Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Energo Mexanika fakulteti 5a-20 ee guruh talabasi Abdullayev Ulug’bekning



Yüklə 58,65 Kb.
səhifə1/8
tarix19.12.2023
ölçüsü58,65 Kb.
#153411
  1   2   3   4   5   6   7   8
EKOLOGIYA




Navoiy Davlat Konchilik va
Texnologiyalar Universiteti
Energo Mexanika fakulteti
5a-20 EE guruh talabasi
Abdullayev Ulug’bekning
Sanoat elektronikasi” fanidan
Mustaqil ishi.
Qabul qildi: Tovbayev A.

Navoiy 2022




Talabaning ismi sharifi: Abdullayev Ulug’bek Yoqubjon o’g’li
Guruhi: 5a-20 EE.

T.r

Mavzular

sana

baho

Topshiriq bajarilganligini qayd etish
(O‘qituvchi imzosi).

1

Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari. (Asosiy tushunchalar, nazariyalar, fanga hissa qo‘shgan olimlar to‘g‘risida).










2

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarini yoddan aytish, tushuntirish.
50-modda
54-modda
55-modda
100-modda










3

Monitoring, ekologik nazorat va ekoekspertiza tushunchalari.










4

Energetika sanoatining atrof-muhitga ta’siri haqida.
AES
GES
IES










5

Fan – texnika taraqqiy etgan hozirgi zamonning muhim ekologik muammolari. (Global, mintaqaviy, lokal muammolar to‘g‘risida).










6

Chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalari.
(Rivojlangan davlatlarda chiqindisiz texnologiyalar va chiqindini qayta ishlash texnologiyalari misolida kamida 2-3 ta misollar bilan tushuntiriladi.)










7

PDK va PDV tushunchalari. (Energetika sanoatida chiqadigan zararli moddalar misolida tushuntiring).










8

Muhit va yashash sharoiti tushunchalari. Ekologik omillar va ularning klassifikatsiyasi.













O’rtacha baho














1-Mavzu: Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari. (Asosiy tushunchalar, nazariyalar, fanga hissa qo‘shgan olimlar to‘g‘risida).
EKOLOGIYA- ekologiya atamasini fanga 1-marta 1866-yil nemis biologi Ernest Gekkel kiritgan. ”Ekologiya” so’zi yunonchada “ekos”- uy, yashash joyi, maskan, “logos”- fan demakdir. O’z mazmuniga ko’ra “uy haqidagi, o’zining yashash joyi haqidagi fandir” degan ma’noni anglatadi. Boshqa barcha bilimlar yo’nalishlari kabi ekologiya insoniyatning butun tarixi davomida muttasil, ammo notekis rivojlangan. Gippokrat, Aristotel va boshqa qadimgi yunon mutafakkirlari asarlarida ekologik yo’nalish aniq ko’zga tashlanadi. Biroq yunonlar “Ekologiya” atamasidan foydalanishmagan.
Bizni o’rab turgan barcha o’rmonlar, muzliklar, tog’u dashtlar, havoyu suvlar, xullas tabiatning har bir shaxobchasi odamning a’zolari kabi bir-biri bilan uzviy, muvozanatli tarzda bog’langandir. Tabiatning biron-bir joyida sodir bo’ladigan o’zgarish, o’z navbatida,uning muvozanatga qandaydir ta’sir ko’rsatmay qolmaydi.
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, shuningdek tabiatga antropologik (insonning bevosita qatnashishi) ta’sir etishning toboro kuchayishi natijasida tabiiy omillarning o’zaro bog’lanishi ma’lum darajada muvozanatdan chiqmoqda, bu esa yer yuzida hayotiy jarayon risoladagidek kechishiga xavf solmoqda. Shu boisdan tabiiy muhitni asrash muommolari ko’p jihatdan ekologik tadqiqotlar bilan bog’lanadi. Ekologiya fani organizmlarning o’zaro va ular yashaydigan muhit bilan munosabatlarini o’rganadi, ya’ni tirik mavjudot va uning ma’lum hudud va akvatoriyalarga to’g’ri keladigan muhitlaridan iborat tizimlari tabiatini tadqiq etadi.
Populyatsiyalar, turlar, biosenozlar, biogeosenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham ko’pincha umumiy ekologiya to’rt bo’lib o’rganiladi, ya’ni autekologiya, populyatsion ekologiya, sinekologiya va biosfera haqidagi ta’limotlardir.
Ekologiya boshqa fanlarga nisbatan anchagina yosh. U tirik jonzotlarning yashash muhitini, o’zaro bir-biriga nisbatan munosabatlarini, hamda yashash sharoitlari o’rtasidagi o’zaro ta’sirlarni o’rganadi. Dastlab, ekologiya biologiya fanining bir qismi sifatida rivoj topa boshladi. Albatta, kimyo, fizika, geologiya, geografiya, tabobat, tuproqshunoslik va boshqa tabiiy fanlar bilan bog’langan holda rivojlandi.
Demak, ekologiyaning bosh o’rganish obyekti- bu ekosistema, ekologik tizimdir. Xususan, tabiatning butunligini tashkil etgan jonzotlar ularning yashash muhiti-makoni jamuljami (kompleksi)dir. Ekologiya fanining vujudga kelishida Ch.Darvin asos solgan tadrijiy takomil (evolyutsion) ta’limoti katta ro’l o’ynaydi. Bu fannining yuzaga kelganiga ham 143 yil bo’ldi, ammo alohida fan sifatida u XX asrning ikkinchi yarmida rivojlanib bordi.
Amerika olimi Ch.Adams (1913) ekologiya to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirib, chop ettirdi. Ekologiyada organizm bir butun sistema sifatida ko’riladi. U tashqi muhit bilan o’zaro birgalikda harakatlanadi, bir-biriga yordam qiladi.
Bugungi kunga kelib ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi o’ta kengayib keldi. Insonning tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi. Ekologiya fani tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog’lanishini ifoda etar ekan, u shubhasiz, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi. Ekologiya fanining rivojlanishi tabiatni o’rganish va tavsiflashdan boshlangan. Bu fransuz Jan Anri Faber o’zining mashxur “Entomologik estaliklar” (1870-1879) asarini yozgan davrlar edi. Aslida ekologiyaning chinakam rivoji ayrim turlar yashaydigan muhitni, ularning o’zaro munosabatlarini, simbiozini (grekcha-birga yashash), boshqa turlar bilan munosabatlarini o’rganishdan boshlangan. Bu ekologiyaning rivojida birinchi davrdir.
Shuningdek, atoqli tabiatshunos olim L.V.Peredelskiy fikricha, (2006 y) ekologiya fani rivojini 3 bosqichda ko’rish mumkin. Birinchisi, ekologiya fanining paydo bo’lishi va fan sifatida shakllanishi. Bu tirik jonzotlarning tabiiy muhit bilan o’zaro bog’langanligi hamda dalillar to’plash davri bo’ldi. Ayni shu faslda J.Lamark (1744-1829y) va T.Maltus (1766-1834y) singari atoqli olimlar kishilik jamiyatida birinchilar qatorida insoniyatning tabiatga ta’siri salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi to’g’risida ogohlantirdilar.
Ikkinchisi, ekologiya mustaqil fan sifatida shakllana boshlagan davr XIX asrning 60-yillar oxiri rus olimlaridan K.F. Rulte (1814-1858y), N.A.Seversov (1827- 1885y), V.VDokuchayev (1846-1903y) larning ekologiya fani to’g’risidagi tushunchalari ayni shu bosqichda rivoj topdi; ushbu fikrlar haligacha o’z qiymatini yo’qotgani yo’q.
Tabiatshunos A.Tensli (1935y) ekosistema to’g’risidagi tushunchani ilgari surdi. 1940-yili rus olimi V.N.Sukachev ekosistema tushunchasiga yaqin bo’lgan biogeosenoz atamasini asosladi. XX asrning 20-40 yillarida ekologiya sohasida jahon miqyosida ko’zga ko’ringan olimlar V.I.Vernadskiy, V.N.Sukachev, E.S.Bauer, G.G.Gauze va boshqa fidoyi olimlar fundamental izlanishlar olib borishdi: ekologiyaning mustaqil fan sifatida to’la-to’kis shakllantirishdi.
Rossiyada tuproqshunoslikning asoschisi V.V.Dokuchayev (1846-1903) tabiiy mintaqalar yo’nalishini ishlab chiqib, ekologiyaning rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shdi.

Yüklə 58,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə