Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/27
tarix08.02.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#100403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
amaliyot dasturi 3 kurs

Tarbiyalash mahorati 
- o`qitish va tarbiyalash jarayonining bog`liqligi, uyg`un 
rivojlangan shaxsni shakllantirishga, ularda yuksak madaniy va ma`naviy saviyasi qaror 
toptirishga, pedagogning yuksak shaxsiy sifatlariga ega bo`lishi. 
O`quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta`minlaydigan shaxsiy sifatlar

talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmomalalik bo`lib, ushbu sifatlar o`qitish 
va tarbiyalash mahoratiga ta`sir ko`rsatadi. 
Ta`lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati 

ta`lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholash prinsiplari, metodlari va mexanizmlarini 
bilishi, ularning o`zlashtirishini nazorat qilishning turli shakllarini qo`llash mahoratiga ega 
bo`lishi kerak. 
Malakaviy amaliyot bo`lajak o`qituvchilarni tayyorlashning shunday bosqichiki, bunda 
har bir o`quvchiga ta`lim-tarbiya berishda oliy o`quv yurtida to`plagan bilim hamda 
uquvlarining hammasidan kompleks tarzida foydalanishga to`g`ri keladi. Shuning uchun 
Malakaviy amaliyot vaqtida o`qish jarayonidagi barcha kamchiliklar yaqqol ochilib qoladi. 
Shunday qilib, Malakaviy amaliyot o`ziga xos imtixon hisoblanadi. Shuni nazarda tutish 
kerakki, amaliyotchi-talabaning yoshi u rahbarlik qilishga to`g`ri keladigan o`quvchilar 
yoshidan juda kam farqlanadi. Bunday vaziyatda birinchi kundanoq to`g`ri yo`l tanlash, ya`ni 
birinchidan o`z qo`l ostidagi o`quvchilarga nisbatan takallufsizlikka yo`l qo`ymaslik, 
ikkinchidan, 
takabburona 
munosabatda 
bo`lmaslik 
juda 
muhimdir. 
Tajribalarning 
ko`rsatishicha, amaliyotchi o`quvchilar bilan to`g`ri munosabatda bo`lsa, ya`ni ularga 
hayrixoxligi va kamtarligini namoyon qilsagina u tezda o`quvchilar bilan inoqlashib ketadi. 
O`quvchilar amaliyotchini ham o`quvchi ekanligini yaxshi bilishadi va unga har tomonlama 
yordam berishga harakat qilishadi. Bu davrda amaliyotchining tashqi qiyofasi ham muhim rol 
o`ynaydi, u o`quvchilarga namuna bo`lishi kerak, amaliyotchi oddiy, ozoda kiyinishi lozim, bu 
shartni bajarmagan amaliyotchi o`quvchilardan shu narsani talab qila olmaydi. 
Amaliyotchi-talabaning sinfda bo`ladigan barcha tadbirlarda qatnashishi, uning 
o`quvchilar bilan yaxshi munosabat o`rnatish garovidir. 
Amaliyotchi-talaba o`qituvchilik kasbi murakkab va sharafli ekanligini amaliyot 
davomida ko`radi, ishda yuz beradigan qiyinchiliklarni bartaraf etish usullarini o`rganadi, zarur 
kasbiy sifatlarni o`zida shakllantiradi. Eng muhimi, bu davrda o`quvchilar bilan ishlash 
nihoyatda qiziqarli va maroqli ekanligiga, kasbni to`g`ri tanlaganligiga ishonch hosil qiladi. 




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə