylarni tahliliy chatishtirish usuli bilan organizmlarning gomozigotali yoki geterozigotali ekanligini aniqlash mumkinligini ko‘rsatib bera oldi. U tajribasida genotipi aniqlanishi zarur bo‘lgan organizm bilan gomozigota retsessiv individni chatishtirdi.

Agar dominant individ gomozigotali bo‘lsa, bunday chatishtirishda ajralish sodir bo‘lmaydi. F1 duragaylarda ajralish sodir bo‘lmaydi. F1 duragaylarda bir xil bo‘ladi. Agar dominant shakllar geterozigota bo‘lsa, u holda;

Bunda ajralish ham genotip, ham fenotip jihatdan 1:1 nisbatda bo‘ladi. Demak, tekshirilayotgan individ ikki juft belgisi bilan farqlansa, u holda;
P ♀ AaBb x ♂ aabb

♂ ♀

AB

Ab

aB

ab

ab

AaBb

Aabb

aaBb

aabb

Avlodda 4 xil fenotip 1:1:1:1 nisbatda bo‘ladi, ya’ni ularning har biri 25:25:25:25 foizga to‘g‘ri keladi.


Mendel monoduragay chatishtirish natijalarini tahlil qilgan holda birinchi avlodda retsessiv belgini namoyon bo‘lmasligini, lekin F2 da dominant belgili organizmlar bilan bir qatorda retsessiv belgili organizmlar qayta hosil bo’lishiga e’tibor berdi. U bu hodisani sababini tushuntirish uchun gametalar sofligi farazini ilgari surdi.
Gomozigota organizmdan har doim bir xil gameta hosil bo‘ladi. Maslan, makkajo‘xorining tuxum hujayrasida 10 ta dominant (A) belgili xromosomalar bor. Spermiyda ham shunday (10 ta A). Agar ular qo‘shilsa makkajo‘xori tanasining barcha hujayralarda 20 ta A belgiga ega xromosomalar mavjud bo‘ladi. Retsessiv belgi ham xuddi shunday namoyon bo‘ladi, ya’ni tuxum hujayra 10 ta A + spermiy + 10 ta A = 20 ta A. Xromosomalar juft ekanligini hisobga olsak, 10 juft AA yoki 10 juft aa bo‘adi.
Gomozigota organizmlardan bir xil gametalar chiqadi:
AA=A, aa=a, AABB=AB, AABBCC=ABC
Gomozigota organizmda aksincha, har bir geterozigota belgidan 2 xil gameta chiqadi:
Aa = A+a
AaBb – bu zigotada ikkta geterozigota belgi borligini hisobga olsak, 4 xil gameta chiqadi, ya’ni AB, Ab, ab, ab.
Organizm bir nechta belgiga ega bo‘ladi, barcha belgilardan gametalar hosil bo‘lishini topish uchun gametalar olishning usullarini bilish zarur.


Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə