Nizomiy nomidagi toshkent davlat


Mnestik jarayon haqida umumiy tavsif



Yüklə 53,02 Kb.
səhifə3/6
tarix08.06.2022
ölçüsü53,02 Kb.
#89137
1   2   3   4   5   6
Dislaliya bolalarda mnestik jarayonlarni namoyon bólishi

1.2 Mnestik jarayon haqida umumiy tavsif
Nutq vazifasi insonning muhim ruhiy vazifalaridan bir; hisoblanadi. N utq rivojlanishi jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, tafakkur qobiliyatlarishakllanadi. So'zning ahamiyati o ‘z -o ‘zidan umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu m unosabat bilan o ‘zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon qiladi. Ular aynan o'xshash emas va m a ’lum darajada bir-biriga bog'liq bo'lm agan holda paydo b o ‘ladi. Lekin bolaning ruhiy rivojlanishi jarayonida murakkab, sifat jihatdan yangi birlik nutqiy tafakkur, nutqiy fikrlash faoliyati paydo bo'ladi. Nutqiy muomala qobiliyatini o'zlashtirish o'ziga xos insoniy, ijtimoiy aloqalar uchun zamin hozirlaydi. U tufayli bolaning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari shakllandi va oydinlashadi, uni aks ettirish shakllari takomillashadi. Bolaning nutqni o'zlashtirishi uning xatti-harakatlarini anglash, rejalashtirish va tartibga solishga imkon beradi. Nutqiy m uom ala faoliyatning turli shakllarini rivojiantirish va jamoa mehnatida ishtirok etish uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi. U yoki bu darajadagi nutq buzilishlari (nutq buzilishlarining xususiyatiga bogMiq holda) bolaning barcha ruhiy rivojlanishlariga salbiy t a ’sir etadi, uning faoliyatida, yurish-turishida aks etadi. O g‘ir nutqiy buzilishlar aqliy rivojlanishga, ayniqsa, bilish faoliyati oliy darajalarining shakllanishiga ta ’sir etishi m umkin. Bu nutq va tafakkurning chambarchas bogMiqligi, ijtimoiy, jum ladan nutqiy aloqalarning cheklanganligi bilan bogMangandir. Bu jarayonda bolaning atrof-muhitni idrok etishi amalga oshadi. Nutq buzilishi, nutqiy muomalaning cheklanganligi bola shaxsining shakllanishiga salbiy ta ’sir ko‘rsatishi, aslida boMmagan ruhiy buzilishlarni, hissiy-irodaviy sohaning o‘ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqarishi, uning xarakteridagi salbiy faziiatiar (tortinchoqlik, q a t’iyatsizlik, odamovilik, salbiylik, nom ukam m allik tuyg‘usi)ning rivojlanishi uchun y o ‘l ochib berishi mumkin. Bularning barchasi savodxonlikni egallashga, um um an o ‘zlashtirishga, kasb tanlashga salbiy ta ’sir ko'rsatadi. D em ak, logopediya fanining ahamiyati bolaning nutqiy buzilishini bartaraf etish, shu bilan birga uning m ukam m al, har tom onlam a rivojlanishini ta ’minlashdan iboratdir Logopediya boshqa fanlar bilan chambarchas bogMangandir. Shaxsga har tom onlam a ta'sir ko‘rsatish, nutq buzilishini bartaraf etish va oidini olish bilan om ilkorona shug‘ullanish uchun nutqdagi nuqsonlarning belgilarini, ularning etiologiyasi, mexanizmlari, nutq faoliyati buzilishi tarkibidagi nutqiy va nutqsiz belgilar munosabatlarini bilish kerak. Bu logopediyaning boshqa fanlar bilan boMadigan aloqasini belgilaydi. Tizimlar ichidagi va tizimlararo aloqalar bor. Tizim ichidagi aloqalarga pedagogika hamda maxsus pedagogikaning turli sohalari: surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenpedagogika, umumiy va maxsus psixologiya bilan boMadigan aloqalari kiradi. Tizimlararo aloqalarga esa tibbiy-biologik va tilshunoslik fanlari oMtasidagi aloqalar kiradi. Logopediya umumiy anatomiya va fiziologiya, nutq mexanizmlari, nutq jarayonining bosh miyada tashkil etilishi haqidagi, nutq faoliyatida ishtirok etadigan analizatorlarning qurilishi va harakatga kelishi haqidagi bilimlardan foydalanadi. N utq buzilishi m exanizm larini tushunish tuzatish jarayoni qonuniyatlarini aniqiash uchun oliy ruhiy funksiyalarning dinamik lokalizatsiyalanishi to ‘g ‘risidagi, nutqning ongda shakllanishi borasidagi bilimlarni egallash kerak boMadi. Nutq murakkab funksional jarayondir. Uning asosida muloqot jarayonidagi til belgisi tartiblaridan qoMlanish yotadi. Tilning murakkab tizimi 6 uzoq muddatli ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli boTib, u bola tomonidan nisbatan qisqa m uddatlarda o ‘zlashtirib olinadi. Nutqiy tizim bosh miya a ’zolarining faoliyatiga asoslanadi. Ulardan har biri nutq faoliyatining o ‘ziga xos vazifasini bajaradi. A. R. Luriya miya faoliyatini uchta funksional blokka ajratadi. Birinchi blok — bosh miya p o ‘stlog‘i osti (yuqori stvol va limbik oblast) haqidagi bilim larni o ‘z ichiga oladi. U bosh miya qatlami tonusining normalligi va uning tetiklik holatini ta ’minlaydi. Ikkinchi blok — orqa miya qatlami katta yarimsharlari b o ‘laklarini o ‘z ichiga oladi, tashqi dunyodan olingan sezgi axborotlarini qabui qiladi, qayta ishlaydi va saqlaydi. U bilish (gnostik) jarayonini amalga oshiradigan asosiy miya apparati hisoblanadi. Uning tuzilishi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi doiralarga ajraiadi. Birlamchi doira — miya qatlamining proyeksion doiralaridir, uning neyronlari juda ham yuqori darajada o ‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ularda alohida sezgi a ’zolaridan sezgi axborotlarini qabul qilish hodisasi yuz beradi. Miya qatlami apparatlarining birlamchi doiralari ustidan ikkilamchi doiralar qurilgandir. U lar birlamchi doira orqali olingan q o ‘zg‘alishlarni tahlil qiladi. Ikkilamchi doiralar birlamchi doiralar kabi, o'zining ixtisosiy modalligi (ko'rish, eshitish va boshqa doiralar)ni saqlaydi. Birlamchi va ikkilamchi doiralar u yoki bu analizator (ko'rish, eshitish va boshqalar)ning bosh miya qatlami birikmasini o ‘zida nam oyon etadi. U chlam chi doiralar analizatorlarning miya qatlami b o ‘linmalarini o ‘zgartirish doiralari hisoblanadi. U lar turli modallikda olingan sezgi axborotlarini tahlil, sintez, integratsiya qilish vazifasini o ‘taydi. Ularning faoliyati asosida sintezlnrning beqaror va tashqi darajasidan simvolik darajaga, e ’tiborini qaratish munosabatlari, murakkab logik-grammatik so'zlar qurilishi haqidagi bilimlar bilan ish k o ‘rishga o ‘tish sodir bo'ladi. Uchinchi blok — katta yarimsharlar qobig'ining oldingi b o ‘limlari (m otor, m o to r oldi va old frontal soha) doirani o ‘z ichiga oladi. Bu blok inson faoliyatini rejalashtirish, moslashtirish va nazorat qilishni ta ’minlaydi. U , shuningdek, miya qobig‘i ostidagi a ’zolar faoliyati barcha tizimlarning tonusi va tetik holatini ular faoliyati oldiga qo'yilgan vazifalarga muvofiq moslashtirishni amalga oshiradi. Nutq faoliyati barcha bloklarning birgalikda ishlashi natijasida vujudga keladi. Shu bilan birga har bir blok nutq jarayonida alohida, maxsus o ‘ziga xos xususiyati bilan ishtirok etadi. Nutqning akustik belgilarini ajratib ko‘rsatish va differensiyalash nutqeshitish analizatori kortikal apparatlarning analitik-sintetik faoliyati bilan ta ’minlanadi. Bunga miya qobig'i markaziy va old m otor quyi bo'linmalari sohasi bilan bog‘liq bo'lgan bosh miya qobig‘i (Vernike doirasi)ning so‘l yuqori ikkilamchi qismlari kiradi. N u tq aktining artikulatsiyalashuvi, m otor tashkil etilishi jarayoni nutq 7 apparati muskullarining murakkab tuzatuv ishini maxsus muvofiqlashtirish asosida amalga oshiriladi. N utq aktining m otor quyi yigMndisi markaziy qismlarning ikkilamchi bo ‘limlari (kinestetik apparat) va chap o ‘ram qismining quyi b o ‘limlari (kinetik apparat) bilan t a ’minlanadi. Markaziy qismda nutq apparati muskullaridan yuboriladigan kinestetik sezgilar analizi sodir b o ‘ladi. 0 ‘ram qismida esa nutq aktining m o to r dasturi tashkil etiladi, qator nerv impulslari, bir harakatdan ikkinchi harakatga yengil o ‘tish imkoniyatini ta ’minlovchi kinestatik m odellar yaratiladi. N utq biriiklarini tanlanish va ularning kompensatsiyalashuvi, m a ’noning nutq ko‘rinishiga aylanish jarayoni bosh miya qobigMning eng yuqori darajada shakllanishidir. U, ya’ni nutq bosh suyagi old va ustki qismi uchlamchi boMinmalarining aralashuvisiz hosil b o ‘lmaydi. Bosh miya qobig‘ining uchlamchi b o ‘limlari birtekisda qabul qilinadigan akustik-motoraxborotlarining fikrlash sxemasi va obrazlariga o'tkazilishini ta ’minlaydi. Miya qobig‘ining ustki qismida, shuningdek, keng aloqalarni anglatuvchi sxema ham shakilanadi. Yozma nutq jarayonida ham bosh miya qobigMning ensa va ensatepa qismlarining turli boMimlari ishtirok etadi. Shunday qilib, nutq jarayonida bosh miya qobig‘ining turli qismlari turlicha ishtirok etadi. Bosh miya qobig'i qaysidir qismining jarohatlanishi nutq faoliyati buzilishining o ‘ziga xos alomatlariga olib keladi. N utq jarayonining miyada amalga oshishi haqidagi m a ’lum otlar nutq faoliyati buzilishining etilogiyasi va m exanizm lari t o ‘g ‘risidagi tasavvurlarni aniqlashtirishga imkon beradi. Bu m a ’lum otlar bosh miyaning lokal jarohatlanishidagi nutq buzilishlarining turli shakllarini (afaziya) differensial diagnostikasi uchun juda muhim boMib, bem orlar nutqini tiklash ustida samarali logopedik ish olib borish imkonini beradi. Logopediya otorinolaringologiya, nevropatologiya, psixopatologiya, oligofreniya klinikasi, pediatriya bilan uzviy bogMangandir. Jumladan, nutq va eshitish a ’zolarining patologiyasi (masalan, tovush buzilishida) nafaqat buzilishlar etilogiyasini aniqlashga, balki tibbiy t a ’sir ko'rsatish bilan boMadigan logopedik ishlarni to ‘g ‘ri qo'shib olib borish uchun ham imkon beradi. Masalan, tovushning buzilishi qisman hiqildoq va tovush burishiqlari (g‘urralar, tugunchalar, papillomalar, tovush burmalarining chandiqqa aylanishi va boshqalar) ning turli organik jarohatlanishidan hosil boMishi m umkin. Bunday hollardagi tovush buzilishining tovush apparati fiziologik ishini normallashtirmay turib davolash mumkin emas. Bu dori-darm on, jarrohlik, fizioterapiya, psixoterapiya uslubida ta ’sir etish bilan t a ’minlanadi. N u tq buzilishining k o ‘pgina turlari markaziy asab tizimining organik shikastlanishi bilan bogMiq boMib, u logoped va nevropatolog-shifokor yoki psixonevrologning hamkorlikda ishlashi bilan aniqlanishi mumkin. N utq buzilishi hollarida ruhiy faoliyatning turli buzilishlari: ruhiy 8 rivojlanishda orqada qolish, o ‘zini tutish va his-hayajon hollaridagi buzilishlar, d iq q a t-e ’tibor, xotira, aqliy faoliyat buzilishlari k o ‘zga tashlanishi m um kin. N u tq buzilishlarini ularning paydo b o ‘lish mexanizmlari tahlili, markaziy asab tizimi buzilishlari bilan bog‘liq b o ‘lgan, birlamchi va ikkilamchi ruhiy faoliyati ishlarining hammasi psixonevrologshifokorning xizmat doirasiga kiradi. Psixonevrolog-shifokor bolaning aqliy jihati haqida xulosa chiqaradi, nutqiy kamchiligini tibbiy jihatdan aniqlaydi, talab etiladigan davo choralarini q o ‘llaydi. N u tq buzilishining ko‘pgina ko‘rinishlari miya rivojlanishining barvaqt sekinlashuvi bilan bog‘liq. Bunday hollarda logopedik ish markaziy asab tizimini maxsus dori-darmonlar bilan davolash orqaligina samara berishi mumkin. Bunday davoni psixonevrolog-shifokor belgilaydi. Ayrim p aytlarda nutq buzilishlari his-hayajonli q o ‘zg ‘alishning kuchayishi natijasida sodir b o ‘ladigan harakatdagi notinchlik bilan q o ‘shiladi. Bunda bola maxsus davolangunga qadar logopedning ishi besamara boMaveradi. N u tq n in g a lo h id a k o ‘rinishdagi b u zilish larig a, m asalan, duduqlanishning ayrim turlari, mutizmga yoki keskin ruhiy iztiroblar — q o ‘rqish, hayajon, ko'nikkan muhitning almashinishi (yaqin kishilaridan ayrilish) va boshqalar sabab boMishi mumkin. Ularning paydo boMish vaqtida bola tegishli kun tartibi va davoga muhtoj boMadi; faqat psixonevrolog-shifokor va logopedning hamkorlikda ish olib borishi uning sog‘ayib ketishiga zam in hozirlaydi. Bu m aM umotlarning ham m asi shundan dalolat beradiki, logopediya pedagogik fan hisoblangani bilan u o‘z oldidagi vazifalarini faqat tibbiyot fanlari va avvalo, nevropatologiya hamda bolalar psixologiyasi yordamida muvaffaqiyatli bajarishi mumkin. Anomal bolalarni, shu jum ladan, nutqi buzilgan bolalarni ham o'qitish va tarbiyalash nazariyasi asab tizimi tuzilishi, uning rivojlanish xususiyatlari va vazifalari haqidagi bilimlar asosiga quriladi. Logoped nutq buzilishining nevrologik asoslarini bilishi, bolalar psixopatologiyasi masalalarini tushunishi kerak. Unda oligofreniya va ruhiy rivojlanishning tormozlanishi, harakat va his-hayajonli buzilishlarda n am oyon boMadigan, bolalardagi ruhiy buzilishlarning eng k o ‘p uchraydigan shakllari haqida ham ta sa w u r boMishi lozim. Bu bilimlar unga nutq buzilishining sabablarini t o ‘g ‘ri aniqlashda, tuzatishning samarali metodlarini tanlashda, bolani o'qitish va tarbiyalash hamda uning nuqsonli rivojlanishini oidini olishda yordam beradi. Nevropatologiya, psixologiya, oligofreniya klinikasi, eshitish, ko‘rish, nutq a ’zolari patologiyasi bilan aloqada boMish nutq buzilishini farq qilgan holda tashxis qilish uchun zarurdir. Shundan kelib chiqadigan boMsak, sensor alaliya va eshitishning pasaygan hollaridagi nutq buzilishlarini aniqiash, eshitish faoliyatini chuqur tekshirishni talab qiladi; oligofreniya va alaliya hollaridagi nutq buzilishlarini belgilash ruhiy va sensomotor rivojlanish xususiyatlarini, intellektning ahvolini aniqlashsiz boMmaydi. 9 Tibbiyot fanlaridan m a ’lu m o tlar logopedga nutq buzilishining rnexanizmlari, etilogiyasini o ‘rganishgato‘g‘ri yondashish uchun yordam beradi, nutq buzilishlarining turli ko'rinishlarini bartaraf etishda diagnostika va differensiyalashgan logopedik ta ’sir etish masalalarini to ‘g‘ri hal etish imkonini yaratadi. Bolalarni turli tipdagi maxsus muassasalarga to ‘g ‘ri tanlash ham tashxis qo'yishga bog‘liqdir. Logopediya tilshunoslik va psixolingvistika bilan uzviy bog'langan. Nutq tillar birligining turli darajasi va ularning amal qilish qoidalaridan foydalanishni ham nazarda tutadi. Ular har xil buzilishlarda turlicha buzilishi mumkin. Bolaning til normalarini o'zlashtirib olish qonunlari va izchilligini bilish logopedik xulosalarni aniqlashtirishga yordam beradi, logopedik ta ’sir etish tizimlarini ishlab chiqish uchun zarur b o ‘ladi. Zam onaviy logopediyaning tizimli nutq buzilishini o ‘rganish va bartaraf etishda L.S. Vigotskiy, A.R. Luriya, A. Leontevning nutq faoliyatining murakkab tuzilishi, idrok jarayonlari va nutq aytish samarasi haqidagi ta ’limotiga asoslanuvchi psixolingvistika m a ’lumotlari keng qo‘llaniladi. Nutqni idrok etish va uning samaralari turli operatsiyalarni qamrab oladigan, murakkab ierarxik qurilishga ega bo'lgan ko‘p darajali jarayonlardan iboratdir. Nuqt hosil b o ‘lish jarayonining har bir darajasi, harbiroperatsiyasi o ‘zining lug'atiga, birliklarni birlashtirish sintaksisiga ega. N utq buzilishlarini o'rganishda nutq hosil b o ‘lish operatsiyalaridan qaysi biri buzilganligini aniqlash muhimdir. Logopediyada A.S. Vigotskiy, A. Leontev, T.V. Ryabova tom onidan ishlab chiqilgan nutq hosil b o ‘lish modellaridan foydalaniladi. A.S. Vigotskiy fikr bilan so‘z oralig‘idagi m unosabatni fikrdan so'zga va aksincha, harakat jarayoni deb qarar, harakatning quyidagi jihatlarini ajratib ko‘rsatar edi: motiv-fikr-ichki nutq-tashqi nutq; nutqning tashqi (jismoniy) va semantik (ruhiy) jihatlari farq qilardi. Tashqi nutqda grammatik va semantik (ruhiy) qurilishlarning o ‘zaro munosabatlari ko‘zga tashlanadi. Ichki nutq semantik jihatdan tashqi nutqqa aylanish strukturasi hisoblanadi. L. S. Vigotskiy ichki nutqni chuqur tahlil qildi, uning o ‘ziga xos xususiyatlarini ochib berdi. A.A. Leontev, L.S. Vigotskiy bayon qilgan nutq jarayoni qurilishiga asoslanib, nutq paydo bo'lishining quyidagi jarayonlarini ajratadi: motivfikr (nutq intensiyasi), ichki rejalashtirish, leksik kuchaytirish va grammatik konstruksiyalash, motor ishlab chiqarish, tashqi nutq. Leksik-grammatik kuchaytirish bosqichi o ‘z rnexanizmlari bilan ajralib turadigan ikkita operatsiyani o ‘z ichiga oladi: sintaksis konstruksiyaning paydo boiish ishi ham da uning til darajasidagi alohida til kodlari va boshqalarda amalga oshiriladigan leksik to'ldirish. Shundan so'ng motor ishlab chiqarishi davom etadi. Misol uchun, alaliyani o ‘rganishda psixolingvistik yondashish ana 10 shu nutq buzilishi mexanizmini chuqur ochishga, nuqsonning tuzilishini aniqlashga, bu buzilishni til buzilishi deb belgilashga imkon beradi. Afaziya paytidagi xilma-xil idrok operatsiyalari turli shakllarda nutqning buzilish xususiyatlarini aniqlab olishga imkon beradi. Psixolingvistik yondashish nutq buzilishlarini tuzatish yuzasidan olib boriladigan logopedik ishlarning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Logopediya umumiy, maxsus psixologiya va psixodiagnostika bilan chambarchas bogMangandir. Logoped uchun bolaning ruhiy rivojlanish qonuniyatlarini bilish, turli yoshdagi bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish metodlarini bilishi muhimdir. Logoped ana shu metodlardan foydalanib, nutq buzilishi turli ko'rinishlarini tabaqalashtirish va ularni intellektual yetishmovchilik, his-hayajonli va harakat jarayonidagi zaiflashuvlar bilan bogMiq boMgan nutq buzilishlaridan ajrata oladi. Psixologik bilimlar logopedga nafaqat nutq nuqsonining o ‘zini, balki undan ham oldin bolani ko'rishga, uning nutqiy buzilishining ruhiy rivojlanishidagi m uhim jihatlar bilan boMadigan o ‘zaro aloqasini um um an to ‘g ‘ri tushunishga yordam beradi. Bu bilim unga turli yoshdagi bolalar bilan aloqa bogMashga, ularning nutqi, nutqidagi xalaqit beruvchi omillar, xotirasi, d iq q a t- e ’tibori, in te lle k ti, o 'z in i erkin yoki his-hayajonli tutishlarini tekshirishda m a ’qul m etodlarni tanlab olishga, shuningdek, m a ’lum yoshdagi bola faoliyati ustidan logopedik ish olib borishga ko’maklashadi.


Yüklə 53,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə