Mundarija kirish I. Bob. Irsiyat qonunlari



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə7/26
tarix10.06.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#116491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Maftuna

4 – masala. Agar organizm ikki belgisi bo‘yicha dominant gomozigota, uchinchi belgisi bo‘yicha geterozigota bo‘lsa organizm genotipini aniqlang.
Yechilishi: Dominanat belgi A bilan gomozigota hoatida AA bo‘ladi. Demak masala shartiga ko‘ra, birinchi belgisi bo‘yicha A, ikkinchi belgisi bo‘yicha B, ya’ni AB, uchunchi belgi bo‘yicha dominant D va retsessiv d bilan belgilansa, organizm genotipi quydagicha bo‘ladi: AABBDd
5 – masala. AaBbCc genotipli organizm necha xil gameta xosil qiladi va o’zoro chatishtirilganda jami nechta organizm hosil bo’ladi.
Yechilish usuli.



Chala dominantlik
G.Mendel tomonidan o‘tkazilgan bu tajriba bir belgi ikkinchi belgi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Ammo organizm belgilarining irsiylanishida to‘liqsiz dominantlik hodisasi ham uchraydi. Ingliz olimi U Betson o‘z tajribalaridan birida qora (AA) va oq (aa) patlarga egatovuq zotlarini o‘zaro chatishtirdi. Olingan F1 avlod (Aa) ning hammasi havorangli patga ega bo‘lgan, F2 da esa duragaylar uch xil fenotipik sinfga ajralish yuzga kelgan, ya’ni 1/4 qismi qora, 2/4 qismi havorang, 1/4 qismi oq bo‘lgan. Genotipik va fenotipik ajralishnisbati 1:2:1 bo‘lgan.
G‘o‘zada tolaning rangi (qo‘ng‘ir – AA, novvotrang – Aa, oq - aa), namozshomgulda gultojibarglarning rangi (qizil –AA, pushti – Aa, oq - aa), odamlarda soch tolasining (jingalak – AA, taram-taram – Aa, silliq - aa) irsiylanishi oraliq xarakterga ega.



3 – rasm
Kodominantlik
Somatik hujayralarda ikktadan allel genlar bo‘ladi: ular ota-onadan o‘tgan. Ko‘p allellikda bunday genlar “xillari” bitta populatsiyaga mansub bir xil organizmlarda ota-onadan qaysi genlar o‘tganligiga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, odamda qon guruhi uchta allel (A, B, O) ga ega bo‘lgan gen bilan belgilanadi. Bunda A va B – dominant allellar, O esa retsessiv allel. Shunday qilib, odamlarda bu allellarning quydagi kombinatsiyalari uchraydi: OO –birinchi, AA va AO – ikkinchi, BB va BO – uchinchi, AB – to‘rtinchi qon guruhi. Allel genlarning birgalikda biror belgining rivojlanishiga bunday ta’sir kodominatlik deyiladi.
I qon guruhi - JOJO
II qon guruhi – JAJA, JAJO
III qon guruhi – JBJB, JBJO
IV qon guruhi – JAJB

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə