Nigmatov X



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

NE (NOT)
- inkorlash amalini bajaruvchi element. 
Agar 
V
in 
kuchlanishining qiymati kritik qiymatdan katta bo‘lsa, tranzistor 
ulanadi, ya’ni u orqali tok oqa boshlaydi va tranzistor o‘tkazgich sifatida ishlaydi. 
Bu esa 
V
out 
signalini erga ulanganligini anglatadi, ya’ni bunda 
V
out
≈ 0 bo‘ladi. 


45 
Demak agar sxemadagi 
V
in
 
kuchlanishining qiymati [0, 5V] chegaraning pastki 
qiymatiga yaqin bulsa, 
V
out 
kuchlanishining qiymati chegaraning yuqori qiymatiga 
ega bo‘ladi. Bu esa ushbu sxemani, inkorlash sxemasi - invertor ekanligini anglatadi. 
Unda mantiqiy 0, mantiqiy 1 ga, mantiqiy 1 esa mantiqiy 0 ga aylantiriladi. Sxemada 
siniq chiziqlar shaklida ifodalangan qarshilik (rezistor) esa tranzistor kuyib 
qolmasligi uchun, undan o‘tayotgan tok kuchini cheklash maqsadida qo‘yilgan. 
Tranzistorni bir holatdan boshqa holatga o‘tishi uchun, bir necha nanosekund kerak 
bo‘ladi. 1.19.-rasmning o‘ng tomonida inkorlash amalini bajaruvchi element – 
invertorning
chizmalardagi ifodalanishi va uning haqiqat jadvali keltirilgan. 
1.20-rasmda keltirilgan 
NE-I 
(NOT-AND)
– mantiqiy ko‘paytirish va 
inkorlash amallarini bajaruvchi elementining sxemasi tarkibidagi ikkita tranzistor 
ketma-ket ulangan. Agar 
V
1
 
va
 V

kuchlanishlarning qiymatlari [0, 5V] chegaraning 
yuqori qiymatlariga yaqin bo‘lsa, ya’ni mantiqiy 1-ga teng bo‘lsa, unda ikkala 
tranzistor ham o‘tkazgichlarga aylanadi va sxemaning chiqishidagi kuchlanish 
o‘zining past qiymatiga teng bo‘lib qoladi. Bunda chiqishda mantiqiy 0 hosil bo‘ladi. 
Agar tranzistorlardan birining kirishidagi, ya’ni bazasidagi kuchlanish past qiymatga 
– mantiqiy 0-ga teng bo‘lsa, chiqish kuchlanishi 
V
out 
mantiqiy 1-ga mos bo‘lgan 
kuchlanishga teng bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, 
V
out 
kuchlanishi, mantiqiy 0-
ga mos kuchlanishga teng bo‘ladi, qachonki 
V
1
 
va
 V

kuchlanishlarning qiymatlari 
mantiqiy 1-ga mos keladigan kuchlanishga teng bo‘lsagina. 1.20-rasmning o‘ng 
tomonida esa, ushbu elementning chizmalardagi ifodalanishi va uning haqiqat 
jadvali keltirilgan.
1.20-rasm. 
NE-I (NOT-AND)
– mantiqiy ko‘paytirish va inkorlash amallarini 


46 
bajaruvchi element. 
1.21-rasmda keltirilgan 
NE-ILI
 (NOT-OR)
– mantiqiy qo‘shish va inkorlash 
elementining sxemasi tarkibidagi ikkita tranzistor parallel tarzda ulangan. Agar 
kirishdagi bitta signal yuqori qiymatga (mantiqiy 1-ga) teng bo‘lsa, unga tegishli 
tranzistor ulanadi va kirishdagi signal 
V
out 
o‘zining pastki qiymatiga, ya’ni mantiqiy 
0-ga teng bo‘ladi. Agar ikkala kirishdagi signal ham o‘zining pastki qiymatiga 
(mantiqiy 0-ga) teng bo‘lsagina, chiqishdagi kuchlanish yuqori qiymatga, ya’ni 
mantiqiy 1-ga teng bo‘ladi. 1.21-rasmning o‘ng tomonida, ushbu elementning 
chizmalardagi ifodalanishi va uning haqiqat jadvali keltirilgan. 
1.21-rasm. 
NE-ILI (NOT-OR)
– mantiqiy qo‘shish va inkorlash amallarini 
bajaruvchi element. 
Yuqoridagi rasmlarda keltirilgan sxemalar – uchta oddiy ventillarni tashkil 
etadi. Ular mos ravishda 

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə