Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети


Malakaviy amaliyot davridagi ishlarini baholash mezonlari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/27
tarix08.02.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#100403
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
amaliyot dasturi 3 kurs

Malakaviy amaliyot davridagi ishlarini baholash mezonlari 
Malakaviy amaliyot davrida, amaliyotchi-talabalar bilimini baholash o`quv rejasidagi 
fanning xususiyatidan kelib chiqib quyidagicha nisbatda taqsimlanadi: 
“Pedagogika” fanidan – 25 % 
“Psixologiya” fanidan – 10 % 
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan–65 % (Agarda qo`shimcha yo`nalish bo`lsa 
ballar 40 – 20 ball nisbatda taqsimlanadi).
 
II. MUTAXASSISLIK FANIDAN TALABALARNING MALAKA AMALIYOT 
JARAYONIDAGI FAOLIYAT BOSQICHLARI
VA ISH MAZMUNI 
Tayanch va fanga oid umumiy kompetentsiyalar
2
 
O’zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o’quvchi shaxsi va 
qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi 
tayanch kompetentsiyalar shakllantiriladi. 
Kommunikativ kompetentsiya
— ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy 
tilda o’zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy 
moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni 
nazarda tutadi. 
Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi
— mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni 
izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni
ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni 
nazarda tutadi. 
O’zini o’zi rivojlantirish kompetentsiyasi
— doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy
ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil 
2
O`zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining Qarori, Uumumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat 
ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida. 
(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 14-son, 230-modda) 



o’qib-o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam 
oshirib borish, o’z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish 
ko’nikmalarini egallashni nazarda tutadi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə