Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/27
tarix08.02.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#100403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
amaliyot dasturi 3 kurs

Taqrizchi: 

 
 
 
 
 
M.Mirsaburov
TerDU, “Matematik analiz” kafedrasi mudiri, fizika - matematika 
fanlari doktori, professor
 
H.To’rayev

TerDPI, “Matematika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi


dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi
Malakaviy amaliyot 
dasturi “Matematika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasining 
2022-yil “__”-avgustdagi “1”-son yig`ilish qarori bilan fakultet Kengashiga tavsiya 
etilgan. 
Kafedra mudiri
___________
 
f-m.f.f.d. PhD
N.Xurramov 
Malakaviy amaliyot 
dasturi “Matematika va informatika” fakulteti kengashining
2022-yil “26”-avgustdagi “1”-son yig`ilish qarori bilan institut Kengashiga tavsiya etilgan. 
Fakultet dekani _______________ f-m.f.n. dots O’.B. Berdiyev 
Malakaviy amaliyot 
dasturi Termiz davlat
Pedagogika instituti kengashining 2022-yil 
“27”-avgustdagi “1”-son yig`ilish qarori bilan tasdiqlangan. 
O`quv-uslubiy boshqarma boshlig
`
i ____________ prof. I.T.Xasanov 
 



 
KIRISH 
O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni Oliy talim haqidagi 
konsepsiyasi yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol shaxs qilib tarbiyalashni nazarda tutadi. 
Chunki, bugungi kunda zamonaviy yetuk mutaxassislar-nafaqat o`z sohalaridagi ilmiy bilimlarni 
mukammal egallashi, balki har tomonlama barkamol taraqqiy etgan inson bo`lib yetishishi davr 
talabidir. Bu esa mutaxassislarning ilmiy dunyo qarashi keng, hayotning turli mutaxassislarning 
ilmiy dunyoqarashi keng, hayotning turli qirralari haqida yetarli ma`lumotga ega bo`lishi orqali 
amalga oshiriladi. Inson kamoloti uning matematika, informatika haqidagi umumiy tasavvurlar
uning rivojlanish qonunlaridan nechog`lik xabardorligiga ko`p jihatdan bog`liqdir. Shuning uchun 
yosh mutaxassislar hozirgi zamon matematika, informatika fanining asosiy g`oyalari, uslublari va 
natijalari haqida rivojlanish jarayonini bilishi zarur. 
Ta`lim psixologiyasi xabar berishicha, bilimlar olinadigan, egallanadigan narsa – predmet 
emas, balki zaxmat, riyozat chekib o`zlashtirishni talab etadigan aqliy mehnat jarayonidir. Aqliy 
mehnatni tashkil etish, boshqarish va uning samaradorligini oshirishda, yoshlarda o`z faniga 
qiziqish uyg`otishda informatika o`qituvchisining roli juda katta. Shu bois, ta`lim-tarbiya tizimida 
ilm-fan taraqqiyotidan xabar berish yoshlar dunyoqarashining takomillashuvida ijobiy va samarali 
natijalar berishiga shak-shubha yo`q, desa bo`ladi. Chunki, mamlakat taraqqiyoti bevosita 
iqtidorli, istedodli yoshlar dunyoqarashi, ularning bilim darajasi, aql-idrokiga bog`liqdir. Bu 
borada bo`lg`usi mutaxassislarning Malakaviy amaliyoti keng imkoniyatlarga ega.
Malakaviy amaliyot maqsadi talabaning 
matematika
fanidan, qolaversa pedagogika va 
psixologiya hamda gigiena fanidan egallagan bilimlarini amalda qo`llay bilish, bo`lg`usi 
mutaxassisni o`rta ta`lim muassasalarida amaliy faoliyatga tayyorlashdan iborat. 
 
O’zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlardan biri milliy qadriyatlarimiz, ezgu 
g’oyalarimiz asosida mustaqil fikrlaydigan, jamiyatga munosib, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega 
bo’lgan, o’z sohasi bo’yicha raqobatbardosh yoshlarni tarbiyalashdir.
Tobora hal etuvchi kuchga aylanib borayotgan yoshlar ta’lim-tarbiyasi masalasi o’qituvchi-
pedagog zimmasiga yuklatilgan bo’lib, aynan o’qituvchi o’quvchilarda mustaqillik, kreativlik, 
faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan o’z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-
hunar tanlash, kognitivlik hamda umummadaniy ko’nikmalarini shakllantiradi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi 
bo’yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi va amalga oshirilishi, biz yashayotgan 
bugungi davrning o’zi davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakat 
atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo’shnichilik muhitini yaratishga qaratilgan puxta 
o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy siyosatni yuritish, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar 
ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millat vakillari o’rtasida o’zaro hamjihatlikni yanada 
mustahkamlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga 
ko’tarishni taqozo etmoqda.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Davlat ta’lim standartlari» 
talablaridan kelib chiqqan holda Malakaviy amaliyotning umumiy maqsad va vazifalari 
aniqlanadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Malakaviy amaliyotdan maqsad-o’quvchilarda 
bilimlar va ko’nikmalarni shakllantirish, amaliy faoliyatda qo’llash, fanlarni o’rganish va ta’lim 
olishni davom ettirishda foydalanishga o’rgatish; bilim, ko’nikmalari asosida amaliyot va tabiatga 
bog’liq jarayonlarni aniq tasavvur qilish, mantiqiy ketma-ketlikda modelini yaratish va amaliyotda 
qo’llashga o’rgatish; milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan 
oqilona foydalanish va asrab avaylash, fan va texnika ijodkorlarini hurmat qilish, ekologik hamda 
umumbashariy madaniyatni tarbiyalashdan iborat. 
4-kursda Malakaviy amaliyot 8-semestrida (fevral, mart, aprel oylari) rejalashtirilgan.
Jami: 504 soat tashkil etadi. 




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə