Мундарижа


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika Yo‘l jamg‘armasining xarajatlari ijrosi 19



Yüklə 395,15 Kb.
səhifə16/25
tarix07.04.2022
ölçüsü395,15 Kb.
#85140
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
O’zbekiston Respublika 2

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika Yo‘l jamg‘armasining xarajatlari ijrosi 19




Ko‘rsatkichlar

2012 yil




2013 yil




2014 yil

mlrd. so‘m

Jamiga nisbatan (%)

mlrd. so‘m

Jamiga nisbatan (%)

mlrd. so‘m

Jamiga nisbatan (%)

1

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish uchun xarajatlar

14,0

0,9

10,0

0,4

22,0

1,0

2

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruktsiya qilish uchun xarajatlar

724,9

46,1

1311,3

57,2

1411,4

56,0



shundan Xalqaro moliya istitutlari mablag‘lari hisobidan

205,9

13,1

471,1

20,6

743,4

29,5

3

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash uchun xarajatlar

525,4

33,4

661,0

28,9

671,9

26,7

4

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilishga mashina va mexanizmlarni xarid qilish uchun xarajatlar

26,0

1,7

31,5

1,4

85,9

3,5

5

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika Yo‘l jamg‘armasi boshqaruv apparatini saqlash uchun xarajatlar

3,1

0,2

3,9

0,2

4,6

0,2

6

O‘zavtoyo‘l DAK markaziy boshqaruv apparatini saqlash uchun xarajatlar

1,0

0,1

1,2

0,1

1,5

0,06

7

O‘zavtoyo‘l DAK markaziy boshqaruv apparatini va sho‘’ba yo‘l-ekspluatatsiya korxonalarini saqlash uchun xarajatlar

5,9

0,4

7,4

0,3

8,3

0,3

8

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 oktyabrdagi 499-sonli Qaroriga muvofiq tabiiy ofatlarni bartaraf etish uchun rezervlar

73,0

4,6

75,0

3,3

62,0

2,4

9

Umumiy foydalanishdagi yo‘llarini qurish, таъмирлаш ta’mirlash va saqlash bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar

26,8

1,7

50,0

2,2

162,6

6,5

10

Bojxona postlarida valyuta tushumlarini yig‘ish va nazorat qilishga xizmat ko‘rsatuvchi banklar va Respublika Yo‘l jamg‘armasi, Davlat bojxona qo‘mitasi o‘rtasida shartnomalarni ijro qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik xarajatlari

0,9

0,1

1,0

0,04

1,0

0,04

11

Boshqa xarajatlar

62,1

4,1

84,5

3,7

41,4

1,6



shundan Xalqaro moliya istitutlari mablag‘lari hisobidan

35,9

2,3

35,9

1,6

0,0

0,0



Yil oxiriga qoldiq

109,0

6,9

54,0

2,4

0,0

0,0



Jami xarajatlar

1572,1

100,0

2290,8

100,0

2522,6

100,0

50


Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruktsiya qilish uchun xarajatlar 2012 yilda 724,9 mlrd. so‘mni, 2013 yilda 1311,3 mlrd. so‘mni tashkil etgani holda, jami xarajatlardagi salmog‘i 2012 yilda 46,1 foizni 2013 yilda 57,2 foizni tashkil etgan. 2014 yilda 1411,4 mlrd. so‘m umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruktsiya qilish uchun xarajatlar rejalashtirilgan. Bu 2014 yil jami xarajatlarning 56,0 foizni tashkil etadi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash uchun xarajatlar 2012 yilda 525,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2013 yilda 661,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2014 yilda 671,9 mlrd. so‘m rejalashtirilgan. Jami xarajatlardagi salmog‘i 2012 yilda 33,4 foizni, 2013 yilda 28,9 foizni tashkil etib, 2014 yilda 26,6 foiz rejalashtirilgan.

Yuqoridagi tahlil natijalaridan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatiga ko‘ra davlat maqsadli fondlar daromadlari va xarajatlari tarkibi bo‘yicha yillar davomida o‘zgarish tendentsiyasiga ega bo‘lib, pirovard natija iqtisodiyotni izchil rivojlantirish va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgandir.

Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar jamg‘armasining mablag‘lari quyidagilarga xarajat qilinadi:

-xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablag‘lardan O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining qaroriga ko‘ra bir yo‘la to‘lanadigan to‘lovlar;

-davlat aktivlarini olish bo‘yicha belgilangan tartibda bekor qilingan shartnomalar yuzasidan mablag‘larni sotib oluvchilarga qaytarish;

-davlat aktivlarini realizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar;

-davlat korxonalarini xususiylashtirishda aktsiyalarni chiqarish, saqlash va realizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar;

-baholash, ilmiy-tadqiqot, auditorlik, moliyaviy, konsalting tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, mustaqil ekspertlarning amaliy tadqiqotlarni bajarish, tegishli ekspertizani o‘tkazish, normativ-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, davlat -aktivlarini sotishdan oldingi tayyorgarlikni o‘tkazish xizmatlari haqini to‘lash xarajatlari;

-yuridik shaxslarning aktsiyalari, ulushlari, paylarini, shuningdek boshqa aktivlarni davlat manfaatlarini ko‘zlab olish bilan bog‘liq xarajatlar;

-davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha xizmatlar haqini to‘lash xarajatlari;

-belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa maqsaddagi xarajatlar uchun foydalaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari quyidagilarga xarajat qilinadi:

-ishsiz deb topilgan shaxslarni kasbiy tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari;

-ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari taklifiga binoan ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda ko‘chib o‘tish munosabati bilan kompensatsiyalar to‘lash hamda ishsizlarga moddiy yordam berish;

-ishsiz deb topilgan shaxslarga muddatidan ilgari pensiya tayinlanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xarajatlarining o‘rnini qoplash;

-qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamoat ishlariga haq to‘lash;

-nogironlar, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan boshqa toifalari mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish o‘rinlarini va ishlab chiqarishlarni tashkil etishga doir tadbirlarni qisman moliyalashtirish;

-qonun hujjatlariga muvofiq bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining alohida bo‘linmalarini saqlab turish, shuningdek ularni moddiy-texnik jihatdan ta’minlash;

-respublika miqyosida va hududiy miqyosda sotsiologik kuzatuvlarni tashkil etish va o‘tkazish, bandlik masalalari bo‘yicha aholining ayrim guruhlarida anketa so‘rovlarini o‘tkazish;

-mehnat bozorining respublika va hududiy axborot tizimlarini yaratish va ularning dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, shu jumladan texnika vositalari olish;

-ish bilan band bo‘lmagan aholiga yordam ko‘rsatish, shu jumladan ishga joylashtirishga ko‘maklashish va maslahat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar;

-aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni hamda xalqaro loyihalar va shartnomalarni amalga oshirishni moliyalashtirish;

-chet elga ishga yuborilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ishga joylashtirilishini tashkil etish va ularning ijtimoiy muhofaza qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar;

-belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasining mablag‘lari quyidagilarga xarajat qilinadi:

-umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini rekonstruktsiya qilish va mukammal ta’mirlash, o‘quv-laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter texnikasi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’limga ko‘maklashuvchi boshqa elementlari, o‘quv mebeli va anjomlari bilan tizimli ravishda qayta jihozlash ishlarini moliyalashtirish;

-sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish;

-sog‘liqni saqlash muassasalarini eng yangi laboratoriya, tashxis qo‘yish va davolash asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi hamda boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlash hamda tizimli ravishda qayta jihozlashni moliyalashtirish;

-belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining mablag‘lari quyidagilarga xarajat qilinadi:

-sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlari doirasida magistral (viloyatlararo), tumanlararo, xo‘jaliklararo ochiq kollektorlarni va ulardagi inshootlarni, yopiq gorizontal drenaj tarmoqlarini, vertikal drenaj quduqlarni, meliorativ nasos stantsiyalarini hamda kuzatish tarmoqlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va tozalash;

-sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlariga kiritiladigan loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq loyiha-qidiruv hujjatlarini ixtisoslashtirilgan loyihalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqish;

-ixtisoslashtirilgan qurilish va foydalanish tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalarining meliorativ texnika parkini mablag‘larni qaytarish asosida yangilashni, shu jumladan uzoq muddatli imtiyozli lizing shartlari asosida yangilashni moliyalashtirish tadbirlari;

-O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departamentini hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining qurilayotgan korxonalar birlashgan direktsiyalarining melioratsiyaga taalluqli qismini saqlab turish;

-sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlarida nazarda tutilgan boshqa ishlar uchun foydalaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan:

-oliy o‘quv yurtlarining o‘quv-laboratoriya korpuslarini, sport zallarini va talabalar yashab turgan joylarni hamda boshqa infratuzilma ob’ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish;

-oliy o‘quv yurtlarining o‘quv-laboratoriya korpuslarini, sport zallarini, talabalar yashab turgan joylarni hamda birgalikda foydalaniladigan oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy-laboratoriya komplekslarini mebel, zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbobuskunalari va ilmiy asbob-uskunalar, axborot-kommunikatsiya texnikasi va sport anjomlari bilan jihozlashni moliyalashtirish;

-belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.





Yüklə 395,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə