«Научный импульс» Январь, 02 1082 energetikaning texnika va taraqqiyotdagi oʻrni va ahamiyati xamraliyev Asadbek



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix17.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#149692
1   2   3   4   5   6   7
Xamraliyev Asadbek


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Январь
, 202

1083 
quvvati esa 10 mlrd. kVt ga yetadi. Bu quvvatlarni ta’minlash uchun insoniyat har yili 
tabiatdan vazni 40-50 mlrd. tonna shartli yoqilg‘iga tenglashtirilgan turli xildagi yoqilg‘i 
oladi. Shunga qaramasdan tabiatdan olinayotgan energetika manbalarining FIK 0,2% dan 
ortiq emas. Bu yerda energetikaning asosiy masalalaridan biri yuzaga chiqadi - energiyani 
bir turdan ikkinchi turga aylantirishdagi isroflarni kamaytirish. Buning uchun qurilmalarni 
yaxshilash va olingan energiyadan oqilona foydalanish kerak, bu esa texnika doirasidan 
chiqib, ijtimoiy ko‘rinishda qaralish kerak. Elektr energiyasini uzatish, olish va qayta 
taqsimlashdagi isroflarni kamaytirish, ko‘p jihatdan sarf qilingan metall qiymatiga, asosan 
alyuminiyga bog‘liq. Kesimida katta zichlikdagi tokni (1,0-1,2 A/mm2 ) o‘tkazish joiz 
bo‘lganda, alyuminiy sarfi kamayadi, lekin elektr energiyasi sarfini oshiradi. Jahondagi 
alyuminiy narxi o‘zgarishi shundayki, bu metall arzonlashmoqda, shuning uchun rivojlangan 
mamlakatlarda tok zichligini keskin (0,35 A/mm2 ) kamaytirilishi kuzatilmoqda. Bundan 
xulosa qilib, alyuminiy narxi elektr uzatgichlardagi sim kesimlari tanloviga ta’sir etadi, ya’ni 
elektr tizimidagi texnik tavsiflarga ta’sir etadi. Shunday qilib, alyuminiy bahosi elektr 
uzatgich simlarini, ya’ni elektr majmualarni texnik tavsiflariga bevosita ta’sir etadi. Turar 
joy va sanoat binolarini issiqlik saqlash yo‘li bilan energiya isroflarini kamaytirish, elektr 
energiyaga to‘g‘ri narxlar ishlab chiqish, energiyani eng ko‘p iste’mol vaqtida kam iste’mol 
qilish kabi hollarni rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal 
qilishga olib keladi. Dunyo energiya manbalarini tez o‘sib borayotganligiga nafaqat texnik 
jihatidan, balki energetik qurilma va yoqilg‘i qazib chiqarish jarayonlarini atrofmuhitga, 
ya’ni ekologiyaga ta’siri jihatidan yondashish kerak. Bu yerda o‘zo‘zidan umumiy texnik-
ekologik savol vujudga keladi: energetikani yuqori sur’atlarda rivojlanishida yoqilg‘i 
zahiralarini tugashiga yo‘l qo‘yilmaydimi va bu insoniyat yangi termoyadro energiyasi 
manbalarini qo‘lga kiritishdan avval sodir bo‘lmaydimi? Dunyodagi yoqilg‘i manbalari har-
x
qilinadiganlari -100 trln, MVt aytganda, manba turiga qarab nisbatini 1:2:4 ko‘rinishda 
yozish mumkin. Bundan tashqari, keltirilgan sonlarga manba hisoblash usuli ham ta’sir 
etadi, ya’ni: dengiz tubidagi yoqilg‘ilar ham hisoblanganligi, yoqilg‘i qancha chuqurlikdan 
qazib olish hisobiga olinganligi va hakozo. Har qanday sharoitda ishonch bilan aytish 
mumkinki, insoniyatga yerdan qazib olinayotgan yoqilg‘i bir necha yuz yilga yetadi. 
Masalan, ko‘mir taxminan 600-700 yilga yetadi. Bu albatta, yoqilg‘ining tejalishi muhim 
masala emas, degan xulosa bermaydi. Yoqilg‘i sarfi nafaqat texnik va biosfera nuqtai-
nazardan, balki ko‘proq ijtimoiy-siyosiy nuqtai- nazardan ham ko‘rilishi kerak. Yer sharining 
30% aholisi dunyoda ishlab chiqarilayotgan energiyani 90% ni o‘z ehtiyoji uchun 
foydalanadi, 70% aholiga, asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda, 10% energiya to‘g‘ri 
keladi. Bundan tashqari, sanoat rivojlanish ko‘rsatgichi, turmush darajasi va madaniyat 
rivojlanish foydalanilayotgan energiya qiymatiga uzviy bog‘liq. Dunyoda energiya zahiralari 
notekis taqsimlangan. Bunga turli mamlakatlarda 500 mln. tonna neftni qazib chiqarish 
uchun kerak bo‘ladigan quduqlar sonini taqqoslash mumkin. AQSh da buning uchun 500 


Международный
научный
журнал

5
(100), 
Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə