Novda va uning tuzilishi novdaning shoxlanish tiplari poyaning xayot kechirish davr turlari


Poyaning ikkilamchi ichki tuzilishi



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə22/31
tarix29.04.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#86193
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
MAVZU

Poyaning ikkilamchi ichki tuzilishi. Ikki pallali o`simliklar poyasi birlamchi ichki tuzilishga ega bo`lgach ikkilamchi ichki

20-расм. G’ўза поясининг ички тузилиши: 1-ўзак, 2 – бирламчи ксилема, 3 – ёG’очлик толалари,

4 – ўзак нури, 5 – сув найлари,

6 – иккиламчи ксилема, 7 – камбий, 8 – иккиламчи флоeма, 9 – пўстлоq паренхимаси, 10 – ажратувчи система, 11- перидерма.

tuzilishga o`ta boshlaydi. Buning uchun esa dastlab ikkilamchi hosil qiluvchi to`qima - kambiy hosil bo`ladi. Bu esa ikki pallali o`simliklar poyasining tuzilishini tubdan o`zgartirib yuboradi. Poyaning ikkilamchi ichki o`zgarishi birgina ikki pallali o`simliklarda emas, balki ochiq uruG’li o`simliklarda ham yuz byeradi.

Poyalarda ikkilamchi ichki o`zgarishning yuz byerishi bilan ular yo`G’onlasha boshlaydi. Poyaning yo`G’onlashuvi bargda hosil bo`lgan organik modda miqdoriga boG’liq. Hosil qiluvchi to`qima organik modda bilan qancha ko`p ta`minlansa, poyaning yo`G’onlashuvi shuncha tez bo`ladi. Ikki pallali hamda ochiq uruG’li o`simliklarning rivojlanishi bilan ham novda miqdori, ham umumiy barg sathi oshadi. Bu esa organik moddani yanada ko`p hosil bo`lishiga sabab bo`ladi. Bir pallali o`simliklarda esa shoxlanish bo`lmaganligi uchun barg mikdori, uning sathi ma`lum bir vaqtgacha ortib, keyin eski barglar to`kiladi va yangilari paydo bo`ladi. SHunday qilib, bir pallalilarda barg sathi ikki pallalilarga o`xshab ortib bormaydi. Bunday hodisani palma misolida ko`rish mumkin. Ikki pallali o`simliklar poyasida ikkilamchi myeristema tez shakllanib ikkilamchi tuzilishni hosil qiladi va bu tuzilish ham tez shaklanadi. Bu hodisa daraxt o`simliklarda ham, o`t o`simliklarda ham kuzatiladi. Daraxt o`simliklar kurtagining uyG’onishi bilanoq birlamchi tuzilish elementlarini aniqlash qiyin. O`t o`simliklarda tipik poyaning birlamchi tuzilishini kurtakning uyG’onish oldidan aniq ko`rish mumkin. CHunki kurtakning uyG’onishi bilan kambiy hosil bo`ladi va aktiv harakatlanib ikkilamchi elementlarni namoyon qiladi. Kambiy boG’lamlar orasidagi parenxima hujayralaridan. hamda qisman floema bilan ksilema o`rtasida qolgan prokambiy hujayralaridan hosil bo`ladi. BoG’lamlar orasidagi prokambiy qavatidan boG’lamlar kambiysi, boG’lamlararo parenxmadan boG’lamlararo kambiy hosil bo`ladi. BoG’lamlar orasidagi kambiy bilan boG’lamlararo kambiy tutashib kambiy halqasini hosil qiladi.

Kambiy hujayralari tashqi tomonga bo`linib ikkilamchi floemani, ichki tomonga bo`linib ikkilamchi ksilemani hosil qiladi. Ayrim joylarda bir vaqtning o`zida ikkilamchi po`stloq parenximasi hamda ikkilamchi lub tolalari shakllanadi. Ko`pchilik daraxt o`simliklar va ziG’irda halqasimon shaklida bo`lgan, prokambiy hujayralaridan bir tekis floema ham ksilema halqasi hosil bo`ladi va kambiy halqasi saqlanib qoladi. O`rmalovchi ayiqtovon, kungaboqar, saksovul va shuvoqda prokambiy uzuq-uzuq, shuning uchun ham bitta prokambiy mustaqil ravishda o`tkazuvchi tolali nay boG’lamlarini hosil qila oladi.

Bir hamda ikki pallali o`t o`simliklar poyasining tuzilishidagi muhim belgi, ularda asosiy parenxima to`qimasi o`zakda, o`zak nurlarida, shuningdek, po`stloqda ham kuchli rivojlanganligidir.

Poyaning anatomik tuzilishi muhitning ekologik omillariga ham boG’liq bo`lib, birmuncha o`zgarishlar hosil qiladi. Masalan, qurG’oq yerlarda o`sadigan shuvoq, izen’ kabi o`simliklarning poyalari o`zida zaxira suv saqlashga moslashgan. Ulardagi mexanik va o`tkazuvchi to`qimalar reduktsiyalanib, shilimshiq emanni moddalar, efir moylari ajratuvchi hujayralar suvni tashqariga kam chiqar



    1. Yüklə 1,67 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə