Mundarija kirish I. Bob. Irsiyat qonunlari



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə24/26
tarix10.06.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#116491
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Maftuna

1-tajriba. Ikkita har xil genotipga ega bo'lgan yumaloq shaklli oshqovoqlar o'zaro chatishtirilib, F1, dagardishsimon qovoqlar olindi. F2 bo‘g‘inda 430 ta o'simlik gardishsimon, 300 ta o'simlik yumaloq va 60 tasi uzunchoq mevali bo'lib chiqdi. F2 bo‘g‘inda olingan uzunchoq mevali o'simliklarning genotipi qanday bo'lgan?
Ushbu masalada F2 da jami 780 ta avlod hosil bo‘ladi. 430 ta gardishsimon shaklli oshqovoq, 300 ta yumaloq shaklli oshqovoq, 60 ta uzunchoq shaklli oshqovoqlar hosil bo‘ldi. Tajribada jami 780 ta o‘simlik olindi, bunday holatlarda kutilgan nisbat grafasini to‘ldirganda 430 raqamining ostiga 9; 300 raqamining ostiga 6, 60 raqamining ostiga 1 deb yoziladi. Chunki AABB x aabb genotipli organizmlar o‘zaro chatishtirilganda F1 da AaBb genotipli avlod hosil bo‘ladi, F2 da olingan avlodlar soni esa jami 16 ta bo‘ladi va fenotip bo‘yicha 9;6;1 nisbatda, genotip bo‘yicha esa 1;2;1;2;4;2;1;2;1: ko‘rinishdagi genotipik nisbat (1;2;1)2 nisbatda ajralish ro‘y beradi.
Barcha organizmlar F2 da 780 ta bo‘lsa, nazariy jihatdan kutilgan ajralish 439 ta gardishsimon shaklli oshqovoq, 292 ta yumaloq shaklli oshqovoq, 49 ta uzunchoq shaklli oshqovoqlar hosil bo‘ldi. Endi jadvalning yana bir qator pastiga tajribada olingan natija va nazariy jihatdan kutilgan natija orasidagi farq d=p-q yoziladi.
Kuzatishimiz natijasida, u 430-439=-9; 300-292=+8; 60-49=+11; ga teng. D qiymatining ishoralarini tenglashtirish uchun kvadratga ko‘taramiz. Tajriba davomida d2 81; 64; 121 hosil bo‘ladi. (x2 ni aniqlash uchun har bir fenotipik sinf bo‘yicha chiqqan d2 ni nazariy jihatdan kutilgan fenotipik ma’lumotga (q) taqsimlaymiz. Keltirilgan misolda 81:439=0,1845; 64:292=0,2192; 121:49=2,47 hosil bo‘ladi. x2 ni aniqlash uchun olingan barcha natijalar qo‘shib hisoblab chiqiladi, 0,1845+0,2192+2,47=2,8737 olingan ma’lumotlami jamlab chiqsak, u holda x2=2,2066 hosil bo‘lishini ko‘ramiz
10 – jadval

x2 metodining mohiyati shundan iboratki, uning yordamida kuzatilgan va kutilgan natijalar orasidagi farq tasodifiy yoki muqarrar ekanligini aniqlash mumkin bo‘ladi. bu r.fisher jadvali yordamida amalga oshiriladi (11-jadval). jadvalning chap tomonida vertikal ustunda ozodlik darajalari , yuqorida gorizontal bo‘yicha turli ehtimolliklar ko‘rsatilgan.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə