Мундарижа



Yüklə 164,6 Kb.
səhifə3/4
tarix06.05.2018
ölçüsü164,6 Kb.
#41655
1   2   3   4

10 – 11 yoshdagi bolalarda: kattaga hurmat, kichikka izzat, qayg’urish, mehr, yordamga tayyorlik, mehnatdan qochmaslik, qariyalarga yordam berish, rahmdillik, ko’ngli ochiqlik kabi fazilatlarni tarbiyalashga urg’u berish;

  • 12 - 13 yoshdagi bolalarda: yuqoridagi fazilatlar qatorida bolalarning bir-birini anglash va tushunishga harakat qilish qo’nikmalari, boshqa odamning qarashi va nuqtai nazarini eshitish va anglash, uni qabul qilishga urinish, konflikt vaziyatlarni tahlil qila bilish va ulardan chiqib ketish usullarini bilish, boshqa millat, elat va xalqlar madaniyati, urf-odati, kundalik turmushiga qiziqishni kuchaytirish, ular haqida ma’lumotlarni yig’ish, turli madaniy tadbirlarda faol ishtirok etish;

  • 14 - 15 yoshdagi bolalarda: yuqoridagi fazilatlar bilan bir qatorda bolaning faol shaxsiy nuqtai nazarini shakllantirish, millatlar va madaniyatlar rang-barangligini qabul qilish, turli xildagi odamlar va madaniyatlar ichida yashashni o’rganish, o’zining huquq va majburiyatlariga qo’shimcha ravishda boshqalarning ham huquq va majburiyatlari borligini anglash, o’zga millat vakili bilan muloqot qila olish qobiliyatini shakllantirish, bolani murakkab tuzilishli dunyoda faol yashashga amaliy jihatdan o’rgatish.

    Shunday qilib, tadqiqotda yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning pedagogik mazmuni, uning o’ziga xos tomonlari, tuzilishi va amal qilish xususiyatlari ishlab chiqildi hamda tajriba-sinov jarayonida sinovdan o’tkazildi.

    b) oilada yoshlarda tolerantlikni shakllantirishning samarali shakl va metodlari

    Oilada o’smir yoshdagi bolalar bilan o’tkaziladigan tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishning eng maqbul yo’li bu – mana shu tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish va takomillashtirishda inson va inson shaxsiyatiga bo’lgan e’tiborni kuchaytirish hisoblanadi. Aynan oila inson shaxsiyatini shakllantirishda bosh va ilk bosqich bo’lar ekan, oila muhiti insonning turli fazilatlarini yuzaga keltiruvchi, shakllantiruvchi, birinchi tajribadan o’tkazuvchi, hamda oxir oqibat shaxsning ijtimoiyligini ta’minlab beruvchi institut hisoblanadi. Butun dunyo bo’yicha o’tkazilgan va o’tkazalayotgan turli pedagogik va psixologik tadqiqotlarning ilmiy natijasi oila institutining ijtimoiy barqarorligini vujudga keltirish va uning ta’minlashdagi rolini juda yuqori baholaydi. Oilaviy muhit negativ ijtimoiy hodisalarning oldini olishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Demak, shaxsning psixologik va jismoniy sog’lomligi oiladagi sog’lom muhit bilan chambarchas aloqadordir.

    Oilada yoshlarda tolerantlikni shakllantirish oila muhitida ochiqlik, ishonch, tenglik, muloyimlik, samimiylikni talab etadi. Biz tadqiqot doirasida oila a’zolari o’rtasidagi mana shunday ishonch va bir-birini anglash muhitini shakllantirish jarayonida ikki bosh metodning mavjudligini aniqladik. Ular:


    1. Tolerantlik obyektini adekvat interpretasiyalash metodi. Interpretasiya – ro’baro’ muloqot obyektlarining bir-birlarining hatti harakatlari va so’zlarini mutanosib, to’g’ri talqin qilish bo’lib, agar ro’baro’ obyektlar o’zaro tolerantlik asosida bir-birlarini interpretasiya, ya’ni talqin qilsalar, ular o’rtasidagi ishonch va anglash ham ortib boradi. Bunda talqin obyekti rolini ham pedagog, bizning dissertasiyamizda – ota-ona, ham tarbiyalanuvchi, bizning tadqiqotimizda – o’smir bola, o’ynashi va ijro etishi mumkin. Pedagog avvalo o’z tarbiyalash obyekti, ya’ni o’z farzandida uning o’ziga xosligi, uning qarashlari va fikrini hurmat bilan qabul qilishi lozim bo’ladi. Bolaning individuallligini tanimasdan turib, uni qabul qilmasdan turib, ishonch vaziyatini shakllantirib bo’lmaydi. Shu bilan birga, farzand, o’z individuallligini ko’rsatish bilan birga, uning individualligida mavjud bo’lgan tolerantlik xususiyatlaridan o’z oilasi, yaqinlari, atrofdagilar, jumladan ota va onasining hayoti tinch va osudalikda, baxt va ma’naviy butunlikda o’tishini anglab yetmog’i zarur bo’ladi. Shu bois, farzandning tolerant axloqi bola uchun ham subyektiv, ham obyektiv, ya’ni ijtimoiy mazmun kasb etadi.

    2. Tolerantlik mazmunini to’laqonli shakllantirish metodi. Mazkur usullar pedagogga tolerantlikning barcha xususiyatlarini ilmiy, tarixiy, real sharoit va oilaviy muhit tarkibida shakllantirish uchun imkon yaratadi. Pedagog eng avvalo ota-ona intuisiyasi, hayotiy tajribasi, o’z bilimi, bolani tarbiyalashdagi ijodiyligi va ishtiyoqi, juda katta xohishi va istagi, emosional bola xissiyotlari bilan aloqadorligini ishga solgan holda bolaning ichki olamini anglashga muvaffaq bo’ladi, uning qadriyatlarini koordinasiya qiladi, uning xissiyotlarini tartiblashtiradi, emosional o’sishini ta’minlaydi.

    Mazkur jarayonlar bir odamning ikkinchi odam bilan bo’ladigan xissiy-emosional munosabatlarini tartiblashtirish bilan aloqador bo’lib, bir insonning ikkinchisiga bo’lgan kuchli aloqadorligi, ular bog’liqligi negizida vujudga keltiriladi. Shu bois bu jarayon dialog, muloqot, hamjihatlik asosida bunyod etiladi. Oilada yoshlarda tolerantlikni shakllantirish jarayoni unda qo’llaniladigan usullar va shakllar nuqtai nazaridan ham o’ziga xos jarayon hisoblanadi. Chunki oilada bola tafakkurini mutanosib va maqsadli shakllantirishda an’anaviy o’quv jarayoni, darslar, seminar va treninglardan foydalanib bo’lmaydi.

    Oilada tolerantlik tafakkurini shakllantirishda quyidagi pedagogik shakllar: oilaviy an’analar, kattalar ibrati va nasihati, OAV ta’siri va tarbiyaviy roli, kitob mutoala qilish, muammolarni ochiq muhokama qilish, birgalikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish, madaniyat dargohlarini ziyorat qilish, islom omilidan to’g’ri foydalanish, islom ziyoratgohlariga safar qilish, o’z vatanining tarixiy obidalarini bilish va ularni o’z ko’zi bilan ko’rish, oilaviy tadbirlarni tashkillashtirish va uyushtirish, oilaviy urf-odatlarga amal qilish, yangi oilaviy an’analarni ishlab chiqish, har insonning har qanday hatti harakatlarini neytral va to’g’ri munosabat bildira olish, tanqidiy tafakkur, mahalla ta’siri, mahalla tadbirlarida ishtirok etish kabilardan unumli foydalanish asosida amaliy natijalarga erishish mumkin bo’ladi.

    Oiladagi tolerantlik bolani quyidagi amallarga o’rgatadi:


    • O’z o’zini psixologik diagnostika qilish, o’z qobiliyatlarini o’stirish;

    • O’z shaxsiyatining yutuq va kamchiliklarini ochiq ko’rishga o’rgatish, o’z zimmasiga mas’uliyat olishni o’rgatish;

    • O’z shaxsiyatining pozitiv tomonlarini rivojlantirish, o’zi shaxsini bunyodkorlikka undash;

    • O’ziga nisbatan tolerantlik bilan o’zgalarga nisbatan tolerantlikning o’zaro bog’liqligini anglab yetish;

    • O’zga odamlarni anglash, ular muammolarini tushunish, o’zgalarga va yaqin odamlarga ko’makka tayyorlikni, ijtimoiy faollikni tarbiyalash.

    Tadqiqot davrida tajriba-sinov maydonlarida, ya’ni oilalarning o’zida, shuningdek umumiy o’rta maktablarda o’smir yoshdagi bolalar tolerantligini shakllantirish maqsadida quyidagi pedagogik tadbirlar o’tkazildi:



    1. Mening oilam – mening qo’rg’onim” tadbirini o’tkazish. Bu tadbirda bola uchun uning oilasi nimani bildiradi, shu maqsadga bola tafakkurini yo’naltirish bilan bola taqdiridagi oila o’rnini aniqlash. Bolani maxsus savolnomalarga javob berdirish orqali oilasining bola tarbiyasidagi roli va ahamiyatini belgilab olish. Masalan, “Mening kiyimlarimni kim olib beradi?”, “Mening ovqatlarimni kim qilib beradi?”, “Mening yo’lkiramni kim to’laydi?”, “Men oila uchun nima vazifalarni bajara olaman?”, “Men qanday qilib oilamga o’z minnatdorchiligimni bildirishim mumkin?”.

    Tadbirdan maqsad: bolani o’z oilasini qadrlashga, oilaviy vazifalarni uddalashga, oilasi ravnaqi uchun qayg’urishga o’rgatish.

    Tadbir natijasi: oilada bolaning o’z vazifalari paydo bo’ladi va bola o’z oilasiga yordam berganligi xissi bilan o’sadi va tarbiyalanadi.

    1. Oilam va uning rang-barangligi” tadbirini o’tkazish. Tadbir “Men o’z oilam to’g’risida nimalarni bilamanu, nimalarni bilmayman” shiori ostida o’tkaziladi. Mazkur tadbirda bolalarni “Oila shajarasi”ni qurishga undaladi. Oila shajarasi orqali bolaning bobo va buvilari, katta bobo va buvilari, amma-xolalari, amaki-tog’alari, ularning har birining xarakteri qandayligi, ularning qaylarda ishlashlari kabi savollarga javob izlashga o’rgatiladi. Bolaning o’z oilasini katta makon va kichik makonda ko’rishga o’rgatiladi.

    Tadbirdan maqsad: bolani o’z oilasi tarixini bilish, avlodlar ishlari bilan qiziqish, o’tganlarni ruhini eslash, ularga hurmat va izzat bilan munosabatda bo’lish, barcha mavjud qarindoshlarini yaxshi bilishga o’rgatish.

    Tadbir natijasi: bolaning o’z oilasini to’la idrok etishiga imkon yaratiladi, bola o’z oilasi tarixini yaxshi bilib oladi, bolada oilasidan g’ururlanish xissi paydo bo’ladi.

    1. Oilamga ochiq murojaat xat” tadbirini o’tkazish. Tadbirda bolaning o’z oilasi ravnaqi va kelajagi borasidagi orzu va xavaslarini bayon qilinishiga erishish. Bola kim bo’lmoqchi, qayerlarda ishlamoqchi, buning uchun unga kimlarning yordami kerak, shu bilan birga bola kimlarda ko’makka kelmoqchi, kimlar uning fikriga ko’ra oilasi va oilasidan tashqarida yordamga muhtoj v.b. Murojaat xatni ota-onalar davrisida muhokama qilinadi, muhokama davrida xuddi shunday ota-onalarning ham orzu va xavaslari bolalarga oshkora etiladi.

    Tadbirdan maqsad: bolani o’z fikr va o’ylarini o’z ota va onasiga ochiq bayon qilishga o’rgatish, oilada hamkorlik va o’zgalar fikriga quloq tutishga o’rgatish, oilada fikr almashish muhitini shakllantirish.

    Tadbir natijasi: bolada o’z ota va onasiga ishonch tuyg’usi shakllantiriladi, bola o’z xavaslarini nazorat qilishga, ularni tahlil qilishga o’rganadi, shu bilan birga bola va ota-ona o’rtasida fikr almashish va bir-birini adekvat anglash muhiti yaratiladi.

    1. Men tolerantlikni qanday tushunaman” tadbirini o’tkazish. Mazkur tadbirni ham ota-onalar, ham bolalar, ham oila tasarrufida, ham oiladan tashqari, ya’ni maktablarda o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Chunki aynan tolerantlik mazmunini to’laqonli tushunish va anglab yetish uchun mazkur tadbirning ahamiyati juda katta. Ko’pchilik hollarda oilalarda mazkur tushunchaning mazmunini anglash yetarli darajada bo’lmay, mazkur tadbirdan so’ng oilalardagi bilim va malaka darajalari keskin oshganligi seziladi. Tadbirni savol-javob, viktorina, guruhli o’yin, intervyu kabi shakllarda o’tkazish mumkin.

    Tadbirdan maqsad: bolani tolerantlik borasidagi bilim va malakalarga egallashga rag’batlantirish, oilaning tolerantlik borasidagi bilim darajalarini kuchaytirish, ta’lim jarayonini maqsadli olib borilishiga erishish.

    Tadbir natijasi: bolada tolerant bo’lishga ichki qiziqish uyg’otiladi, tolerant bo’lish zarur ekanligini anglatiladi, oilada tolerantlikdan kelib chiqadigan tinch va osuda hayotni qadrlash, shu bilan birga barcha boshqa insonlarga nisbatan ham tolerantlik tamoyillariga amal qilish tarbiyalanadi.

    Mana shunday tartibda oilada, maktabda, turli nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Fuqarolik bayrami”ni tashkil qilish, “Mening oilam yangi an’analari”, “Men kimman, va kimga kerakman”, “Diniy ekstremizm tahdidi”, “Diniy e’tiqod nima?”, “Mening hayotimda diniy e’tiqod o’rni?”, “Men nima uchun ro’za tutdim”, “Oiladagi majburiyatlar”, “Gunoh ishlar chin insonga yarashmaydi”, “Men va jamiyat: birgalikda kelajak sari”, “Mening ijtimoiy majburiyatlarim”, “Men – fuqaro bo’lganimda”, “Ona vatanim – jonu tanim» kabi tadbirlarni tashkillashtirish tolerantlikni shakllantirishda samarali vositalardan hisoblanadi.

    Yoshlar bilan o’tkazilgan savolnomalarda bolalar oiladagi majburiyatlar, oilaviy an’analar, oilada kimning xo’jayin ekanligi borasidagi savollarga shunday javoblar berganlar:

    “Oilamizda onam ko’proq oilaga e’tibor qaratadi. Chunki onam har doim ovqat pishiradi, har xil narsalarni ko’tarib olib keladi. Onam ko’proq uyda bo’ladi. Shuning uchun opam bizlardan ko’ra oilani yaxshi biladi. Davlatda esa hamma haqida o’ylaydigan odam bu – prezident hisoblanadi”.

    “Ba’zan ota-onamni hafa qiladigan ishlar qilaman. Ammo hyech qachon uzr so’ramaganman. Ular ham uzr so’rashga majbur qilishmagan. Ular meni yaxshi ko’radi. Men ham ularni shuning uchun yaxshi ko’raman”.

    “Men katta bo’lib, dada bo’lganimda, hyech qachon bolalarimni urmayman. Bolalarni urilsa, ular o’z dadasidan qo’rqadigan bo’ladi. Men bolalarimni mendan qo’rqishini istamayman”.

    “Agar mening pullarim juda ko’p bo’lsa, hamma bolalarga koka-kola olib bergan bo’lardim. Oyimga ko’p kiyim, dadamga mashina olib berardim. Akamni o’qishga kiritib qo’yardim”.

    “Men dadam bilan oyimga har doim “xo’p” bo’ladi deyishim shart. Agar bu narsa menga yoqmasa ham. Dadam bilan oyim mendan sen nimani istaysan, deb so’rashmagan. Har doim o’zlari hal qilishadi, nimani kiyaman, nimani yeyishni xoxlayman. Ko’pincha, pul yo’q, deyishadi”.

    “Men yangi yil bayramlarini yaxshi ko’raman. Bayramlarda dadam ham, oyim ham mehribon bo’lib qolishadi. Ko’p turli shirin ovqatlar pishiriladi. Hamma yig’iladi. Birga televizor ko’ramiz. Qarindoshlar keladi. O’yinga tushishadi. Hammaga yaxshi bo’ladi.”

    “Men ota-onam so’zlarini bo’lmayman, ammo meni gapirtirishga qo’yishmaydi. Sen nimani bilarding, deyishadi. Mening fikrim ular uchun qiziqarli emas.”

    “Biror ayb ish qilib qo’ysam, dadam meni jazolaydi. Sanksiyalar beradi. Pul bermay qo’yadi, ko’chaga chiqarmaydi, telefonni olib qo’yadi, bolalar bilan gaplashishga qo’ymaydi. Darslarni qilishga majbul qiladi. Men hafa bo’lib ketaman. Mening huquqim qani?! Ammo ularni baribir yaxshi ko’raman”.

    “Men ota-onamni adolatli deya olmayman. Chunki judayam ko’p urishishadi. Urishish – tarbiyalash deb tushunishadi. Ko’pincha nohaq urishishadi. Nima bo’lganini bilmay turib, baqirib ketishaveradi.”

    Oilada yoshdlar tolerantligi shakllantirishda darsdan tashqari faoliyatdan unumli foydalanish yaxshi natijalar beradi. Darsdan tashqari faoliyat jarayoniga muzeylarni va muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish, birgalikda toqqa chiqish, sumalak pishirish, xudoyi qilish tarbirlaridan foydalanish, audio va video materiallar, kinolentalarni birgalikda ko’rish va muhokama qilish, har bir farzandga individual yondashuvni tashkil qilish pedagogik jarayon samaradorligini oshiradi.

    Shunday qilib, oilada yoshlarning tolerantlik tafakkurini shakllantirishning o’ziga xos mazmuni, samarali shakl va metodlari mavjud bo’lib, ularni mutanosib ravishda tanlab, oilaga hayotiga joriy qilinganda, bola tarbiyasining samaradorligi ta’minlanadi.



      1. 2.2.Bolalarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishda maktab, oila va mahalla hamkorligining pedagogik shart-sharoitlari

    Yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, ya’ni oila, maktab, nodavlat tashkilotlari hamkorligining ta’minlanishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki xuddi mana shunday tartibda ta’lim jarayoni tashkil qilinganda bolada bilim olish uchun ham, bilimlarni sinab, tajribadan o’tkazish uchun ham, bilimlarni o’zgalarga ko’rsatish uchun ham, bilimlarni hayotiy norma va axloqiy misollar bilan tasdiqlab olish uchun zarur pedagogik poligon yaratilgan bo’ladi. Mazkur hamkorlik pedagogik jarayonning uzviyligi, bir biriga aloqadorligi, bir birini to’ldirishi uchun juda katta imkon yaratadi. Bola oilada olgan bilimlarini, maktabda olgan bilimlar bilan to’ldirib boradi. So’ngra nodavlat tizimlaridagi tashkil qilingan turli tadbirlar orqali, ularni tasdiqlaydi, hayotiy misollar bilan insonlar taqdirida o’z bilimlarining nechog’li zarur ekanligiga iqror bo’ladi.

    O’zbek xalqi milliy qadriyatlari tizimida mahalla o’ziga xos o’rin tutadi. O’zbek xalqi “Mahalla – ham onang, ham otang” deb bejiz aytmagan. Mahalla tizimi ko’pchilik hollarda oilalarni inqirozlardan asrab qoluvchi vosita hisoblanadi.

    Oilada yoshlar tolerantligini shakllantirishda ta’lim va tarbiya jarayonining uzluksizligi, davomiyligi, maqsadli tashkil qilinishi, kompleksliligi, oilaviy ta’limning maktab ta’limi jarayoniga integrasiya qilinganligi, oila ichida va oiladan tashqarida tolerantlik muhitining mavjudligi kabi omillarga aloqador tarzda rivojlantiriladi. Bu jarayonda tolerantlik fazilatlarini shakllantirish oila tizimi va maktab ta’limi tizimiga mutanosib tarzda, ta’lim jarayoni xususiyatlari va metodlarini nazarga olgan holda, ularning bir-birinining mazmunini to’ldirishini hisobga olgan holda tashkillantirilishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Mahalla orqali esa bola turli inqirozli vaziyatlar yechimini ko’radi, mahalladagi tadbirlar orqali bolaning ilmiy bilimlari rang-barang hayotiy voqyealar bilan boyitiladi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, oila, maktab va mahalla tizimlari o’rtasida tolerantlik mazmunining turli qirralarini shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Demak, oiladagi tolerantlik xususiyatlarining shakllantirilishi uning umumiy ilmiy mazmunining oila ta’limi, maktab ta’limi va mahalla ta’limi jarayonlari uchun mutanosib va maqsadli tarzda bo’linishi hisobiga differensiasiya qilinadi.

    Yoshlar tolerantligini shakllantirishda oila, maktab va mahallada hamkorligiga o’zbek millatining o’ziga xos milliy qadriyatlari asosida hamda maxsus dasturlar asosida tashkillashtirilishi juda katta pedagogik samaralar asosi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Shu bois, tadqiqotda o’smir yoshdagi bolalarning oila, maktab va mahalla hamkorligidagi milliy va umumbashariy omillarini nazarda tutgan holdagi tarbiyaviy modeli taklif qilindi. Mazkur model o’smir yoshdagi bolalar tolerantligini shakllantirishda pedagogik maqsadning yoshlarga qaratilgan davlat siyosati va yoshlarni oilaga tayyorlash maqsadlari bilan uzviy bog’lashga imkon yaratdi.

    Yoshlar tolerantligini shakllantirishda oila, maktab va mahalla hamkorligi yoshlarda quyidagi sifatlarni tarbiyalashga qaratildi: oilaga muqaddas va mas’uliyatli munosabat, oilani e’zozlash, ma’naviy barkamollik, tolerantlik asosidagi axloq normalari, oilada o’zaro munosabatlar va muloqot madaniyati, tashabbuskorlik, faollik, ijodkorlik, tibbiy va ma’naviy sog’lomlik, jismoniy va ruhiy barkamollik, yetakchilik va tadbirkorlik, o’zaro muhabbat, adolat, insonparvarlik, insoniylik, to’g’rilik, kamtarlik, samimiylik, ota-onaga hurmat, mehr-muruvvat, sahovat, bag’rikenglik, sadoqat, vafodorlik, gunoh ishlardan qochish, sabr-toqat, o’z va’dasi ustidan chiqish, ilmli bo’lish, iffat, rostgo’ylik, pokizalik, halollik, himmat va bardoshlilik, xushxulqlilik, shukr, hayo, tejamkorlik, halimlik, viqor, rahm-shavqat va shukronalik.

    Yoshlar tolerantligini shakllantirishda quyidagi tarbiyaviy vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi aniqlandi:

    a) oiladagi tolerantlik shaxsiy tolerantlik va jamiyatdagi tolerantlik jarayonlariga qanday ta’sir ko’rsatishini keng va amaliy misollar bilan tushuntirish;

    b) atoqli kishilar, allomalar, badiiy asarlar va kino filmlar qahramonlari hayotidan olingan dalillar orqali tolerantlik g’oyalarini targ’ib qilish;

    v) xalq og’zaki ijodi namunalari, milliy qadriyatlar tizimi va islom dini, boshqa dinlar tarixida tolerantlik bo’yicha bildirilgan fikrlarni tushuntirish va targ’ib qilish;

    g) oilaviy udumlar va an’analar tizimida tolerantlik g’oyalarini bolalar tafakkuriga singdirish, ularning tolerantligini kuchaytirish va takomillashtirish;

    d) ota-onalarning tolerantlik borasidagi bilim va malakalarini kuchaytirish, ular uchun mahallada maxsus seminar-treninglar tashkil qilish.

    Mahalla tizimi orqali oila va bolalar tolerantligini shakllantirishda maxsus dasturlar va ish rejasi orqali faoliyat yurgizish, faoliyat doirasiga seminarlar, treninglar, davra suhbatlari, o’zaro muloqotlar, mutaxassislar bilan maxsus uchrashuvlar, ibratli oilalar targ’iboti, ko’rik tanlovlar o’tkazish, anketa-so’rovnomalar asosida aholi qatlamlari ichidagi ijtimoiy muammolarni aniqlash kabi shakllar samarali natijalarni beradi. Mahalla bunday tadbirlarni o’tkazishda jamoa orasidagi qiziqishni va ixtiyoriy tarzdagi manfaatdorlikni hisobga olishi zarur bo’ladi. Mana shunday tarzda oila, maktab va mahalla hamkorligi o’rnatilganda pedagogik ish faoliyatining samaradorligi oshiriladi. Shu bois, maktab va mahalla tizimi orqali oiladagi o’smir yoshdagi bolalar tolerantligini shakllantirish faoliyatini quyidagi individual va ommaviy tadbirlar orqali olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi: - ommaviy tadbirlar; - guruhlar bilan ishlash; - yakka tartibda ishlash; - oilalar bilan maxsus ishlash.

    Yoshlar tolerantligini shakllantirishda diniy omil, din va davlat munosabatlarini to’g’ri va mutanosib anglatishni nazarda tutadi, shuningdek, sof diniy aqidalar tarkibidagi insonparvarlik omillarini o’z mazmuniga qamrab oladi. Diniy aqidaparastlikning qoralanishi va inkor etilishi yuqorida ko’rsatilgan ikki jihat: din va davlat munosabatlari va sof diniy aqidalar nuqtai nazaridan ham zamonaviy talabga javob berishini yoshlarga kengroq tushuntirilishini talab etadi. Ana shu ikki jihatni aloqadorlikda va bir-birini to’ldirish asosida yoshlar ongiga singdirish yoshlar tafakkurini dunyoviylik va tolerantlik asosiga qurish imkoniyatini yaratadi.

    Diniy marosim va urf-odatlar mazmunini to’g’ri anglash, ularning qaysi birlari odat, qaysilari farz ekanligini bilish, amri ma’ruf, mavlud, aqiqalar, motam marosimlari bilan bog’liq an’analarni o’tkazishga qo’yiladigan sog’lom islom talablarni qabul qilish, umuman islom diniga bo’lgan munosabatni dunyoviylik asosida talqin qilish kabi masalalar ham oiladan tashqarida maktab tizimi va mahalla tizimi orqali o’smir yoshdagi bolalar ongida shakllantirilishi lozim.

    Mahalla va maktab hamkorligi asosida “Islom tarixi to’garagi”, “Kitobxonlar oilasi”, “Siz so’rang, biz javob beramiz” qutichalari, “Eng ma’rifatli va bilag’on imom xatib” tanlovlari, “Mahalla – tolerantlik o’chog’i”, “Mahalla demokratiya darsxonasi”, “Ma’naviy va ma’rifiy, mafkuraviy sog’lom inson”, “E’tiqod erkinligi”, “Diniy bag’rikenglik va totuvlik asoslari”, “Buzg’unchi va yot g’oyalardan o’zini asrash, sog’lom mafkuraviy g’oyalar tizimi”, “Yoshlarga qaratilgan turli tahdidlardan asrash ko’nikmalarini targ’ib qilish”, “Yoshlar zararli odatlarlarga qarshi” va boshqa turli tadbirlarni o’tkazish juda katta ahamiyat kasb etadi.

    Tolerantlik na faqat inson faoliyati bilan, balki inson tafakkuri va ongi, uning yashash tarziga bo’lgan munosabati va mentaliteti, o’z hayot tarziga bo’lgan munosabati, inson ma’naviyatining bir qirrasi bilan aloqador bo’lgan empirik-psixologik jarayon hisoblanadi. Shu bois, tolerantlik targ’iboti na faqat oila, maktab va mahallaning, yoki muayyan individning, balki butun jamiyatning munosabati va faollik darajasiga aloqadordir.

    Shunday qilib, oilada yoshlar tolerantligini shakllantirish o’ziga xos pedagogik jarayon bo’lib, unda na faqat oilaning o’zi, oila a’zolarining sayi-harakatlari, balki ijtimoiy-pedagogik institutlardan bo’lgan maktab ta’limi va mahalla ta’limi kabi tizimlar ham faol ishtirok etadi.


    UMUMIY XULOSALAR

    1. Bugungi kunda tolerantlik g’oyalari zamonaviy davrning eng muhim ijtimoiy va siyosiy g’oyalaridan biri ekanligini namoyon etmoqda. Shu bois, tadqiqotda tolerantlik o’smir yoshdagi bolalar tafakkuri va madaniyatiga tegishli ma’lum pedagogik talablarning milliy va umumbashariy axloqiy-estetik va ijtimoiy qadriyatlar asosida shakllantirish jarayoni sifatida baholandi. Tolerantlik ko’p qirrali ijtimoiy-psixologik kategoriya sifatida talqin qilindi. Tolerantlikka o’smir yoshdagi bolalarni o’rgatish ularni mustaqil fikrlashga, boshqalar fikrini diqqat bilan tinglashga, o’zgalar manfaatlarini ko’ra bilishga, jamiyat va odamlar o’rtasidagi munosabatlarni pozitiv nazar bilan baholashga, axloqiy va ma’naviy talablarga qat’iy rioya qilishga o’rgatishga teng kelishi aniqlandi. Tolerantlikka qaratilgan yo’l – bu jiddiy emosional, intellektual, axloqiy mehnat ekanligi, insonning o’z ichki psixologik holatini o’zgartirishi, uni qayta qurishi va yoki yangitdan bunyod etish jarayoni ekanligi aniqlandi. Shu bilan birga, zamonaviy murakkab ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar bilan bog’liq ravishda tolerantlikning mazmuni yangi zamon bilan hamnafas tarzda o’zgarib, boyib va takomillashib borayotganligi qayd etildi. Bu xolat tolerantlikni shakllantirishning pedagogik usul, shakl va vositalarini zamonga mos ravishda takomillashtirib borilishini talab etadi. Bugungi kunda tolerantlik tafakkurini yoshlar ongida shakllantirish ularni fuqarolik jamiyatida faol yashashga o’rgatishga teng keladi.

    2. Tolerantlik tafakkuriga egalik ma’naviy-axloqiy sifat bo’lib, u samarali tashkil etilgan maqsadli ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Tolerantlik turli odamlarning tinchlik va osudalikda yashash san’ati hisoblanadi. Tolerantlik - insoniy va gumanitar fazilat hisoblanadi. Tolerantlik o’z huquq va ozodliklarini o’zgalarga ziyon yetkazmagan holda saqlab qolish deganidir. Shu bilan birga, tolerantlik o’zgalarga bo’ysunish, o’zligidan voz kechish bo’lmay, balki faol hayotiy pozisiya hisoblanadi. Oilada tolerantlikni shakllantirish eng dolzarb pedagogik maqsadlardan biri hisoblanadi va o’ziga xos pedagogik jarayon hisoblanadi. Uning o’ziga xosligi, bir tomondan, oiladagi ta’lim va tarbiya jarayonining o’ziga xos shart va sharoitlari bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, ta’lim beruvchi shaxsning, ya’ni pedagog subyekti xususiyati, ya’ni uning ota-ona, bobo va buvilar, yaqinlar, qarindoshlar, aka-ukalar bilan belgilanishi, ularninig barchasi - ham ta’lim beruvchi, ham ta’lim oluvchi sifatida o’zini namoyon qilishi bilan, uchinchidan esa, ota-onalarning o’zini bugungi kunda tolerantlikning pedagogik mazmuni bilan tanishtirish lozimligi bilan belgilanadi.

    3. Oila muntazam tarzda o’zgarib, takomillashib boruvchi hayotiy organizm hisoblanadi. Oila na faqat iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlar ta’sirida, shu bilan birga o’z ichki rivojlanish qonuniyatlari asosida ham o’zgarib boradi. Shu bois, bugungi kunda, o’zbek oilalarida an’naviy bo’lgan farzand ko’rish, uni tarbiyalash, kundalik muammolarni hal etish, oila ravnaqini ta’minlash kabi funksiyalar bilan bir qatorda, oila - mustahkam “ma’naviy va mafkuraviy qo’rg’on”, inson o’z aslini psixologik jihatdan ko’rsata oluvchi makon, insonning o’zligini topish jarayoni, murakkab dunyo muammolari ichidagi tinchlik va osudalik sohili sifatida ham amal qiladi. Shu nuqtai nazardan, tolerantlik murakkab dunyo voqyeligi ichida oilani ziddiyatlardan asraguvchi qonunlar majmuasi sifatida ham rol o’ynaydi.

    4. Tadqiqotda insonning ma’lum bir munosabatlarga kirishishda tolerantlik qo’l kelishi anqilandi. Demak, oilaviy munosabatlarni tolerantlikning muhim xususiyatlaridan bo’lgan boshqalar manfaatlarini anglash, ularning qadriyatlarini tushunish, pozisiyalarni o’zaro muvofiq keltira olish, tomonlar fikriga quloq tutish, fikrlar rang barangligi bo’lishi mumkinligini tan olish asosida qurish lozim. Oila etnososiumiga aloqador bo’lgan xususiyatlar bolaning keng ijtimoiy sosiumga chiqishi uchun asos rolini o’ynashi belgilandi, ular qatorida tolerantlikning ahamiyati ham ortib boradi. Tolerantlik tafakkuriga ega bo’lgan bola keng ijtimoiy sosiumga chiqqanida uning adaptasiya, ya’ni o’rganish va o’zini tuta bilish jarayonlari silliq, oson va ma’lum ziddiyatlarsiz kechadi.

    5. Ota-ona va bola o’rtasidagi to’g’ri tolerant munosabat - kattalar va bolalar o’rtasida shaxsiy pozisiyalarni umumiy pozisiya bilan uyg’unlashtirish, muloqotdagi muntazamlilik va davomiylikni saqlay bilish, oilaviy munosabatlarda barqaror rivojlanishni ta’minlash, shuningdek oilada o’zidan boshqa a’zolar manfaatlariga qayishqoq va moslanuvchan munosabat bildira olishni anglatishi aniqlandi.

    6. Tadqiqotda o’smir yoshdagi bolalar tolerantligining quyidagi asosiy anglash va qabul qilish pozisiyalari aniqlandi. Tan olish – boshqa insonda aynan boshqa insonni ko’ra bilish, boshqa insonning esa o’z qadriyatlari, fikrlash tarzi, tafakkuri, xarakteri, aqidalari, e’tiqodi, madaniyati, urf-odatlari, mantiqi va mas’ullik darajasi borligini nazarda tutish va tan olish; Qabul qilish – mana shu o’zga insonlarning o’ziga xosligiga neytral munosabat ko’rsata olish, ularning borligini qabul qilish, insonlararo mavjud farqlarga ijobiy va to’g’ri munosabat ko’rsata olish; Tushunish – o’zga insonni ichdan ko’ra bilish, uning fikrlari, xissiyotlarini ko’ra olish, uni anglay bilish, uning xissiyotlariga ikki mavqye, o’z shaxsiy mavqyei, va o’zga inson mavqyeidan qaray olish.

    7. Oila instituti tolerantlik bo’yicha barcha talab etilgan g’oyalar va tushunchalarni tegishli tarzda, talab darajasida shakllantirib berolmasligi qayd etildi. Tolerantlikni shalklantirish pedagogik jarayonida oila bir bosqich hisoblanadi. Shu bois, tolerantlikni shakllantirishda yosh nuqtai nazaridan, bilimlar majmui nuqtai nazaridan, malakalarni berish nuqtai nazaridan differension munosabat darkor bo’ladi.

    8. Tadqiqotda oilalarni oiladagi ma’naviy muhitga nisbatan to’rt guruhga ajratildi: (1) oiladagi ma’naviy muhit tinch va totuvlikka asoslangan va bolalar manfaatlari inobatga olinadigan oilalar; (2) oilada ziddiyat mavjud bo’lmagan, ammo bolalar manfaatlariga e’tiborsizlik mavjud bo’lgan oilalar; (3) oilada ota va ona o’rtasida ziddiyat va konflikt mavjud, ammo bola manfaatlari inlobatga olinadigan oilalar; (4) oilada ota va ona o’rtasida konflikt mavjud, shu bilan birga bola manfaatlariga e’tiborsizlik ham mavjud bo’lgan oilalar. O’rganish jaaryoni tinch va totuv hamda bolaga e’tiborli oilalarda tolerantlikning shakllanganlik darajalari ham yuqori bo’lishini ko’rsatdi.

    9. Hozirgi zamonda tolerantlik asosida ota-onalarning bola tarbiyasidagi funksional vazifalari bosh vazifalar hamda tolerantlikni shakllntirish bo’yicha vazifalar kabi ruknlarga bo’lindi. Bunda bosh vazifalar bilan bir qatorda bola hayotiga aralashavermaslik, uning mustaqil yashashini va mustaqil qarorlar qabul qilishini kuzatish; o’z farzandi bilan hamkorlik va hamjihatlikda yashashga o’rganish; bola uchun eng aziz, eng ishonchli, eng qadrli va doimiy zarur insonga aylanish kabilar belgilandi.

    10. Oilada tolerantlikni shakllantirishda quyidagi tamoyillar belgilandi: Subyektlilik tamoyili. Bu tamoyilda har bir oila a’zosi mustaqil subyekt sifatida baholanadi. Adekvat, mutanosib munosabat tamoyili. Mazkur tamoyil pedagogik jarayonda uning mazmuni va tanlangan pedagogik vositalar, shakl va usullar o’rtasidagi mutanosiblikni nazarda tutadi. Individualizasiya tamoyili. Oilada tolerantlikni shakllantirish borasidagi individual shart-sharoitlarning belgilanishi, individual grafikda ma’lum chora-tadbirlar va vazifalarning aniqlashtirilishi. Refleksiv munosabat tamoyili. Oilada ota-ona va bolalarda muayyan ahamiyatga ega bo’lgan voqyea va hodisalarga nisbatan anglangan va qat’iylashgan munosabatlar tizimidagi umumiylik va o’xshashlikni shakllantirish, tolerantlikni oilaviy munosabatlar tizimida refleksiv tarzda namoyon bo’lishi asoslarini yaratish. Tolerant muhitni qurish tamoyili. Oila a’zolarining barchasidan mana shu pedagogik jarayonga tayyorlik va uni shakllantirilishida faollik ko’rsatish.

    Yüklə 164,6 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə