Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети


Malakaviy amaliyot maqsadi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/27
tarix08.02.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#100403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
amaliyot dasturi 3 kurs

 
 Malakaviy amaliyot maqsadi: 
Ta`limiy: 
Pedagogikaning nazariy-metodologik asoslari va milliy pedagogikaning 
mohiyati haqidagi ma`lumotlarni bilish. 
Tarbiyaviy: 
Pedagogikaning bosh masalasi tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma`no ta`lim, 
rivojlanish, ma`lumot bilan bog`langan holda barkamol insonni voyaga etkazish. 
Rivojlantiruvchi: 
O`quvchilarni sog`lom, yetuk, har tomonlama kamolga yetgan holda 
tarbiyalashda pedagogikaning o`rni va roli ahamiyati kattaligini tushunish. 
Hozirgi kunda zamonaviy pedagog qanday talablarga javob berishi kerak? Degan 
savolga ahamiyat beriladi. 
Buning uchun pedagogik mahoratga ega bo`lishi: 
birinchidan, 
dars berish mahorati;
ikkinchidan, 
tarbiyalash mahorati; 
uchinchidan, 
o`quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta`minlaydigan shaxsiy sifatlarga ega 
bo`lishi; 
to`rtinchidan, 
ta`lim 
oluvchilarning 
bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash 
mahoratiga ega bo`lishi talab etiladi. 
 
Dars berish mahorati quyidagi talablar bilan belgilanadi: 
-kasbiy layoqat va eruditsiya (bilimdonligi); 
-psixologik-pedagogik tayyorgarligi; 
-ta`lim oluvchilarni mustaqil fikrlash va yangi bilimlar olishga o`rgatish mahorati; 
-o`quv adabiyotlari shakllari va turlarini bilishi; 
-yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini egallanganligi, 
-internetning global tarmog`i bilan ishlash bo`yicha amaliy ko`nikmalari; 
-pedagog kadrlar malakasini oshirishning asosiy shakllarini bilishi; 
-ilmiy –pedagogik ijodiyot metodologiyasini bilishi; 
-pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yo`nalishlarini bilishi; 
-fanlararo aloqalardan foydalanish mahorati; 
-ritorika va notiqlik san`ati asoslarini bilishi; 
-bolalar huquqlari to`g`risidagi konvensiya, “Ta`lim to`g`rsida” gi qonun va “Oliy ta`lim 
muassasalarini 2030 yilgacha rivojlantirish” konsepsiyasidagi vazifalarni, hamda uzluksiz ta`lim 
tizimining asosiy atamalari va tushunchalarini bilishi; 
-talabalarni darsni tashkil etish va olib borish, o`quv materialini bayon etish, o`quvchilarning 
bilish faoliyatini tashkil etish, ularning bilim, malaka va ko`nikmalarini baholash, turli tipdagi 
darslarni olib borishda zarur bilim, malaka va ko`nikmalar bilan qurollantirishi; 
-talabalarni dars jarayonida ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish vazifalarini bir butunlikda qo`yish 
va amalga oshira bilishga o`rgatishi; 
-ularni ma`naviy- ma`rifiy ishlarni tashkil etish va olib borishga o`rgatishi; 
-pedagogik tajribani tahlil etish, ilg`orlar tajribalarini umumlashtirish, uni o`z faoliyatiga tadbiq 
etish malakasini shakllantirish; 
-talabalarda o`z ustida ishlash, mustaqil ta`lim olish, zarur adabiyotlarni tanlay bilish va o`rganish 
ko`nikmasini hosil qilish. 
Malakaviy amaliyot talabalarning umumpedagogik, metodik va informatika, matematika 
fanlaridan olgan nazariy bilim, malaka va ko`nikmalariga asoslanadi. 



Malakaviy amaliyot davomida talaba: 
-Matematika, algebra va geometriya fanlaridan darslarni tashkil etish va ularda o`quvchilarning 
bilish faoliyatini boshqarish; 
-o`zi va kursdoshlari, shuningdek, o`qituvchilar darslarini tahlil qilish; 
-o`quvchilar bilim, malaka va ko`nikmalarini baholash; 
-Informatika, dasturlash, axborot tehnologiyalari fanidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va 
o`tkazish; 
-ma`naviy- ma`rifiy ishlarni tashkil etish va olib borish; 
-ta`limning texnikaviy vositalaridan foydalanish; 
-sinf rahbari sifatida ish olib borish
-sinf jurnalini yuritish; 
-dars reja-konspekti, tematik, yillik va sh.k. rejalarni tuzish malaka va ko`nikmalarini egallashi 
lozim. 
Malakaviy amaliyot 4 hafta davom etadi, barcha tayyorgarlik ishlari amaliyot boshlanishidan 
oldin va sinov tadbirlari yoki undan so`ng tashkil etiladi. Bu esa, amaliyot maqsadlariga to`liq, 
erishishiga ko`maklashadi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə