Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash



Yüklə 167,5 Kb.
səhifə8/12
tarix26.05.2022
ölçüsü167,5 Kb.
#87975
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mashg’ulotning borishi. Surat ilib qo’yiladi va mazmuni bo’yicha suhbat o’tkaziladi.

  • Suratda qaysi fasl tasvirlangan?

  • Nima uchun shunday deb o’ylaysiz?

  • Rasmda qanday mehnat turlari tasvirlangan?

  • Bolalar nima qilishyapti?

( karam, sabzi, lavlagi, qovun, tarvuz yig’imida yordamlashyaptilar)
Bolalar tasavvur qiling, rasmda siz tasvirlangansiz. Hikoya qilishda ikki kishi bo’lib hikoya tuzasiz. Biringiz hikoyani boshlaysiz, biringiz tugatasiz.
Shu tariqa bolalarning surat asosida tuzgan hikoyalari tinglanadi. Bolalar hikoya tuzishda qiynalsalar tarbiyachi hikoya namunasini beradi.
Issiq yozdan so’ng kuz fasli keldi. Dala va bog’larda ish qizg’in bo’ladi. Kuzgi hosil yig’ib- terib olinadi. Barno va Alisher ota-onalariga kuzgi hosilni yig’ishda yordam berishyaptilar. Alisher kartoshkalarni belkurak yordamida qazib yer yuzasiga chiqaryapti. Barno qazilgan kartoshkalarni qopga solyapti. Bolalarning dadalari, amakilari bilan terilgan hosilni traktorga ortyaptilar. Kuzgi hosil shaharliklarga o’z vaqtida yetkazib beriladi.
Tarbiyachining namuna hikoyasidan so’ng bolalarning tuzgan hikoyalari tinglanadi.
Jismoniy daqiqa

Tarbiyachi so’zlari

Bolalar harakatlari

Shamol-shamol hay shamol, Hammadan chaqqon shamol.
Bolimizga kel tezroq,
Pishgan-pishgan olma qoq.



- qullarni tepada tebratamiz,
- qo’llar ikki yonga tushirilib, ketma- ket oldi va orqaga harakatlantiriladi
- qo’llar tirsakdan bukilib, kaftlar aylantiriladi
- qo’llarni tepadan pastga kaftlarni silkitib tushiramiz


Yüklə 167,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə