Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash


«Tulki, quyon va xo‘roz» xalq ertagi



Yüklə 167,5 Kb.
səhifə4/12
tarix26.05.2022
ölçüsü167,5 Kb.
#87975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
«Tulki, quyon va xo‘roz» xalq ertagi:
• Bola mazkur ertak mazmunini qabul qilib tushundimi?
• Bola ko‘rgazma asosida ertak mazmunini so‘zlab bera oladimi?
• Bola ertak mazmunini ko‘rgazmali vositasiz so‘zlay oladimi?
Bolalarga ertak o‘qib berilgandan keyin bir kun o‘tib, har bir bola bilan ushbu ertak bo‘yicha tajriba uchun suhbat o‘tkazildi. Ertak yuzasidan quyidagi savollar berildi:
1. Tulkining uyi quyonning uyidan nimasi bilan farq qiladi?
2. Nimaga tulki quyonni uyidan haydab chiqardi?
3. Xo‘roz quyonni qanday qilib qutqardi?
Savollardan ko‘rinib turibdiki, birinchi savol ertakdagi parchani qayta hikoya qilib berishga qaratilgan bo‘Isa, ikkinchi savolimiz ertak bo‘yicha bola o‘z fikrini bildirishga qaratilgan. Uchinchi savolimiz esa, nutqning ifodaviyligini talab etadi.


Rivoyat
Bir kampiming o‘g‘li bor ekan. Uning xotini va to‘rt yoshli o‘g‘li bor ekan. Nabira buvisini nihoyatda yaxshi ko‘rarkan. Har kuni kelin ovqat pishirib qaynonasiga yog‘och kosa, yog‘och qoshiqda ovqat berar ekan. Nabira buni kuzatib borar va ajablanar edi. Bir kuni kelin o‘g‘li yog‘ochdan nimadir yasayotganini ko‘rib qolibdi.
Nima yasayapsan, bolam? deb so‘rabdi onasi.
Siz bilan otamga tovoq yasayapman. Katta bo‘lganimda sizlarga shunda ovqat beraman, debdi o‘g‘il. Kelin o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lib, qaynonasiga mehribon bo‘la boshlabdi.
Bir kundan so‘ng har bir bolaga mazkur rivoyat bo‘yicha quyidagi savollar berildi:
Kelin qaynonasiga ovqatni nimada berar edi?
Kelin o‘g‘li yog‘ochd; n nimadir yasayotganini ko‘rib, nima qilayapsan bolam, deb o‘raganda qanday javobni eshitdi?
Keyin nima bo‘ldi?
«Cho‘loq jo‘ja» o‘yini
Bu o‘yinda bolalar yarim doira shaklida o‘tiradilar. Polga beshta tayoqcha to‘rtta katakli narvon shaklida tashlab qo‘yiladi.
Har bir katakchaga bittadari stol qo‘yiladi. Stolga o‘tilgan mavzular o‘yicha o‘qilgan ertak va rivoyatlardan qisman tasvirlangan rasmlar joylashtiriladi. «Cho‘loq jo ‘ja» poldagi bola o‘ynab sakrab yuradi. Agar u rasmda tasvirlangani bo‘yicha savolga javob bersa, keyingi sinfga ikki oyoqda, agar javob bera olmasa bir oyoqda turib, ya’ni joyiga borib o‘tiradi. Agar xato qilsa, bir oyoqda sakrab boradi. Bu o‘yinda quyidagi savollarga javob berish talab qilinadi:
• Ertakning nomini aytib bering.
• Rasmda tasvirlangan parchani aytib bering.
• Rivoyatda tasvirlangan parchani aytib bering.



Yüklə 167,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə