Nigmatov X


VII. BUL ALGEBRASI VA BUL SXEMALARINI AMALGA OSHIRISH



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

VII. BUL ALGEBRASI VA BUL SXEMALARINI AMALGA OSHIRISH 
 
Kompyuterning elementi hisoblangan - 
raqamli sxema
yordamida 
o‘zgaruvchilari va qiymati ikkita mantiqiy qiymatdan birini qabul qilishi mumkin 
bo‘lgan funksiyalar amalga oshiriladi. Bunday funksiyalar 
Bul funksiyalari
 
deb 
ataladi. Ushbu funksiyalar va ularni qo‘llash qoidalari ingliz matematiki Djordj Bul 
(1815-1864) nomi bilan yuritiladigan Bul algebrasida ishlab chiqilgan. Djordj 
Bul1815 yilning 2 noyabrida Angliya shaxrida tug‘ilgan. U maktabda matematika 
va fizika fanidan dars bergan.


41 
1938 yilda Amerikaning Massachuset texnologik instituti studenti bo‘lgan 
yosh Klod Shennon Bul algebrasini releli va o‘chirib yoqiladigan elektr sxemalarida 
qo‘llanilishini tasdiqlab berdi. 
 
Kompyuter arxitektursasining raqamli mantiqiy sathi elementlarini 
loyihalashda, Bul algebrasi koidalaridan foydalaniladi.
 
1.18-rasmda hozirgi kompyuter sxemalarini tashkil qiluvchi va Bul 
algebrasining oddiy funksiyalari hisoblangan, mantiqiy ko‘paytirish – 

(AND)

mantiqiy qo‘shish –
 ILI 
(OR) 
va inkorlash – 
NE 
(NOT)
funksiyalarini bajaruvchi 
elementlar va ularning haqiqat jadvallari keltirilgan.


42 
1.18-rasm. Bul algebrasining oddiy funksiyalarini bajaruvchi elementlar. 


43 
Bu elementlarni, o‘zbek tilida mos holda 
VA, HAM
va 
EMAS
deb atash 
mumkin. Biz ularni va boshqa shu kabi elementlarni rus va ingliz tillaridagi 
nomlaridan foydalanamiz. 1.18-rasmning yuqori qismida elementlarning Amerika 
standartidagi, pastki qismida esa Rossiya standartidagi ko‘rinishlari keltirilgan [2]. 
Ushbu sxemalarning kirishiga 0 yoki 1 ga teng bo‘lgan mantiqiy 
o‘zgaruvchilar beriladi, ularning chiqishida esa, yana o‘sha mantiqiy qiymatlarni 
qabul qila olishi mumkin bo‘lgan funksiyalarning, ya’ni Bul funksiyalarining 
qiymatlari olinadi. Sxemalarda mantiqiy qiymatlar ma’lum bir kattalikdagi 
kuchlanishlar bilan ifodalanadi. Odatda mantiqiy 

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə