Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Energo Mexanika fakulteti 5a-20 ee guruh talabasi Abdullayev Ulug’bekning


-Mavzu: Muhit va yashash sharoiti tushunchalari. Ekologik omillar va ularning klassifikatsiyasi



Yüklə 58,65 Kb.
səhifə7/8
tarix19.12.2023
ölçüsü58,65 Kb.
#153411
1   2   3   4   5   6   7   8
EKOLOGIYA

8-Mavzu: Muhit va yashash sharoiti tushunchalari. Ekologik omillar va ularning klassifikatsiyasi
Muhit – organizmni oʼrab olgan, uning oʼsishi, rivojlanishi va koʼpayishiga taʼsir etadigan ekologik omillar majmuidir. Muhit organizmga taʼsir etadigan koʼpgina jonli va jonsiz tabiat omillaridan tashkil topadi. Bu omillarning baʼzilari organizm uchun zarur, boshqalari zarur boʼlmasligi yoki hatto zararli boʼlishi ham mumkin. Sayyoramizda yashaydigan tirik organizmlar toʼrt xil yashash muhitini ishgʼol qilganlar. Bular – suv muhiti, yer usti havo muhiti, tuproq muhiti va tirik organizmlar.
Yashash sharoiti – muhitning organizm hayoti uchun zarur boʼlgan va unga bevosita taʼsir etadigan omillar majmui boʼlib, organizm ularsiz yashay olmaydi. Muhitning omillariga ekologik omillar deyiladi.
Moslanish. Sayoramizda tirik organizmlar bir-birlaridan keskin farq qiluvchi o’ziga xos to’rtta muhitda tarqalgan ekan, ular ana shu muhitlarga xos moslanishlar hosil qilgan.
Organizmlarni ma’lum muhitga yashashga moslashishi adaptastiya deyiladi.
Moslanish asosan uch xil ko’rinishda bo’ladi.
1.Morfologik moslashish: Organizmlar tana, gavda tuzilishi {shakli} moslashishi masalan. Gidrobiontlar tanasining suv qarshiligini engishiga moslashish va hokazo.
2.Fiziologik moslashish: Organlar funkstiyasini moslashishi masalan. Cho’lda yashovchi hayvonlarda suvga bo’lgan tanqislikni qondirish uchun yog’larning biokimyobiy oksidlanishidan foydalanish.
3.Xulqiy-etologik moslashish: Xatti-harakat, xulqi moslashishi masalan. Tashqi muhit bilan hayvon tanasi o’rtasida normal issiq almashinuvi uchun uya qurish, qulay haroratli joyni izlab topish, qushlar, sut emizuvchilar va hokazolarning mavsumiy ko’chishi.
Ekologik omillar klassifikatsiyasi. Ekologik omillarni ta’riflashda rus olimlari D.N.Kashkarov {1933}, V.V.Alyoxin {1950} xizmatlari katta.
Ekologik omillar uch guruhga bo`linadi:
1.Abiotik (jonsiz tabiat omillari)
1.1.Kimyoviy (muhitning kimyoviy tarkibi)
1.2.Fizikaviy (harorat, yorug`lik, bosim, shovqin, magnit to`lqinlari, radiotsion nurlar va boshqalar)
1.3.Geologik (joylashuv relyefi)

Yüklə 58,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə