Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug’atini tuzish. 1-mavzu: kirish. Pedagogning kasbiy nutqi kasbiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida reja


-MAVZU:O`QITUVCHI NUTQINING KOMMUNIKATIV XUSUSIYATLARI



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə4/97
tarix23.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#155170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug’atini tuzish. 1-mavzu-fayllar.org

2-MAVZU:O`QITUVCHI NUTQINING KOMMUNIKATIV XUSUSIYATLARI
Reja:
1. O`qituvchi nutqining kommunikativ xususiyatlari
2. Pedagogik nutqning o`ziga xosliklari.
3. Nutqning to`g`riligi, aniqligi, tozaligi, mantiqiyligi, ta`sirchanligi, maqsadga muvofiqligi.
Har qanday nutq ma`lum bir so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan tinglovchi yoki o‘quvchiga qaratilgan matnning shakllantirilgan tashqi ko‘rinishidir. Albatta bu yo‘llangan nutq tinglovchiga etib borib ma`lum bir ta`sir ko‘rsatsagina unga nisbatan yaxshi nutq deyishimiz mumkin. Nutq har tomonlama yaxshi bo‘lishi uchun o‘z oldiga ma`lum talablarni qo‘yadi. Bu talablar nutqning asosiy sifatlari, xususiyatlari deb yuritiladi. Ular nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ta`sirchanligi, tozaligi, tushunarliligi va maqsadga muvofiqligidir va b.

1.Nutqning to‘g‘riligi. “To‘g‘rilik deganda,-deb yozadi V.Y.Kostomarov, -nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma`lum paytda qabul qilingan normasiga qat`iy va aniq muvofiq qilinishi, uning talaffuz, imloviy lug‘at va grammatik normalarini egallashini tushunish lozim bo‘ladi”.


Nutqning to‘g‘riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Nutq to‘g‘ri bo‘lmasa boshqa kommunikativ sifatlari ham vayron bo‘ladi. Nutqning tuzilishi to‘g‘ri bo‘lmasa, uning mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur etadi.
Nutq to‘g‘ri bo‘lishi uchun, asosan, ikki normaga – urg‘u va grammatik normaga qattiq amal qilishni talab qiladi. So‘zlardagi urg‘uning ko‘chishi bilan ma`nosi ham ba`zan o‘zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik kerak. Bu ham nutqning buzilishiga olib keladi: Olma – olma, hozir – hozir, yigitcha-yigitcha, o‘quvchimiz – o‘quvchimiz, yangi – yangi va h.k.
Gap tarkibidagi bir so‘zga tushadigan mantiqiy (logik) urg‘uni ham ma`noni farqlashdagi xizmati katta.
Grammatik normaga rioya qilish deganda gap tuzish qoidalaridan to‘g‘ri foydalanish, o‘zak va qo‘shimchalarni qo‘shishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik, kelishik qo‘shimchalarini o‘z o‘rnida qo‘llash, ega va kesimning mosligi, ikkinchi darajali bo‘laklarni ularga bog‘lanish qonuniyatlari tushuniladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə