Nizomiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 53,02 Kb.
səhifə2/6
tarix08.06.2022
ölçüsü53,02 Kb.
#89137
1   2   3   4   5   6
Dislaliya bolalarda mnestik jarayonlarni namoyon bólishi

Kurs ishining vazifasi; Bolalarda nutq buzilishlarining turlari, sabablarini o'rganish va tahlil qilish yo'llarini yoritish.
Kurs ishining obyekti ; nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar ;
Kurs ishining metodologik asoslari;O’zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida“gi Qonun ”Bolalar huquqlarini himoya qilish xalqaro Konvensiyasi” ishimizning metodologik asosi bo’lib hizmat qiladi.
Ushbu kurs ishi Kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I Bob. Muammoni órganishning nazariy va amaliy asoslari
1.1 Dislaliyali bolalarda mnestik jarayonlarni namoyon bólishining óziga xosligi.
Noto‘g‘ri talaffuz nutq kamchiligi haqidagi birinchi m a ’lum otlar qadimgi grekolimlari Plutarx, Gippokrat, Kladiya, G alen vaboshqalaming ishlarida bayon qilindi. Y uqoridagi m ualliflar noto‘g‘ri talaffuzni davolashni talab qiluvchi kasallik deb qaraydilar. Ularning fikricha, tovushlami noto‘g‘ri talaffuz qilish til, lab, qattiq va y u m sh o q tanglayning zararlanishi bilan bogMiq deb ko‘rsatadilar. 0 ‘rta asrga kelib, dislaliya haqida yangi fikrlar paydo boMmay, qadimgi davr ilmiy g‘oyalari takrorlanadi. Tarixning keyingi davrlarida (ya’ni, 16—18- asrlarda) italyan professori Merkurialis (1588), nemis fiziologi Alberxt Fon G allem ing ishlari paydo boMdi. U lar ham tili chuchuklikni (dislaliyani) periferik nutq apparati tuzilishidagi kam chiliklar natijasi deb qaraydilar. Merkurialis bu kamchilikni davolash usulining eng mosi deb xirurgik terapiya deb hisoblaydi. G alleresa talaffuzdagi kamchiliklami m ashqlar orqali davolash fikrini ilgari suradi. Keyinchalik bu fikr fransuz aktyori J. Talm a (1764— 1836) ishlarida ham o ‘z aksini topadi. Shunday qilib, XIX asrgacha tili chuchuklikning mohiyatini artikulatsion organlar ishidagi mexanik buzilishlarga bog‘lab o ‘rganganlar. Chunonchi, bu davrlarda tili chuchuklik "duduqlanish" deb nomlanuvchi nutq buzilishining umumiy guruhidan ajratilmagan edi. Nutqdagi talaffuz kamchiliklarini ilmiy tasnif birinchi urinishlar XIX asrning boshlarida boshlandi. Tili chuchuklik mustaqil nutq kamchiligi qilib ajratilgandan so‘ng, uning tabiatini o‘rganish rivojlanib bordi. 1878-yilda Koen mexanik dislaliya bilan bir qatorda funksional dislaliyani ajratib ko‘rsatdi. Uning fikricha, funksional dislaliyaning kelib chiqishining asosiy sababi, bu — taqlid va n o to ‘g ‘r* nutqiy tarbiyadir. Shunday qilib, organik va funksional tili chuchuklikni bir-biridan chegaralashga urinishlar yuzaga keldi. Shu yillarda bulbar va psedobulbar falajlanish natijasida kelib chiqadigan nutq buzilishlari haqidagi ishlar paydo b o ‘ldi. Ular markaziy nerv tizimining m a ’lum darajada zararlanishi oq ib atid a ham tovushlar talaffuzida kamchiliklar bolishini ko‘rsatdilar. Bu ishlar nutq nuqsonlarini tushunish doirasini kengaytirdi va shu bilan nutqning tovush tomoni kamchiliklari haqidagi bilimlami rivojlantirishga yordam berdi. 1879-yilda A. Kussmaulning "Rasstroystva rechi" kitobi bosilib chiqdi. Unda birinchi marta nutqning fonetik buzilishlari haqidagi fikrlar bayon etildi. A. Kussmaul tili chuchuklikni organik va funksional formalarga ajratdi. Organik buzilishlarga A. Kussmaul periferik nutq apparatining rivojlanishdagi kamchiliklami kiritadi (mexanik dislaliya). Funksional dislaliyaga noto‘g ‘ri nutqiy tarbiya va nutq apparatida mashqlam i, y a ’ni harakatning yetishmasiigi oqibatida kelib chiqadigan nutq kamchiliklarini kiritadi. A. Kussmaul tom onidan birinchi marta ayrim tovushlartalaffuzidagi kamchiliklarni ifodalovchi terminlar kiritildi: rotatsizm-pararotatsizm, lam bdatsizm -paralam bdatsizm , sigmatizm— parasigmatizm va hokazo. Shunday qilib, A. Kussmaulning xizmatlari shundaki, u dislaüyani dizartriyadan ajratdi va dislaliyaning funksional va mexanik shakllarini ko‘rsatib berdi. A. Kussmaul tomonidan berilgan yuqoridagi fikrlar hozirgi kunga qadar o ‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q. Bu kamchiliklarni davolashda A. Kussmaul xirurgiya va didaktik usullarni tavsiya etadi. Keyinchalik nutqning tovush tom onidagi kamchiliklar ustida Rossiyada A. Andres, Fransiyada Leguve Sherven, Germaniyada G. Gutsmanlar ishladilar. Tovush buzilishilarining xarakteri haqidagi fikrlarning rivojlanishida rus va chet el lingvistlarining, psixolog va fiziologlaming hissasi katta bo'ldi: V. A. Bogoroditsskiy (1909), L. V. Herbn (1912), D. P. Yenko (1913), B oduen (1971), A. A. Shaxmatov (1915), L. V. Varshavskiy, I. M. Litvak (1935), N. I. Jinkin (1958) va hokazo. Tili chuchuklikning tabiatini o ‘rganish, uning xarakteri va mexanizmi jihatdan alohida turlarini ajratish, bu kamchilikni bartaraf etishning difïerensial usullarini ishlab chiqilishiga olib keldi. XIX asr boshlarida tovushlartalafTuzidagi kamchiliklarni artikulatsion mashqlar yordam ida bartaraf etish rivojlandi (J. Telma 1817-y. Pualson 1892-y.). "Dislaliya" terminini Yevropada birinchi bo‘Iib Vilnyus universitetining shifokori proffesor I. Frank ilmiy muomalaga kiritgan. 1827-yilda chiqqan m onografiyada, u bu term inni umumlashtirilgan m a’noda talaffuz buzilishlarining h am m a turlarini turli etiologiyalarini nomlashda qoMladi. 1. Franklin farqli ravishda birmuncha tor m a’noda, bir qancha kechroq, XIX asrning 30-yillarida shveysariya shifokori R. Shultess ham o ‘z ishlariga "dislaliya" terminini kiritgan. U dislaliyaga faqat talaffuz buzilishlarini (artikulatsion organlarining anatomik nuqsonlari sababli) kiritdi. A. Kussmaul tasnifida ham Shultessni shunday qarashlari ta ’kidlangan, shunday dislaliya tushunchasi bilan biz Gutsman ishlarida ham tanishamiz. Polyak tadqiqotchisi V. Oltushevskiy dislaliyaga talaffuz buzilishini nutq apparatini anatomik nuqsonlari bilan bogManmagan hollarini kiritadi. U dislaliyaning ikkita formasini ko‘rsatgan: funksional va eshitish qobiliyatini pasayishi bilan bogMiqlikni. Artikulatsion apparatida patologik o ‘zgarishlar sababli talaffuz nuqsonlari b o ‘lishini u "dislossiya" termini bilan belgiladi va bu nuqsonni qaysi artikulatsiya bo‘limi buzilgan boMganligiga qarab to ‘rtta turini ajratdi: labning, tilning, tishning, tanglayning. Sobiq Sho'rolar davri logopediyasida XX asrning boshlarida dislaliya tushunchasi A. Kussmaul va Gutsm anning ishlaridan farq qilmasdi. Lekin 30—50-yillarda bu tushuncha am aliy o ‘zgarishlariga d u c h keldi. M.Ye. Xvatsev dislaliyani tutilib gapirishning bir formasi deb ko‘rdi (shu umumlashtirilgan terminga talaffuzning h am m a tu r buzilishlari kiritilgan). U bunga periferik nutq organining buzilishi kiritgan: suyak-kemirchakmuskullarqism lar yoki "ulaming periferik innervatsiyasi", h a m d a periferik qulog'i og‘irligi sababli tovush talaffuzining buzilishi. U 10% dan kam bo'imagan dislaliya hollari shu nuqson bilan bogliq deb hisoblangan. M.Ye. Xvatsev dislaliyani uchta formasini ko‘rsatadi: nutq organ-larini qo'pol anatom ik nuqsoniari bo'tgan m e x a n i k (tanglay yoriqlari, til osti yuganehasining kaltaligi); periferik quloq og‘irligi, ja g ‘ va tishlar anatomiyasi, shuningdek, til va tanglay, lab anomaliyasi bilan bog'iiq b o ‘!gan o r g a n i k, yumshoq tanglay muskullarining b o ‘shlig‘i, til uchi egiluvchanligining yetishmasligi, nafas chiqarayotgan havo oqimining sustligi sababli kelib chiqadigan funksional formasi va boshqalar. 50-yillarning boshlarida A.M. Smirnova katta klinik material asosida M.Ye. Xvatsev taklif qilgan tasnifdan sezilarli darajada farq qiladigan talaffuz nuqsoniari tasnifini nashr qiladi. Shu vaqtning o ‘zida O.V. Pravdina dislaiiyaga boshqacha talqin beradi: ayrim hollarda faqat eshitish nuqsoniari bilan bog'iiq bo lg an buzilishlar bo'ladi deydi. Bunda M.Ye. Xvatsevdan farqli ravishda u dislaliyani faqat ikkita formaga ajratdi: funksional va mexanik, keyingisiga (mexanika) rinolaliya ham kiritilgan edi. Keyinchalik, 60-yillarda S.S. Lyapidevskiy va B.M. Grinshpun ishlarida talaffuz nuqsonlarini dizartriya va dislaiiyaga b o ‘lishni, umumlashtirilgan "tutilib gapirish" terminidan um um an voz kechishni taklif qilganlar. Shu yilning o ‘zida S.S. Lyapidevskiy va B.M . G rinshpun ishlarida rinolaliya mexanik dislaliyadan ajratilib, alohida nutq kamchiligi deb qaralgan. Bu aniqlik dislaliya tushunchasini toraytirdi va uni yanada aniqroq qildi. Keyinchalik dislaliyani funksional va mexanik dislaiiyaga bolinishi ko‘pchilik mualliflar ishlarida ham ajratildi. Faqat ayrim ishlarda organik dislaliya eslatib turildi, lekin ham m a mualliflar ishlarida bu termin m azm uni birxil emasedi: Ye.F. Rau va V.A. S in y a k o ‘z ishlarida "organik dislaliya" terminini mexanik dislaliya terminiga almashtirilgan. L.V. Melexova ishlarida esa "organik dislaliya" tushunchasi bilan dizartriya va dislaliya orasidagi o ‘tish hollarida talaffuz buzilishi deb belgilangan. Keyingi vaqtlarda bunday buzilishlar siyqalangan dizartriya deb aniqlandi. Hozirgi davrda "dislaliya" termini xalqaro xarakterga ega b o ‘ldi (uning mazmuni hamda u aniqlagan buzilish turlari doim o m os kelmasa ham). Bu kelishmovchilik buzilishlarni aniqlashda tadqiqotchilarning qanday ta ’riflashni asos qilib olishiga bog‘liq: anatomo-fiziologik, psixologik yoki lingvistik. Klinik mezonlami odat bo'yicha ta ’riflashda dislaliya turlarini turli talaffuz buzilishlari ko‘pincha qator qo‘yilgan deb ko‘riladi. Psixologik va lingvistik mezonlar asosiga q o ‘yilgan dislaliya tushunchasiga, goh uning turli form a va turlari, goh fonetik va fonetiko-fonematik talaffuz buzilishlari kiritiladi (masalan, R.Ye. Levina ishlarida). Hozirgi davr ilmiy qarashlarning tanqidiy analizi dislaliya haqida logopediyaga kiritilgan tasawurlarni qayta qurib chiqishni talab qiladi. Kishilar o ‘rtasidagi muomalaning asosiy vositasi nutq hisoblanadi. Inson n u tq yordamida o ‘z fikrini, his-tuyg‘ularini izhor qiladi, ham da boshqalarning hissiyotlarini bilib oladi. Demak, nutq faoliyati aloqa o ‘rnatish vositasidir. Inson nutqi tovushlari muayyan ahamiyatga egadir. 4 - 5 yoshli bolalaming ko‘pchiligida tovushlartalaffuzi til normadagiga yaqinlashgan bo‘ladi. Ayrim bolalar tovushlami buzib talaffuz etadilar. Ular bir tovushni ikkinchi tovushdan farq qila olmaydilar, ayrim tovushlami talaffuzda qo‘l!ay olmaydilar, yoki nutqda boshqa tovushlarga almashtiradilar. Bu holatlar dislaliya termini bilan ataluvchi nutq buzilishining yuzaga kelishiga sabab boladi. Dislaliya termini grekcha s o ‘zdan olingan boMib, dis - buzilish, lalia — nutq degan m a ’noni anglatadi. Dislaliya nutq buzilishlari orasida eng ko‘p tarqalgan kamchilikdir. Y e.F . R au m a ’lum otiga k o ‘ra, tovushlar talaffuzidagi kam chiliklar m aktabgacha yoshdagi bolalarda 15 - 20% ni, kichik maktab yoshdagi bolalarda 5 — 7% ni tashkil e tar ekan. M .N . Aleksandrova m a ’lumotiga ko‘ra Rossiyada 5—6 yoshli bolalarda sirg'aluvchi tovushlar (s, z, s) 23%, shovqinli tovushlar (sh, j) 24%, afrikat tovush (ch) 13%, "r" tovushi 26%, "1" tovushi 10%, jaranglilar 4,5%, "y" tovushi 1,5%, til orqa tovushlar 1% ko‘rsatkich!arda noto‘g ‘ri talaffuz etilishi ko‘rsatiladi. M. M. Aleksayeva m a ’lum oti bo'yicha 5 yoshli bolalarda sirg‘aluvchi tovushlar (5, z, 5) 17,3%, shovqinli tovushlar (sh, J) 60,4%, "r" tovushi 46,7%, tovushi esa 7,2% tashkil etar ekan. R. B ekker m a’lumotiga ko‘ra, Germ aniyada dislaliya hodisasi 5 — 6 yoshli bolalam ing 34% uchrar ekan. K. Onezora dislaliya u m u m ta ’lim maktabi o ‘quvchilarining 18,5% ida kuzatilarekan. Miloslav Zimeenning Pragadagi bolalar bog‘chasida olib borgan tekshirishlariga ko‘ra, dislaliya quyidagi raqamlarni tashkil etgan: 3 - 4 yoshli bolalarda 69%, 4 -5 yoshlilarda 58%, 5—6 yoshli bolalarda 46%, 6—7 yoshlilarda esa 37%. 0 ‘zbekistonda M. Ayupova m a’lumotiga ko‘ra 5 yoshli bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar 41,5%, 6 yoshli bolalarda esa 22,9% ni tashkil etadi. M. Ayupova m a’lumoti b o ‘yicha 5 yoshli bolalarda sirg'aluvchi (s, z) 32,1%, shovqinlilar {sh, j) 38,4%, "r" tovushi talaffuzida 60,7%, til orqa tovushlari 25%, chuqur til orqa tovushlari (q, g‘) 7,1%, V tovushi 5,4% tashkil etgan. Hozirgi vaqtda dislaliya nutq apparat inervatsiyasi saqlangan va eshitish normada boMganda tovushlar talaffuzidagi kamchilik deb talqin etiladi. Htiologikl belgilarga ko‘ra dislaliya ikki shaklga b o ‘linadi: m ex an ik (organik) va funksional dislaliya. Tovushlarni n oto‘g ‘ri talaffuz etish ona tilida h am m a tovushlarda uchratish mumkin. Tovushlar talaffuzining buzilishi asosan artikulatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bolgan: sonor (r, /), sirg‘aluvchi (í, z,) va shovqinli (sh, j, ch), til orqa (k, g) tovushlarida uchraydi. 86 Bolalarga tovushlar talaffuzining buzilishi tovushlami nutqda yo'q lig i, ulami buzib talaffuz etish va bir-biri bilan almashtirish hollari bilan namoyon boladi. Bu holatlarning har birini batafsil ko ‘rib chiqam iz. N u tq d a tovushlarning y o ‘qligi ulaming so‘zning boshida (masalan, ra n d a so zi 0‘rniga bola "anda"), so‘zning o 'rtasida (tarvuz - "tavuz"), s o ‘z in in g oxirida (qor - "qo") tushib qolishida ifodalanishi mumkin. T ovushlam i buzib (noto‘g ‘ri) talaffuz etish shunda ifo dalanadiki, bunda tovushlarning t o ‘g‘ri talaffuzi o ‘rniga, shu tovushga yaqin lekin ona tili fonetika tizimida ifoda etilmaydigan tovush talaffuz etiladi. Masalan, tish aro sigmatizm, yon sigmatizm, valyar r (bunda til uchi tebranishi o ‘miga yumshoq tanglay tebranadi), uvilyar r (bunda til uchi o'rniga kichik tilcha tebranadi). Tovushlar tilning fonetik tizimida m avjud bo‘lgan boshqa tovushlarga almashtirilishi mumkin. Ular quyidagicha namoyon bo'lishi m um kin: 1) hosil bo'lish usuliga ko‘ra o ‘xshash, artikulatsiya o 'rn ig a k o ‘ra farq qiladigan tovushlami almashtirish, masalan, portlovchi til orqa k va g, portlovchi til oldi / va dtovushlari (m asalan, kitob so‘zi o'rn ig a "titob", gul so‘zi 0‘rniga "dul”); 2) hosil b o ‘lish o ‘miga ko‘ra o ‘xshash, hosil bo‘lish usuliga k o ra farq qiladigan tovushlami almashtirish, masalan, sirg'aluvchi til old i .9 tovushi, portlovchi til oldi t tovushi bilan (soat o'rniga "toat"); 3) hosil bo'lish usuliga ko'ra o'xshash va artikulatsiya organlarining ishtirokiga k o ‘ra farq qiladigan to v u sh lam i almashtirish, m a s a la n , 5 tovushi, lab-tish a ’zolari ishtirokida hosil b o ‘ladigan /'tovushi bilan (su m k a so*zi o'rniga "fumka”); 4) hosil b o ‘lish usuli va o'rniga k o ‘ra o ‘xshash, ovoz ishtirokiga k o ‘ra farq qiladigan tovushlami almashtirish, masalan, jarangli tovushlar jarangsiz tovushlar bilan almashtiriladi (bola - "pola", paypoq - "bayboq", zina - "sina", gul - "kul"). Buzilgan tovushlarning soniga qarab dislaliya yana oddiy va m u ra k k a b turlarga bo'linadi. Agarda to‘rtta tovush talaffuzida kamchilik boMsa, oddiy dislaliya, agar beshta va undan ortiq tovush talaffuzida kam chilik bo‘lsa, bu — m urakkab dislaliya deb ataladi. Agar bir fonetik gruppaga kiruvchi tovushlar talaffuzida kam chiliklar bo‘lsa (masalan, sirg‘aluvchi s, z,j) b u - m o n o m o r f dislaliya. A gar u ikki va undan ortiq artikulatsiya guruhiga tegishli bo‘lsa (masalan, rotatsizm , sigmatizm va lambdatsizm), bu — p o lim o rf dislaliya bo'ladi. Talaffuzidagi kam chiliklar o ‘z xarakteriga, m a ’lum to v u s h la r gruppasiga tegishli boMishiga ko‘ra dislaliya quyidagi turlarga ajratiladi: 1. Sigmatizm (grekcha "sigma" ”5" harfining nomini bildiradi). B u n d a sirg‘aluvchi (5, z) va shovqinli (sh,j, ch) tovushlar talaffuzida k a m c h ilik la r kuzatiladi. Sirg‘aluvchi va shovqinli tovushlarning boshqa to v u sh larg a 87 almashtirilishi parasigm atizm deb yuritiladi. Masalan, soat — "to at",jo‘ja — "do‘da", choynak — "toynak”. 2. Rotatsizm (grekcha "ro" harfi nomidan olingan bolib, "r" tovushni bildiradi) - rtovushning talafTuzidagi kamchiliklardir. /? tovushini boshqa tovushlar bilan almashtirilishi pararotatsizm deb yuritiladi. Masalan, raketa — "yaketa", rom — "lom", ruchka — "yuchka”. 3. Lambdatsizm (grekcha "lambda" harflni nom idan olingan b o ‘Iib, / tovushini bildiradi) — / tovushining talafTuzidagi kamchilikdan iborat. L tovushining boshqa tovushlarga almashtirilishi paralambdatsizm deb yuritiladi. Masalan, lola — "yoya", gui — "guy". 4. Til orqa tovushlaridagi kamchiliklar: kappatsizm - k tovush in in g nutqda yo‘qligi, parakatatsizm "k'' tovushini almashtirilishi. Masalan, koptok - "topto", kitob - "titob"; gammatsizm - k tovushining nutqda yo‘qligi, parakatatsizm "g tovushining almashtirilishi. Masalan, gui — "dul", gilam — "dilam”; xitizm — x tovushining nutqda yo‘qligi, paraxitizm "x" tovushining almashtirilishi. M asalan, xat — "tat", xo‘roz — "to‘roz"; yotatsizm - y to v u sh in in g nutqda yo‘qligi, p arayotatsizm "v" tovushining almashtirilishi (grekcha kappa, gamma, xi, yota harflarini nom idan olingan b o ‘lib, k, g, x, y tovushlarini bildiradi). 5. Jaranglatish nuqsonlari — jarangli undosh tovushlar talafTuzidagi kamchiliklar. Bu kamchiliklar jarangli undosh tovushlami jarangsiz undosh tovushlarga almashtirilishidir: b-p, d-t, v-f z-s,j-z, g-k va boshqalar.


Yüklə 53,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə