Мундарижа



Yüklə 395,15 Kb.
səhifə11/25
tarix07.04.2022
ölçüsü395,15 Kb.
#85140
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
O’zbekiston Respublika 2

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari:

-tegishli byudjet loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;

-byudjet so‘rovi olinishiga qarab tegishli byudjetlarning loyihalarini tuzish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, ularni tayyorlash tartibi va muddatlarini belgilaydi;

-Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti loyihasini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalarini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga ko‘rib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etadi;

-Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari parametrlarini tasdiqlaydi;

-Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar

Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi;

-Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan nazoratni tashkil etadi;

-byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tashkil

etadi;


-Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;

-Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari qonun hujjatlariga muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Davlat byudjeti hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalarini tayyorlaydi;

-davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari loyihalarini ko‘rib chiqadi;

-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga byudjetnoma loyihasini ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi;

-O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari prognozini har chorakda etkazadi;

-byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini etkazadi;

-byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalari va jamlanma xarajatlar smetalari, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;

-soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ularning manbalari kesimida to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;

-byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

-Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, shuningdek byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari shakllarini va ularni taqdim etish tartibini tasdiqlaydi;

-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;

-byudjetdan tashqari maxsus hisobvaraqlarda zaxiralar tashkil etadi;

-Davlat byudjetini ijro etish jarayonida unga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha zaxiralarni aniqlaydi;

-byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi;

-byudjet ssudalarini beradi;

-davlat tomonidan mablag‘lar jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston

Respublikasining shartnomalari va davlat kafolatlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;

-davlat qarzining hisobini va monitoringini yuritadi;

-byudjet tizimi byudjetlarining kassa ijrosini yuritadi;

-byudjet tizimi byudjetlarining Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larini boshqaradi;

-byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;

-byudjet tizimi byudjetlarida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig‘iga ko‘ra to‘lovlarni amalga oshiradi;

-byudjet tizimi byudjetlari ijrosining byudjet hisobini yuritadi;

-davlat qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi, O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini bajaradi;

-O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish mablag‘lari hisobini yuritadi;

-byudjet tizimi byudjetlari daromadlari va xarajatlarining balansliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy hamda iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazadi;

-o‘z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.




Yüklə 395,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə