Nigmatov X


ya’ni uzgich- ulagichlar deb ataladi. Ular yordamida -  I, ILI, NE



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

 
ya’ni uzgich-
ulagichlar deb ataladi. Ular yordamida - 
I, ILI, NE
(AND, OR, NOT)
kabi oddiy 
mantiqiy funksiyalar bajariladi (1.3-rasm).
Bir nechta ventillar yordamida 0 va 1 raqamlarini saqlay oladigan 1 bitli xotira 
elementlari, ya’ni 
triggerlar
 
hosil qilinadi. Masalan SR, JK, T va D kabi triggerlar 
(1.4-rasm). Umuman kompyuter ham - ventillardan tashkil topgandir. 
1.3-rasm. Asosiy mantiqiy elementlar. 
1.4-rasm. SR-triggeri. 


27 
Guruhlarga birlashtirilgan xotira elementlari esa
registrlarni
hosil qiladi. 
Registrlar 8, 16, 32 yoki 64 bit uzunliklarga ega bo‘lishlari mumkin (1.5-rasm).
Kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini o‘rganishda juda 
ko‘p marotaba so‘zga olinadigan tushunchalardan biri - bu registrlar hisoblanadi. 
Kompyuterda va protsessorning ichida kechayotgan, ma’lumotlarni ishlash 
jarayonlarini amalga oshirishda ham, turli xil vazifalarni bajarish uchun 
mo‘ljallangan registrlardan foydalaniladi. 
Birinchi sath
– 
mikroarxitektura sathi
deb ataladi. Ushbu sathga tegishli 
bo‘lgan elektron sxemalar mashinaga bog‘liq bo‘lgan dasturlarni bajaradi, ya’ni 
kompyuterda ishlatilgan protsessorga mos keladigan dasturlarni bajaradi. Masalan 
Intel, Apple, DEC va boshqa xil protsessorlarga mos bo‘lgan dasturlar. Birinchi 
sathda 8-ta yoki 32-ta registrlardan iborat lokal xotira va arifmetik mantiqiy qurilma 
(Arithmetic Logical Unit - ALU)
deb nomlangan sxemalar mavjud. 
1.5-rasm. Registr. 
Arifmetik mantiqiy qurilma – oddiy arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. 
Arifmetik mantiqiy qurilma bilan birga registrlar birgalikda 
ma’lumotlarni ishlash 
ketma-ketligini
, ya’ni 
ma’lumotlar traktini
shakllantiradi (1.6-rasm).
Ma’lumotlar trakti quyidagicha ishlaydi – bitta yoki ikkita registrlar tanlanadi, 
arifmetik mantiqiy qurilma ular yordamida qandaydir amalni, masalan – inkorlash, 


28 
qo‘shish, ayrish yoki boshqa bir amalni bajaradi, so‘ngra natija tanlangan 
registrlardan biriga joylashtiriladi. 
Ba’zi 
kompyuterlarda 
(protsessorlarda) 
ma’lumotlar 
trakti 
– 
mikroprogramma (mikrodastur)
 
deb nomlangan maxsus dastur tomonidan nazorat 
qilinadi. Boshqa xil kompyuterlarda esa ma’lumotlar trakti – 
apparat vositalar
tomonidan nazorat qilinadi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarda 
ma’lumotlar trakti - odatda apparat vositalar tomonidan nazorat qilinadi. Shuning 
uchun birinchi sathning nomi – 
mikroarxitektura sathi
deb nomlangan. 
Ma’lumotlar trakti dasturiy ta’minoti tomonidan nazorat qilinadigan 
kompyuterlarda, mikrodastur deganda – ikkinchi sath buyruqlarining 
interpretatori

ya’ni amalga oshiruvchisi tushuniladi. Mikrodastur xotiradan buyruqlarni chaqirib 
oladi va ularni ma’lumotlar traktidan foydalangan holda ketma-ket bajaradi. 
Masalan: 
ADD
– qo‘shish buyrug‘ini bajarish uchun, u avval xotiradan chaqirib 
olinadi, unda ishtirok etadigan operandalar, ya’ni qo‘shiluvchilar registrlarga 
joylashtiriladi, arifmetik-mantiqiy qurilma yig‘indini hisoblaydi va natija xotiraga 
yoziladi. 
Ma’lumotlar trakti apparat ta’minoti tomonidan nazorat qilinadigan 
kompyuterlarda ham, xuddi shunday muolaja amalga oshiriladi, ammo bunda 
ikkinchi sath buyruqlarini amalga oshiruvchi, ya’ni interpretatsiya qiluvchi 
mikrodastur bo‘lmaydi. 

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə