Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Valent bog`lar usuli.Valentlikning yo`nalishi va elektronlarning gibridlanishi



Yüklə 10,23 Mb.
səhifə27/31
tarix30.05.2022
ölçüsü10,23 Mb.
#88354
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Nizomiy nomidagi toshkent davlat

20. Valent bog`lar usuli.Valentlikning yo`nalishi va elektronlarning gibridlanishi.
30-yillarning boshlarida Poling va Slayver degan olimlar Geytler va London metodini umumlashtirib uni ko`patomli molekulalarga qo`lladilar.H2 molekulasidagi 2 elektronli bog`ning harakteristikalari CH4 va shunga o`xshash ko`p atomlimolekulalardagi bogni tushuntirishga ishlatiladi.Bu usul fanda valent bog`lar usuli deb ataladi. Uning asosiy prisiplari quyidagicha:
Valent bog`lar usuli:
1.Kimyoviy bog`ni hosil qilayotgan atomlarning spinlari qarama-qarshi bo`lgan ikkita elektroni hosil qiladi. Bunda elektronlarni bulutlari bir-birini qoplaydi.
2.Kimyoviy bog` hosil qilayotgan elektronlarning bulutlari o`zaro qoplashish imkoniyati eng ko`p bo`lgan tomonga qarab yo`nalgan bo`ladi.
3.Atomning ikkita orbitalidan qaysi biri boshqa atom orbitali bilan kuchliroq qoplashga erishsa, shu bog` mustahkam bo`ladi.
Shu xulosalar asosida valent bog`lar usuli kimyoviy bg`ning yo`nalishini nazariy jihatdan tushuntirib bera oldi.Malum buldiki kimyoviy bog`ni hosil bo`lishida atomlardagigi juftlashmagan valent elektronlar ishtirok etar ekan. Valent elektronlar turlariga qarab (s,p,d va h.k.z.) fazoda malum bir tarzda yo`nalgan bo`ladilar.
Suv molekulasi misolida:

H 2O molekulasi 2ta p elektron 2ta s elektron bilan qoplanadi.


O y





X

Bog`lar orasidagi burchak 90° bo`lishi kerak





Ammiak molekulasida ham shunaqangi hodisani kuzatamiz.



Endi BeCl2 molekulasidagi kimyoviy bog`ning hosil bo`lihini qarab chiqamiz.


Valent bog`lar metodining asosiy fizik mohiyati shundaki, bunda molekulaning to`lqin funksiyasi uni tashkil etuvchi atomlarni to`lqin funksiyalari orqali tasvirlanadi.
Kimyoviy bog`ning hosil bo`lishi atomlarni erkin elektronlarining spinlarini juftlashishi hisobiga deb qaraladi. Shu asnoda valent bog`lar usuli valentlik tushunchasini kiritdi.
Molekulaning struktura formulasidagi har-bir valentlik chizig`iga ikki to`lqin funksiyasi: elektronlar koordinatlarini o`rin almashinishiga nisbatan simmetik bo`lgan fazoviy Ф(1,2) va asimmetrik bo`lgan qarama-qarshi spinli ikki elektronni tavsiflovchi spin σ (1,2) funksiyalari ko`rinishida yoziladi;
1va 2 raqamlar birinchi va ikkinchi elektronning fazoviy va spin koordinatlarini belgilaydi:

Yüklə 10,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə