Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/27
tarix08.02.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#100403
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
amaliyot dasturi 3 kurs

VII.
 
AMALIYOTCHI-TALABA UCHUN ESLATMA 
 
1.
Malakaviy amaliyot bakalavriat o`quv rejasiga ko`ra pedagogik instituti turli 
yo`nalishlaridagi mutaxassisliklari uchun 8 semestrda 14 hafta davomida tashkil etiladi. 
Amaliyot davomida amaliyotchilar dars o`tish uchun har bir sinfga bir kishidan biriktiriladi va 
bir sinfga rahbarlik qiladi. 
2.
Amaliyotchi-talaba maktabda har kuni 6 soatdan kam bo`lmasligi va reja asosida 
ishlashi lozim. 
Amaliyotchi birinchi kundan boshlab shaxsiy reja tuzadi va kundalik yuritadi. Shaxsiy 
reja butun amaliyot davomiga yoki haftalik qilib uslubchi, fan o`qituvchisi va sinf rahbarlari 
yordamida tuziladi. O`tiladiga fan bo`yicha fan o`qituvchisi yordamida kalendar reja tuzadi, bu 
reja birinchi haftaning oxirida tayyor bo`lishi va o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari 
tomonidan tasdiqlanishi kerak. Shu bilan birga sinf rahbarlik qilish uchun sinf rahbari 
yordamida tarbiyaviy ish rejasi tayyorlaydi va ma`naviy-ma`rifiy ishlari bo`yicha direktor 
o`rinbosariga tasdiqlatadi. 
3.
Malakaviy amaliyotning birinchi haftasi passiv amaliyot bo`lib, unda 
amaliyotchilar maktab tarixi, ichki tartib-qoidalari, o`quv-tarbiya jarayoni, amaliyot davomida 
bajariladigan ishlar bilan tanishadilar va tajribali o`qituvchilarning darslarini tahlil qilib, dars 
o`tish va tarbiyaviy ishlarni olib borish yo`l-yo`riqlarini o`rganadi hamda rejalarni tuzib 
oladilar. Ikkinchi haftada aktiv amaliyot boshlanib, rejalashtirilgan vazifalarni uslubchilar, 
fan o`qituvchisi va sinf rahbari yordamida ta`lim-tarbiya ishlariga kirishadilar. 
4.
Malakaviy amaliyot davomida amaliyotchi-talaba o`z rejasi asosida: 
-
darsga va tarbiyaviy soatga hozirlik ko`radi reja-konspekt yozadi va tegishli direktor 
o`rinbosarlariga tasdiqlatadi; 
-
tajribali o`qituvchilar darslarini va tarbiyaviy soatlarini kuzatadilar; 
-
amaliyotchi-talabalarning darslarini kuzatadi, opponentlik qiladi, sinfdan tashqari 
ishlarini tahlil qiladi va ular muhokamasida qatnashadi; 
-
sinf rahbarlik qiladigan sinfni, bir faol va bir passiv o`zlashtiradigan o`quvchilarni 
pedagogik-psixologik kuzatish ishlarini olib boradi; shu asosda amaliyot so`ngida ularga 
tavsifnoma yozadi; 
-
sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qiladi, past o`zlashtiruvchi 
o`quvchilar bilan qo`shimcha mashg`ulotlar va to`garak ishlari tashkil qiladi, devoriy gazeta 
chiqaradi, ko`rgazmali qurollar tayyorlaydi, kabinetni jihozlashga yordam beradi; 
-
turli tashkilotlar va o`quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik qiladi, kino, teatr va 
muzeylarga sayoxatlar uyushtiradi; 
-
maktab bo`yicha o`tkaziladigan turli tadbirlarda faol ishtirok etadi, ya`ni pedagogik, 
metodik kengashlar, ota-onalar yig`ilishlari, bayram tadbirlari va obodonlashtirish, 
ko`kalamzorlashtirish ishlarida ishtirok etadi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə