Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash


Savodga tayyorlash uchun amaliy mashq



Yüklə 167,5 Kb.
səhifə9/12
tarix26.05.2022
ölçüsü167,5 Kb.
#87975
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Savodga tayyorlash uchun amaliy mashq
Bolalar, men hozir sizga suratlar tarqataman.Siz ularni diqqat bilan ko’rib chiqing. Rasmga qarab 2-3ta so’zdan iborat gap tuzing.
Masalan: (Olma qizil. 1-so’z olma, 2-so’z qizil; Limon sariq, katta, nordon. 1-so’z limon
2-so’z sariq
3-so’z katta.)
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :

  • Suratda qaysi fasl tasvirlangan?

  • Nima uchun shunday deb o’yladingiz?

  • Rasmda qanday mehnat turlari tasvirlangan?

  • Bolalar nima qilishyapti?

  • Kuz faslida qanday poliz ekinlari pishar ekan?

3-mashg’ulot
Mavzu: Rasmlarni nomlash (“S” tovushi) va ular ishtirokida gap tuzish.
Maqsad: Rasmlarni nomlaganda so’zdagi har bir tovushni to’g’ri talaffuz qilish. Bolalarga berilgan rasmlar asosida mustaqil gap tuzishga o’rgatish. So’zlar gapda bog’lanishi haqida tushunchalarini mustahkamlash.So’zlarni bo’g’inlarga bo’lish.
Vazifalar:
Rasmlarni ifodalash va ular orqali gap haqida tushunchalarini mustahkamlash, lug’atni boyitish.
Bog’lanishli nutq—gap tuzish ko’nikmalarini shakllantirish.
Nutqning ifodaliligini tarbiyalash.
Gapni so’zlarga bo’lishga o’rgatish.
Kutilayotgan natijalar:
Rasmlar asosida gap tuzishga o’rganadilar.
Grammatik jihatdan to’g’ri so’zlashga intiladi
Kerakli jihozlar:
Turli mavzularda rasmlar
Mashg’ulotning borishi. Tarbiyachi: bolalar, bugun siz bilan bir qancha rasmlarni tomosha qilamiz.E’tibor bering hamma rasmlarda “S” tovushi ishtirok etyaptimi? Rasmlarni ko’ramiz, ularni nomlaymiz, bo’g’inlarga bo’lamiz, ular ishtirokida gap tuzamiz.
- Bu qanday hayvon? (sigir)
- Sigir so’zini bo’g’inga bo’l.
- Men sigir haqida gap tuzdim. “Men sigirga samon berdim”.
- Siz sigir haqida qanday gap tuzgan bo’lar edingiz?
(Bolalar javoblari: sigir sut beradi; sigir mu-mu deb mo’raydi; sigirning buzog’i bor;)

  • Barakalla, bolalar, hozir men sizga rasmlar tarqataman. Siz rasmga qarab gap tuzasiz.

Tarbiyachi:
- Aziz, senda qanday rasm bor, nomla.
Aziz:

  • menda soat rasmi bor.

Tarbiyachi:soat so’zini bo’g’inga bo’l.
Tarbiyachi:
Soatning yaxshi, yomon tomonlarini ayt.
Tarbiyachi: Soat so’zida “S” tovushi so’zning qaerida kelyapti?
Aziz: Soat so’zida “S” tovushi so’zning boshida kelyapti.
Tarbiyachi:-Soat haqida qanday gap tuzding?
Aziz: - soat jiringladi.
Tarbiyachi: tuzgan gapingda nechta so’z bor?
Aziz:tuzgan gapimda ikkita
So’z bor.
Tarbiyachi:
qanday so’zlar?
Aziz: - “soat”, “jiringladi”
Tarbiyachi:

  • to’g’ri, Aziz ikkita so’zdan iborat gan tuzdi.

Tarbiyachi:

  • Tarbiyachi shu tariqa bolalardan “S” tovushi ishtirok etgan so’zlardan gap tuzishlarini so’raydi. Bolalarning so’zdagi tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishlariga, tuzilgan gapda so’zlarning bog’lanishiga e’tibor beradi.Mashg’ulot davomida albatta jismoniy daqiqa o’tilishi lozim.


Yüklə 167,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə