Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/27
tarix08.02.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#100403
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
amaliyot dasturi 3 kurs

IV.
 
AMALIYOTCHI-TALABALARNING VAZIFALARI 
1.
Amaliyotchi-talaba ushbu dasturda ko`rsatilgan barcha ishlarni bajaradi. 
O`quvchilarga tashkiliylik, intizomlilik, xushmomalalik va mehnatsevarlik namunalarini 
ko`rsatgan holda har bir darsga va sinfdan tashqari o`tkazilayotgan mashg`ulotlarga puxta 
tayyorgarlik ko`rib kelishi kerak. 
2.
Amaliyotchi maktabning ichki tartib qoidalariga va amaliyot rahbarlarining 
topshiriqlariga amal qilishi va unga so`zsiz bo`ysunishi zarur. Amaliyotchi yuklatilgan 
vazifalarni yoki topshiriqlarni bajarmasa amaliyotdan chetlashtirilishigacha bo`lgan choralar 
ko`rilishi mumkin. 
3.
Amaliyotdan chetlashtirilgan yoki amaliyot mobaynida bajargan ishlari qoniqarsiz 
deb topilgan talabaga fakultet kengashining ruxsati bilan o`quv darslaridan ozod qilinmagan 
holda qaytadan Malakaviy amaliyot o`tish belgilanadi. 
4.
Amaliyot davrida shu maktabdagi talabalarning biri guruhga sardor etib tayinlanadi. 
Uning vazifasi talabalarni maktabga qatnashini (davomatini) hisobga olish, ularga kollektiv 
maslaxatlar va seminarlar haqidagi xabarlarni etkazish, amaliyot rahbarlarining topshiriqlarini 
bajarishdan iboratdir. 
Shuning bilan bir qatorda amaliyotchilarga quyidagi aniq vazifalar qo`yiladi: 
-
o`z mutaxassisligi bo`yicha mashg`ulotlarni olib borish malakasini egallashi; 
-
nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo`llay olishni o`rganishi; 
-
o`quv-tarbiya ishlarini mustaqil olib borish mahoratini egallashi; 
-
o`quvchilarni ma`naviy barkamol qilib tarbiyalash ishiga ijodiy yondosha olishi; 
-
maktabdagi o`quv-tarbiya ishlaridagi ilg`or tajribalarini o`zlashtirishi; 
-
o`zida ijodiy tashabbuskorlik, izlanuvchanlik, pedagogik mahorat, o`z kasbidan 
zavqlanish kabilarni mujassamlashtirishi; 
Shuningdek, amaliyotchi-talaba amaliyot davomida maktabning ichki tartib- qoidalariga 


12 
to`liq amal qiladi va quyidagilarni bajaradi: 
-
sinf rahbarining ish mazmuni, o`qituvchining mas`uliyati kabi vazifalar bilan 
tanishishi; 
-
biriktirilgan sinfga kamida 10-15 ta o`rganuvchi va shundan 3-5 ta sinov darsiga 
tayyorlanishi va o`tkazishi; 
-
tarbiyaviy ishlar bo`yicha 3-5 ta tarbiyaviy tadbir, shundan kamida 1 ta sinov 
tadbiri bo`lishi; 
-
amaliyotchi-talabalarning o`rganuvchi va sinov darslariga tahlilga kirishi hamda 
ular muhokamasida o`z fikrlari bilan qatnashishi; 
-
reja-konspekt tuzish, sinov darslari bayonnomalarini rasmiylashtirishni va sinfga
o`quvchilarga tavsifnoma hamda hisobot yozishni uddalashi talab etiladi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə