Ning “Matematika o’qitish meodikasi” fanidan



Yüklə 457,87 Kb.
səhifə1/11
tarix27.04.2023
ölçüsü457,87 Kb.
#107174
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BS nomerlashga o\'rgatish metodikasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Boshlang’ich ta’lim” fakulteti
60110500- Boshlang’ich ta’lim
205-guruh talabasi Xushvaktova Muborak Mardonovnaning
Matematika o’qitish meodikasi” fanidan


KURS ISHI


MAVZU: “Boshlang`ich sinflarda sonlarninomerlashga o`rgatish metodikasi


Ilmiy rahbar: Sultanova Ulbosin Mamadaliyevna
Toshkent-2023 yil
M U N D A R I J A:

  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM

1.Boshlang`ich sinflarda matematika darslarida 100 ichida nomanfiy sonlarni nomerlashga o`rgatish
2.Boshang`ich sinflarda matematika darslarida100 ichida nomanfiy sonlarni nomerlashni o`rgatishda predmetni bittalab va guruhlab sanashga o`rgatish
3.Boshlang`ich sinflarda matematika darslarida 100 ichida nomanfiy sonlarni o`qish va yozishga o`rgatishda xona birliklari bilan tanishtirish
III.XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

Kirish.
Bizni hamisha o`ylantirib keladigan yana bir muhim masala-bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish turishi,bir so`z bilan aytganda dunyoqarashi bilan bog`liq.Bugun zamon shiddat bilan o`zgaryapti.bu o`zgarishlarni hammadan ham ko`proq his etadigan kim –yoshlar. Mayli, yoshlar o`z davrining talablari bilan uyg`un bo`lsin. Lekin ayni paytda o`zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug` zotlarning avlodimiz ,degan da`vat ularning qalbida doimo aks-sado berib,o`zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya,tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Biz ta`lim va tarbiya tizimining barcha bo`g`inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o`zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.
Bilamizki, XXI asr zamonaviy axborot texnologiyalari asri. Bu davrda jahon mamlakatlarining har bir sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Xususan, ta’lim sohasi ham. Sababi, mamlakatni ilmiy salohiyatini yuksaltiradigan, uning jahon hamjamiyatidagi obro-e’tiborini yanada mustahkamlaydigan, zamonaviy hayot jabhalaridagi ongli ishtirokini ta’minlaydigan soha bu- ta’lim sohasi hisoblanadi. O’z navbatida, bugun ta’limga qaratilgan e’tibor, ertangi kelajak mevalarining yaanada hosildorroq bo’lishiga zamin yaratadi. Aynan mana shu holatlarni inobatga olgan holda, mamlakatimizda ham mustaqillikning dastlabki yillaridayoq ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratildi. Ta’limning samarali, sifatli bo’lishi ta’limning qay darajada tashkil etilishiga bog’liqdir. Ta’limni tashkil etishda metod va vositalarning o’rni va ahamiyati beqiyos. Ta’limning o’zi ko’p qirrali va murakkab jarayon hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi kun ta’limi zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan chambarchas bog’liqligi bilan ham uning murakkab jarayon ekanligiga ishonch hosil qilishimiz mumkin.
Respublikamizda ta’lim sohasiga qaratilayorgan e’tibor sababli bugun ta’lim muassasalarimiz yangi, zamonaviy jihozlar bilan jihozlanmoqda. Ta’lim muassasalarimizning texnik bazasi rivojlantirilmoqda. Buning natijasi o’laroq, ta’lim sifati va samaradorligi oshib, ta’lim olish jarayoni ham qulay bo’lib bormoqda. Bugungi kunda ta’lim tizimimiz oldida turgan o’ta muhim va dolzarb muammolardan biri ham aynan ta’lim sifatini yanada takomillashtirish, rivojlangan mamlakatlar ta’lim texnologiyalarini milliy mentalitetimizga yot bo’lmagan qirralarini olib, yosh avlodni har toonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalashdan iborat.
Mamlakatimiz kelajagi yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi bilan bog’liq ekan, demak yoshlarning eng yangi va samarali ta’lim texnologiyalari, ta’lim vositalari orqali bilim olishlari juda muhim vazifa ekanligini ushbu jumlalar bilan ham tasdiqlanmoqda.

Yüklə 457,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə