Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/27
tarix08.02.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#100403
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
amaliyot dasturi 3 kurs

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi
— jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va 
jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va 
huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy 
madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
Milliy va umummadaniy kompetentsiya
— vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli 
hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish, badiiy va san’at asarlarini 
tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish 
layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
 
III.
 
AMALIYOT RAHBARLARINING VAZIFALARI 
1.
 
Amaliyotning guruh rahbari: 
1).
Amaliyotchilarga bevosita rahbarlik qilishni amalga oshiradi. 
2).
Malakaviy amaliyot bo`yicha tushuntirish ishlarini olib boradi, amaliyotning 
boshlanishi va tugashiga bag`ishlangan anjumanlarni tashkil etadi va o`tkazadi: amaliyotning 
boshlanishida va oxirida maktab direktori o`tkazadigan yig`ilishda qatnashadi. 
3).
Uslubchi o`qituvchi pedagogika kafedrasi vakili, maktab direktori va o`rinbosari 
bilan birgalikda talabalarni sinflar bo`yicha taqsimlaydi, talabalarning individual (shaxsiy) 
rejalarini tasdiqlaydi va uni bajarilishini nazorat qiladi, talabalar o`tkazgan darsni va sinfdan 
tashqari mashg`ulotning tahlilini tashkil etib beradi. 
4).
Talabalarning amaliyot davrida bajargan ishlari hisoboti hujjatlarini tekshiradi va 
amaliyotda ishtirok etayotgan kafedra vakillari, o`qituvchilar va sinf rahbarlari bilan birgalikda 
amaliyotga differensiyalangan baho qo`yib chiqadi. 
5).
Amaliyotda ishtirok etayotgan o`qituvchilar bilan tushuntirish-uslubiy ishlarni olib 
boradi. 
6).
Talabalarining Malakaviy amaliyoti bo`yicha hisobot tuzadi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə