Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/27
tarix08.02.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#100403
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
amaliyot dasturi 3 kurs

V.
 
AMALIYOTCHI-TALABALARNING HUQUQLARI 
 
Malakaviy amaliyot vazirlik tomonidan tasdiqlangan o`quv rejasiga asosan ma`lum 
bir vaqt bo`yicha tashkil etiladi. Amaliyotga chiqqan talabalar Malakaviy amaliyot dasturida 
belgilangan barcha tartib-qoidalarga qat`iy amal qiladi. Har bir amaliyotchi Malakaviy 
amaliyotni belgilangan muddatda o`tashi lozim. 
Agar talaba Malakaviy amaliyot talabi va intizomiga roya etmay ikki kun sababsiz 
qatnashmasa amaliyotdan chetlashtiriladi. Talaba amaliyot yakunida o`z hisobotini kafedra 
tomonidan tayinlangan hay`at oldida himoya qiladi. Amaliyot dasturini bajarmagan, ish haqida 
qaniqarsiz taqriz yoki hisobot himoyasida qaniqarsiz baho olgan talaba qayta amaliyotdan 
o`tadi. Maktabdagi amaliyotchi-talabalar ichidan guruh sardori belgilanadi va u guruh 
amaliyotchilarining davomatini ta`minlaydi, ularga bo`ladigan tadbirlarni, amaliyot 
davomidagi qo`shimcha ma`lumotlarni etkazib turadi. Amaliyotchi o`ziga noaniq bo`lgan 
barcha masalalar bo`yicha maktab rahbariyati va amaliyot rahbarlariga murojaat qilish 
huquqiga egadir. O`quv-tarbiya ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va 
mulohazalarini erkin bayon etishlari mumkin. Shuningdek, o`quv dargohida o`tadigan majlis, 
anjuman va boshqa tadbirlarda qatnashishga, axborot resurs markazi va kabinetlardan unumli 
foydalana olish huquqlari ham beriladi. 
VI.
 
TALABALARNING MALAKAVIY AMALIYOTINI 
HUJJATLASHTIRISH, HISOBGA OLISH VA BAHOLASH 
1.
Talabalar amaliyot davrida kundalik daftar tutadilar va bunga rejalar, tahlillar, 
o`quvchilar yoki sinf jamoasi ustidan o`tkazgan kuzatishlari, amaliyot rahbarlari va 
o`qituvchilarni ko`rsatmalarini, hamda psixologiya va maktab gigienasi bo`yicha bajaradigan 
topshiriqlar bo`yicha zarur bo`lgan ma`lumotlarni yozib borishadi. Amaliyot mobaynida 
bajarilgan ishlar bo`yicha hisobot yozishganida shu kundalik daftardan foydalanadilar. 
2.
Amaliyot o`tkazilgandan so`ng talabalar amaliyot davomida yuritgan hujjatlar 
hisoboti bilan birga tayyorlangan albom, videorolik va boshqa ko`rgazma qurollarini 
amaliyotning rahbariga topshiriladi. 
3.
Malakaviy amaliyotning natijasi maktab direktori o`tkazadigan yig`ilishda va 
fakultetning ilmiy-amaliy anjumanida yakunlanadi. 
4.
Amaliyotning barcha turlari natijalariga ko`ra va zarur bo`lgan hujjatlar 
topshirilgandan keyin, talabaga ball va baho qo`yiladi, malakaviy amaliyotning baholanishiga 
pedagogika, psixologiya va uslubiyat bo`yicha bajariladigan barcha topshiriqlar kiritiladi. Agar 
talaba tomonidan birorta yoki bir nechta topshiriq bajarilmagan bo`lsa baho qo`yilmaydi. 


13 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə