Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash



Yüklə 167,5 Kb.
səhifə2/12
tarix26.05.2022
ölçüsü167,5 Kb.
#87975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzunind dolzarbligi: Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlaridan biri Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashasosida bolalar nutqini o’stirish, bolalarni bilimga undash faollikka chaqirish, tarbiyachi faoliyati samaradorligini oshirishning turli metod vositalarini ishlab chiqish.
Tadqiqotning muammosi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashorqali mashg’ulotlar asosida o’rganilmagan muammolarni o’rganish yo’llarini ishlab chiqish.
Tadqiqotning ob’ekti: Maktabgacha ta’lim tashkiloti, bolalar
Tadqiqotning predmeti: Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni har tomonlama tarbiyalashda Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashning turli shakllari va funksiyalarini jarayonga tatbiq etish
Tadqiqotning maqsadi vazifalari: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashmavzusini ta’limga joriy etishning o’ziga xos va muhim tomonlarini o’rganish Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashasosida maktabgacha ta’limda bo’lajak tarbiyachining bu boradagi ilmiy va uslubiy ta’minlaganligini, uni tayyorgarligini oshirishdan iborat.
Tadqiqotning gipotezasi: “Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashmavzusi orqali tadqiqot maqsadiga erishish uchun ta’limni interfaol innovatsion texnologiyalaridan foydalanishning samarali yo’llarini belgilashimiz mumkun.
1-BOB. NUTQNING TOVUSH MADANIYATI TUSHUNCHASI
1-§. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARDA NUTQ MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI
Nutqning tovush madaniyati tushunchasi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Inson o‘z fikrlarini ifodalash va boshqalaming fikrlarini tushunish uchun ona tilidan foydalanadi. Nutqni egallash bolaga bevosita va bilvosita (hikoya, badiiy asar, tarbiyachining tushuntirish va boshqalar) yo‘l bilan borliq haqida bilimlar hosil qilishga imkon beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida lug‘at boyligini oshirish, so‘zning grammatik tuzilishini shakllantirish, bog‘laiushli nutqni rivojlantirish vazifalari hal etiladi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda nutq madaniyatini rivojlantirishga doir quyidagi vazifalami muvafaqqiyatli hal etish lozim:
1) tovushlami to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish (bolada avvalo, nutqni eshitish shakllanadi, keyinroq talaffuzni egallaydi);
2) aniq talaffuzni hosil qilish (so‘z va so‘z birikmalarini donadona va aniq talaffuz qilish);
3) so‘zni talaffuz qilganda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish ustida ishlash;
4) nutqni orfoepik jihatdan to‘g‘riligi ustida ishlash;
5) nutq sur’atini rivojlantirish;
6) nutqning ifodaliligini shakllantirish;
7) nutqiy aloqa ko‘nikmalarini shakllantirish;
8) nutqiy eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish;
9) nutqiy nafas olishni shakllantirish;
10) o‘z fikrini erkin va izchil bayon etish ko‘nikmasini shakllantirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalaming nutqini rivojlantirish xilma-xil faoliyat turlarida amalga oshadi:
1) tabiat obyektlari bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;
2) badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;
3) savodga o'rgatishda;
4) o‘yin faoliyatida;
5) ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlami bajarish asosida.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalaming nutqini rivojlantirish quyidagi qonuniyatlami hisobga olishni talab etadi:
1) ona tilida nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlarining mashqiga bog‘liq;
2) nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan umumlashtirishning turli darajasining leksik va grammatik til belgilari o‘zlashtirilishiga bog‘liq;
3) nutq me’yorini o‘zlashtirish bolada tilni his etishning rivojlanganligiga bog‘liq.
S iuningdek, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqini rivojlantirishda tovush madaniyati alohida o‘rin tutadi. Nutqning tovush paadaniyati o‘z ohiyatiga ko‘ra nutq madaniyatining tarki oiy.qismidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning tovush madaniyatini hakllantirish uchun quyidagi vazifalami hal etish lozim:
1) bolalaming fonematik eshitishi, mazkur sur’at va ohangni idrok eta olish qobiliyatini asta-sekin rivojlantirib borish;
2) artikulatsion apparatni rivojlantirish;
3) iboralar vositasida erkin gapira olish qobiliyatini shakllantirish;
4) muomala sharoitiga bog‘liq ravishda ovoz balandligi yoki pastligini boshqara olishni tarbiyalash;
5) ona tilidagi barcha tovushlami to‘g‘ri talaffuz qilishga о‘rgatish;
6) har bir tovush, shuningdek, so‘z va iboralami aniq va ravon talaffuz qilish;
7) so‘zlami adabiy til orpoefiyasi qoidalariga muvofiq talaffuz qilishga o‘rgatib borish;
8) nutqning maromli sur’atini shakllantirish;
9) nutqning ohangdor va ifodali bo‘lishiga erishish.
Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda muhimdir. Bolalar ko‘pincha s-z, p-f, p-b, u-o‘, x-h, q-g‘ tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila olmaydilar. Nutq jarayonida ketappan - ketayapman, Hojahon - Shohjahon, Yustam - Rustam, qalga - qarg‘a kabi talaffuz etishga yo‘llash, ovoz balandligiga, tovush sur’atiga e’tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ba’zi bolalar o‘zidan kichiklami jerkib, ovozini ko‘tarib muomala qiladilar. Shunda ularni talafiuziga, nutq madaniyatiga e’tibor qilish, me’yorda so‘zlab, muomala qilishga о‘rgatish zarur. Chunki bolalikda tarkib topgan muomala madaniyati inson umrining oxirigacha muhrlanib qoladi. Obrazli nutqni rivojlantirish keng ma’noda nutq madaniyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu o‘rinda nutq madaniyati deganda, adabiy til normalariga rioya qilish, o‘z fikrlarini, hissiyotlarini, tasawurlarini aytilayotgan gapning yo‘nalishi va maqsadiga muvofiq holda mazmunli, grammatik to‘g‘ri, aniq va ifodalab bera olish tushuniladi. Nutq faqat bolada til boyligiga nisbatan qiziqish tarbiyalangan, nutqda turli xil ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi rivojlantirilgan taqdirda obrazli, bevosita va jonli bo‘ladi.

Yüklə 167,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə