Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/27
tarix08.02.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#100403
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
amaliyot dasturi 3 kurs

7. Fan o`qituvchisi

1.
Talabalarni o`z ish rejasi bilan tanishtiradi, ochiq dars va fan bo`yicha sinfdan 
tashqari mashg`ulot o`tkazadi. 
2.
Uslubchi o`qituvchi bilan birgalikda talabalarga dars mavzulari va fan bo`yicha 
sinfdan tashqari mashg`ulotlar mavzularini taqsimlab beradi. 
3.
Talabalarini sinfdan tashqari mashg`ulotlarni o`tkazishga tayyorgarlik ko`rishida 
maslaxatlar beradi, o`tiladigan dars va sinfdan tashqari mashg`ulot rejasi va reja-konspektini 


11 
tekshiradi, talabani dars yoki sinfdan tashqari mashg`ulot o`tishiga rozilik beradi. 
4.
Talabalar tomonidan o`tkazilgan dars va fan bo`yicha sinfdan tashqari 
mashg`ulotlarning muhokamasi va uni baholashda qatnashadi. 
5.
Amaliyotchilarni o`quvchilar bilan to`garak ishlarini o`tkazishga, qo`shimcha 
darslarni o`tishga, ko`rgazmali qurollar tayyorlashga va daftarlarni tekshirishga jalb etadi. 
6.
Malakaviy amaliyot bo`yicha direktor o`tkazadigan yig`ilishlarda hamda institutdagi 
yakuniy anjumanlarda qatnashadi. 
8. Sinf rahbari: 
1.
Talabalarni sinfdagi o`quvchilar ro`yxati, ularni o`zlashtirishi, davomati, xulqi bilan, 
asosiy tarbiyaviy vazifalar va chorak uchun tuzilgan o`z ish rejasi bilan tanishtiradi, o`quvchilar 
bilan sinfdan tashqari ochiq tarbiyaviy tadbirlar o`tkazadi. 
2.
O`quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini o`rganishda amaliyotchilarga yordam 
ko`rsatadi. 
3.
Talabalarga amaliyot mobaynida bajarishi zarur bo`lgan tarbiyaviy masalalarni 
belgilashga yordam beradi, tarbiyaviy ishlar rejasini tuzishda ularga maslaxatlar beradi. 
3. Talabalarni sinfdagi kundalik tarbiyaviy ishlarga jalb etadi. 
5.
Talabalarni sinfdan tashqari o`tkazadigan mashg`ulotlariga, ularning muhokamasi va 
baholanishida qatnashadi. 
6.
Amaliyotning boshlanishi va oxirida maktab direktori o`tkazadigan yig`ilishda 
qatnashadi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə