Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 167,5 Kb.
səhifə10/12
tarix26.05.2022
ölçüsü167,5 Kb.
#87975
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar
-Bugun bolalar, qaysi tovush ishtirok etgan rasmlarni nomladik va ular haqida gap tuzdik?
-Nechta so’zdan iborat gaplar tuzdik?
-Qaysi so’zda “S” tovushi so’zning boshida keldi?
-Qaysi so’zda “S” tovushi so’zning o’rtasida keldi?
-Qaysi so’zda “S” tovushi so’zning oxirida keldi?
4-mashg’ulot
Mavzu: Suratlar asosida hikoya tuzish: “Uy hayvonlari”
Maqsad:
Suratlarning biri bo’yicha oldingi va keyingi voqealarni o’ylab hikoya tuzishga o’rgatish. Hikoyaning mazmunli va tugallangan bo’lishiga e’tibor berish.
Vazifalar:
So’zlashuv nutqini shakllantirish. So’zlarni aniq va burro aytish.
So’zlayotganda to’g’ri nafas olishni rivojlantirish. Nutqning ifodaliligini tarbiyalash.Otlarning qaratqich kelishigida turlanishini, ko’plikni ifodalovchi qo’shimchani to’g’ri ishlatishni mashq qilish.
Tegishli sifatlarni hosil qilishga o’rgatish, solishtirish ko’nikma va malakasini oshirish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalarning so’zlashuv nutqi rivojlanadi.
Bolalarda o’z fikrini nutqda mustaqil ifodalash malakalari shakllanadi.
Kerakli jihozlar:
Rasmlar: ot toychog’i bilan, sigir buzoqchasi bilan, echki uloqchasi bilan, qo’y qo’zichog’i bilan.
Mashg’ulotning borishi
Tarbiyachi bolalarga ko’rinarli qilib to’rtta surat ilib qo’yadi. Bolalarga har bir suratga nom berishni taklif qiladi.
- Bolalar, eslab ko’ring-chi, hayvon bolalarini qanday ataymiz? Otning bitta bolasi (toychoq), ko’pi (toychoqlar). Sigirning bitta bolasi (buzoq), ko’pi (buzoqlar), echkining bolasi (uloqcha), ko’pi (uloqchalar). Qo’yning bolasi (qo’zichoq), ko’pi (qo’zichoqlar). Bularning hammasini qanday hayvonlar deb atashimiz mumkin? (Uy hayvonlari). Yana qanday uy hayvonlarini bilasiz? (it, mushuk). Itning bolasi nima deb ataladi? (kuchukcha). Bitta kuchukcha: ko’pi (kuchukchalar).
Tarbiyachi:
- Bolalar, hozir men hayvonlarning bolalarini ko’rsataman. Sizlar ularning nomlarini aytib, ularni onasi qaysi ekanligini aytasiz deb, kuchuklar rasmini ko’rsatadi. Bolalar: “Bular kuchukchalar, ularning onasi it. Bular mushukchalar, ularning onasi mushuk; Bular qo’zichoqlar, ularning onasi qo’y; Bular toychoqlar, ularning onasi ot” kabilar.
Tarbiyachi bolalar diqqatini buzoqqa qaratadi. Buzoqning oyoqlari uzun bo’lsa, bir so’z bilan nima deb atash mumkin? (Uzunoyoq).
Itning rangi ola-`bula bo’lsa, nima deb atash mumkin? (Olapar). Agar uning ko’zlari katta bo’lsa-chi? (olako’z, katta ko’z), Ot bilan toychoqni solishtiring. Ot qanday? Toychoq qanday? (ot katta, toychoq kichkina; sigir shoxli, buzoq shoxsiz).

Yüklə 167,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə